Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka, ma’naviyatga e’tibor. (I.A.Karimov)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 8-sinf uchun darslik.
2) 8-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
QOFIYA
Adabiyotning asosi bo‘lmish badiiy nutqning ikki shakli -she’riy va nasriy ko‘rinishlari mavjudligini bilasiz. Adabiyotshunoslarning ta’kidlashicha, she’riy nutq o‘zining kelib chiqishi jihatidan qadimiyroq hisoblanadi. Buni shu narsa ham isbotlaydiki, barcha xalqlar adabiy yodgorliklarining ilk namunalari she’riy yo‘lda bitilgan. Nasriy asarlar esa nisbatan keyinroq yaratilgan.
She’riy asarlar muayyan bir o‘lchov — vazn asosidagi ritm (bir xil takrorlanuvchi ohang)ga ega bo‘ladi. Ular o‘zining musiqiyligi, his-tuyg‘ular bo‘rtma shaklda ifodalanishi bilan o‘quvchiga tez va samarali ta’sir ko‘rsatadi. Lirik asarlarda muayyan bir kayfiyatga alohida urg‘u beriladi, ritmik ohang mazmun bilan uyg‘unlashib ketadi.
Buning yorqin misolini biz G‘afur G‘ulomning «Vaqt», «Sog‘inish» singari she’rlarida ko‘rdik.
She’r tuzilishida, uning musiqiyligini kuchaylirishda ohang hosil qiluvchi va uni kuchaytiruvchi qofiyaning katta ahamiyati bor.
Misra yakunida so‘z, qo‘shimcha, ba’zan esa, so‘z birikmalarining ohangdosh bo‘lib kelishi she’riy qofiya deyiladi. Qofiya lirik asarning musiqiyligi, ohangdorligi va ta’sirchanligini kuchaytiradi, asarning yod olinishini osonlashtiradi. She’r o‘qiganingizda, yoddan aytganingizda yoki uni tinglaganingizda qofiya misraning tugaganligidan darak berishini yaqqol his qilasiz:
Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt
Seni guldek erkalagan chaman uchun,
Osmonlarda yurgan bo‘lsang, tuproqqa qayt,
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
(Iqbol Mirzo)
She’riyatda qofiyaning bir necha turlari mayjud: to‘liq (to‘q) va to‘liqsiz (och) qofiya, unlilar yoki undoshlar ohangdoshligiga asoslangan qofiyalar. To‘liq (to‘q) qofiyada qofiyadosh so‘zlarning tovush tarkibi to‘la mos keladi: «bahorim - dildorim», «so‘ralar-mo‘ralar», «yuragimgacha — suyagimgacha» va boshqalar. To‘liqsiz (och) qofiyalarda so‘zlarning tovush tarkibi qisman mos keladi: «dahriy-qahridan», «tutun - Alovuddin» singari.
Qofiyalarning tartibi degan tushuncha ham bor. U she’r bandidagi misralarning o‘zaro qofiyalanish tartibini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |