9-may tadbir senariysi 1-boshlovchi: Boshing egib ta`zim ayla shukrona ayt



Download 17,47 Kb.
Sana07.04.2022
Hajmi17,47 Kb.
#534137
Bog'liq
SENARIY


9-may tadbir senariysi
1-boshlovchi: Boshing egib ta`zim ayla shukrona ayt
Seni guldek erkalagan chaman uchun
Osmonlarga yurgan bo`lsang tuproqqa qayt
Aytgil do`stim nima qildik Vatan uchun.
2-boshlovchi: Shu soylarda suvlarga urgil yuzingni sen
Bir bor nazar solgin bosgan izingga sen
Shu savolni berib ko`rgil o`zingga sen
Aytgil do`stim nima qildik Vatan uchun.
1-boshlovchi: Assalomu aleykum bizlarni ilm sarshasmasidan bahramand qilayotgan aziz ustozlar.
2-boshlovchi: Assalomu aleykum ilmga chanqoq,qalbi qaynoq tinib tinchimas yoshlar.
1-boshlovchi: Assalomu aleykum ushbu kechamizning asosiy mehmonlari bo`lmish hurmatli faxriylar.
2-boshlovchi: Allohning in`om etgan ajoyib go`zal kunida siz bilan diydor ko`rishganimizdan g`oyat mamnunmiz.Xush kelibsiz .................................
Ma`vzusidagi adabiy-badiy kechamizga.
1-boshlovchi: Xotira o`zlikni anglashga o`tmishni doimo yodda tutishga davat etib turadigan muqaddas tuyg`udir,u orqali inson o`ziga yaxshi hislatlarni qaror toptirib boradi.

2-boshlovchi: Muqaddas tushunchalarning barchasi xotira bilan tirik.Xotira nafaqat o`tmishni unutmaslik,bugungi kunni to`g`ri ta`savvur etish hamdir.


1-boshlovchi: O`zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti Islom A.Karimovning farmayishiga binoan,Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun jon fido etgan bobolarimiz xotirasini abadiylashtirib,bugun ham el-yurtimiz farovonligini yuksaltirishga,yoshlarni tarbiyalashga hissa qo`shayotgan faxriylarni hurmatini joyiga qo`yish madsadida 9-may
“Xotira va qadrlash kuni” keng nishonlanmoqda.
2-boshlovchi:O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov ustozlarni ulug`lab shunday deydi: Shoirga dedilar sen baxtli inson
Xalqingiz ardoqlar hamma taniydi
Shoir javob qildi menga bor armon
Muallim desalar meni qaniydi.
1-boshlovchi: Tabrik uchun so`z............
2-boshlovchi:Domla aytgan yaxshi tilaklaringiz o`zingizga ham hamroh bo`lsin,ishlaringizga omad tilayman.
1-boshlovchi: Ko`p millatli O`zbekiston xalqi butun insoniyat qatori 1941-1945 yillarda 2-jahon urishida faol ishtirok etib,fashizm ustidan qozonilgan Buyuk g`alabani ta`minlashga munosib hissa qo`shdi.
2-boshlovchi:41-yil iyun ayni sahar chog`ida
Tun uyqusi kezardi,o`lkani har yog`ida
Shunda fashit quzg`unlar,hujum boshladi birdan
Olov,Bomba yog`ildi,yurga ko`kdan va yerdan.
1-boshlovchi: Shunda bizning armiya turdi darhol oyoqqa
Vatan uchun olg`a deb tez yo`l oldi G`arb yoqqa
O`sha mash`um va iztirobli yillarda fashistlar tomonida boshlangan urush front oldi va orqasida o`z ta`sirini birday ko`rsatib borardi.
2-boshlovchi: Endigi navbat PMIK-18 gurux qizlari tomonidan tayyorlangan “Katyusha” raqsiga.
1-boshlovchi: Yurtim ado bo`lmas armonlaring bor
Toshlarni yig`latgan dostonlaring bor
O`tmishingni o`ylab og`riydi jonim
Ko`ksing to`la shaxid o`g`lonlaring bor.
2-boshlovchi:Bag`rim o`tar bir o`y bahor ayyomlar
Oy botgan yoqlarda termulib shomlar
Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar
Fayzulladek mardu maydonlaring bor.
1-boshlovchi: Xotira insonni kelajakka ochiq ko`z bilan qarashga o`rgatadi.
2-boshlovchi:Qadrlash esa xonadonimizga fayzu-baraka bag`ishlab,qilayotgan ezgu ishlarimizga oq fotixa tilab turgan pir-u badavlat qariyalarimizning hurmatini joyiga qo’yishdir.
1-boshlovchi: Navbatni xotira haqidagi she’rlarga beramiz,marhamat.
1-boshlovchi:O’xshashi yo’q aslo mehri bir dunyo
O’xshasa o’ziga o’xshaydi o’zbek.

Farzandlariga-ku bildirmas ammo,


Dunyoda bolam deb yashaydi o’zbek.
2-boshlovchi:Bir qo’lda belanchak bir qo’lda qur’on,
Bir yelkada ketmon-u birida iymon.
Barchaga barobar bir oftobsimon
Yashasin olam deb yashaydi o`zbek.
1-boshlovchi:Darhaqiqat o`zbek millatidek mehnatsevar mehmondo`st, mehribon xalq bo`lmasa kerak.
2-boshlovchi:Milliy urf-odat va an`analarimiz har birimizning qon qonimizga singib ketgan.Saxnada milliy raqs “Doira raqsi” Marhamat.
1-boshlovchi:Sen yetim emassan,tinchlan,jigarim
Quyoshday mehribon vataning onang
Zamindan vazminu mehnatkash mushfiq
Istagan narsangni tayyorlaguvchi
Xalq bor otang bor
Cho`chima,jigarim,o`z uyingdasan
Bu yerda na g`urbat,na ofat,na g`am
Bunda bor xarorat,muxabbat,shavqat
Va mehnat nonini ko`ramiz baham
Sen yetim emassan,uxla jigarim.
2-boshlovchi: Urish olovi ichida qolgan hududlardan yurtimizga 1 million nafardan ortiq kishi ko`chirib keltirildi.Ulardan 200 ming nafari bolalar edi.Xalqimiz ularga boshpana berib,so`nggi burda nonini ham baham ko`rib,ota-onasidan ajralgan bolalarni o`z farzandlari qatori o`z tarbiyasiga olib,butun dunyoga haqiqiy insonparvarlik fazilatlarini nomoyish etdi.
1-boshlovchi:Urish hech bir xonadonni chetlab o`tmadi.Kimningdir sevikli yori,kimningdir otasi,kimningdir akasi,jondan aziz farzandi urish qurboni bo`ldi.
2-boshlovchi:Navbatni sahna ko`rinishga beramiz.Marhamat...
1-boshlovchi: Urishda qatnashgan 1.5 million dan ortiq O`zbekistonliklarning yarim millondan ortig`i halok bo`ldi.133 mingga yaqini bedarak yo`qoldi,60 mingdan ziyodi nogiron bo`lib qaytdi.
2-boshlovchi:Karonavirus pandemeyasi bo`lishiga qaramay 2020-yil g`alabaning 75 yilligi munosabati bilan poytaxtimizda “G`alaba bogi” tashkil qilindi.
1-boshlovchi:El-yurtimizning urish yillarida ko`rsatgan mardlik va qahromonligi biz uchun ulkan jasorat maktabi,g`urur va iftixor manbaidir.
2-boshlovchi:Endigi navbatni raqsga beramiz.
1-boshlovchi:Ushbu kun o`tganlarni yod etib,osmonimiz musoffoligi,xalqimiz tinchligi yo`lida jonlarini fido etgan ajdodlarimiz xotirasi oldida bosh egamiz.
2-boshlovchi:Yillar umrimizga qilarmi shavqat
Biror ish bormikin aylagali yor
Qayta tiklash mumkin barchasin faqat
Qayta tiklanmagay o`sha xotira.
Vedio qo`yiladi.....
1-boshlovchi:Shuning bilan bugungi tadbirimiz o`z nihoyasiga yetdi.E`tiboringiz uchun raxmat.
2-boshlovchi: Istardikki ,xotira va qadr tuyg`usi hech birimizdan yiroqlashmasin,hamisha qalbimizda aks sado berib tursin.
Download 17,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish