ONA TILI VA ADABIYOT
1. O‘zi bilan yovlashgan yurtim, tingla! O‘zi bilan dovlashgan yurtim, tingla!
Dardingga davo bo'lsin o‘lanlarim,
Bir-birini ovlashgan yurtim, tingla!
Chaqiriqqa aylangan ushbu misralar kimning qalamiga mansub?
A) Avaz O‘tar
B) Maxtumquli
C) Abay
D) Cho‘lpon
2. Imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlarni aniqlang 1) shavqat; 2) tagcharm; 3) tussiz; 4) aftomat; 5)
tavsif; 6) afzal; 7) avg‘on; A) 1,4,7
B) 3,4,7
C) 2,3,4,7 D) 2,3,5,6
3. Qaysi gapda asosi sifat bilan shakldosh bo‘la oladigan sodda yasama so‘z qatnashgan?
A) Chiroyli, do‘mboq bola eshik oldida yotsirab turardi.
B) Unga hashamatli to‘yning ham, qalinning ham, sepning ham keragi yo‘q edi.
C) Rashid oqimga qarshi suzolmay qiynaldi.
D) Yozgi ta’tilda Asqad Muxtorning “Chinor” romanini o‘qib chiqmoqchiman.
4. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki
jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub emas?
A) tuzmoq-suzmoq B) ziyon-ziyod
C) jon-don D) g‘ildira-shildira
5.
Ishonchim komilki, uning bilaklariga quvvat bag‘ishlovchi buyuk, baquvvat suyanchig‘i bor.
Ushbu qo‘shma gapning ergash gap qismida qaysi bo‘lak uyushgan?
A) hol
B) ega
C) to‘ldiruvchi
D) aniqlovchi
6. Shirin-shirin gap o'rnida shirin-shirin ashuladan bo‘lsin, opa.
Berilgan gapda ajratib ko'rsatilgan so'zlar ma’nosi qaysi usulda ko'chgan?
A) metafora
B) metonimiya
C) vazifadoshlik
D) sinekdoxa
7. Quyidagi qaysi so'zlarda nuqtalar o'rnida bo‘g‘iz undoshi yoziladi?
1) ja...d; 2) da...lsiz; 3) a...loq; 4) mu...okama; 5) ...ushyorlik; 6) a...moq. A)
1, 2, 4, 5, 6
B) 1, 2, 3
C) 1, 4, 5, 6 D) 1, 3, 5, 6
8. Hans Kristian Andersenning qaysi ertagi kishini qalbakilikdan, ikkiyuzlamachilikdan,
yolg‘onchilikdan qaytaradi?
A) “Qor malikasi”
B) “Dyumchaxon”
C) “Bulbul” D) “Suv parisi”
9. “Mehrobdan chayon” romanida Anvarning onasining ismi kim?
A) Mohlaroyim B) Roziyaoyim
C) Nodira
D) Anorbibi
10. Qaysi javobdagi nom to'g'ri yozilgan?
A) "Don Mahsulotlari" davlat-aksionerlik korporatsiyasi
B) "Xususiy tadbirkorlik va Kichik biznesni qo'llab quvvatlash jamg'armasi"
C) Ko'kdumaloq kompresor stansiyasi
D) "Oltin Yulduz" medali
11. Pirimqul Qodirov qalamiga mansub qissalar nomi berilgan javobni aniqlang.
A) “Uch ildiz”, “Yulduzli tunlar”
B) “Yulduzli tunlar”, “Meros”
C) “Qora ko'zlar”, “Olmos kamar” D) “Qadrim”, “Meros”
12. Quyida keltirilgan gapda son qaysi gap bo'lagi vazifasida kelgan?
Yurak shod, go'yo ikki qush ko'kka parvoz qilish oldida qanot yozgandek.
A) aniqlovchi B) ega
C) hol
D) to'ldiruvchi
13. Qaysi qo'shma so'zning ikkala qismi ham bir xil so'z turkumidan hosil bo'lgan?
1) tog'olcha; 2) sheryurak; 3) sizbop; 4) sovuqmijoz; 5) muzyorar; 6) ilonquyruq. A)
1, 2, 6
B) 1, 2, 4, 5
C) 2, 3, 5 D) 1, 4, 6
14. Quyida berilgan gapning ko'chirma gap qismi qo'shma gapning qaysi turiga kiradi?
"Qalinroq kiyintirsam, isib ketmaysanmi?" - so'radilar onam.
A) aniqlovchi ergash gapli qo'shma gap
B) ega ergash gapli qo'shma gap
C) bog'langan qo'shma gap
D) hol ergash gapli qo'shma gap
15. Qaysi javobda Cho'lponning “Kecha va Kunduz” romani qahramonlari to'g'ri ko'rsatilgan?
A) Akbarali mingboshi, Miryoqub, Ra’no
B) Enaxon, Xolmat, Sultonxon
C) Zebi, Miryoqub, Hasanali
D) Ostonaqul, Anvarbek, Xadicha
16. Qani o'sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko'zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko'klamda sen parishonhol?
She’riy parchada olmosh turkumiga oid so'zlar necha marta qo'llangan?
A) 7 B) 6 C) 5 D) 8
17. Quyida keltirilgan gapda so'z yasovchi qo'shimchalar yordamida yasalgan yasama so'zlarning
nechtasi ot kesim vazifasida kelgan?
Hayotdan ham qadrliroq narsa bor bo'lsa, bu - sog'liq, о’limdan ham qo'rqinchliroq narsa bor bo'lsa,
bu - kasallik, hayotga teng narsa - boylik, o’lim bilan barobar narsa - faqirlik.
A) 4
B) 2 C) 3 D) 5
18. "Muxbirimiz voqea ro'y bergan joydan xabar beradi, “voqeaga guvoh bo'lganlaming so'ziga ko'ra",
"muxbirimiz xabar berishicha" kabi iboralar qaysi uslubda qo'llaniladi?
A) badiiy uslub B) rasmiy uslub
C) publitsistik uslub D) ilmiy uslub
19. Qaysi javobda keltirilgan gapda otlashgan sifat qatnashgan? A) Maqtanganning uyiga bor,
kerilganning to'yiga bor.
B) Birni ko'rib shukr qil, birni ko'rib fikr qil.
C) Ko'pi ketib, ozi qoldi.
D) Ahmoqlarning yuragi og'zida, donolarning tili yuragidadir
20. Qaysi javobda quyida berilgan gapdagi sintaktik bo'laklar tartibi to'g'ri ko'rsatilgan? Urush