Protivogazlar
Protivogazlar 3 oyda 1-marta ko‘zdan kechirilib, uning sirtqi qismida buzilishlar yo‘qligi, klapanlarining sozligi va boshqalar tekshiriladi. Bundan tashqari, protivogazlar maxsus korxonalarda unda ishlatilgan filtrlarning turiga qarab, ishlatish yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan usul va muddatlarda davriy sinovlardan o‘tkaziladi va qayta zaryadlanadi. Har bir sinovda bayonnoma tuzilib, kuchlanishidan qat’i nazar, ishlatiladigan himoya vositalariga bosiladigan shtamp protivogazga ham bosiladi. Protivogazlar ko‘zdan kechirilganligi to‘g‘risidagi xulosalar himoya vositalarini hisobga olish va saqlash jurnaliga yozib qo‘yiladi (1-ilova).
Do'stlaringiz bilan baham: |