Izolatsiyalovchi tagliklar barqarorligi va mustahkamligini tekshirish kabi namunaviy sinovlardan o‘tkaziladi.
Yig‘ilgan izolatsiyalovchi tagliklarning chidamliligini tekshirishda unga bir tekisda taqsimlangan og‘irligi 350 kg yuk 1 minut mobaynida ta’sir etiladi. Bunda izolatsiyalovchi taglik to‘shamasining egilishi va boshqa deformatsiyalar (yoriqlar, ko‘tarib turuvchi izolyatorlar yaxlitligining buzilishi, to‘shama alohida bo‘laklarining bir-biriga ulangan joylari bo‘shab ketganligi, singan joylar va h. k.) kuzatilmasligi shart.
Taglikning barqarorligini sinashda uning chetiga 80 kg og‘irlikdagi yuk qo‘yilganda to‘ntarilib ketmasligi tekshiriladi.
Ishlatish jarayonida tagliklar sinalmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |