Izolatsiyalovchi dastakli chilangarlik — yig‘uv asboblari
Asboblar izolatsiyasi qabul qilish-topshirish sinovlarida 6 kV kuchlanish va ishlatish mobaynida esa 2 kV kuchlanish bilan sinaladi. Sinash muddati bir minut.
Asbobni yuqori kuchlanish bilan sinash uchun asbob avval iflosliklar va yog‘lardan tozalanib, izolatsiyalovchi qismi 20° S ± 5° S vanna haroratidagi suvga izolatsiya chetiga 10 mm qolguncha tushiriladi. Sinov transformatorining bir chiqish simi asbobning metall qismiga ulanadi, ikkinchisi esa suvli vannaga ulanadi. Transformatorning vannaga ulangan ikkinchi simi esa yerga ulanadi. Sinashni qo‘lqop, etik va kalishlarni tekshirish uchun mo‘ljallangan uskunada o‘tkazish mumkin,
Do'stlaringiz bilan baham: |