“O‘zdavenergonazorat” agentligining 2001-yil 29-noyabrdagi 374-sonli buyrug‘i bilan “TASDIQLANGAN”
“O‘zbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan “KELIShILGAN”
ELEKTR USKUNALARIDAN FOYDALANILADIGAN HIMOYA VOSITALARINI QO‘LLASH VA SINASH QOIDALARI
UMUMIY NIZOMLAR
Qoidalarning maqsadi va qo‘llanilishi
Ushbu Qoidalar “O‘zbekenergo” Davlat aksionerlik kompaniyasi qaramog‘idagi barcha qurilish-montaj tashkilotlari, trestlar, zavodlar, mexanizatsiyalashgan kolonnalar va boshqa korxona hamda tashkilotlar uchun taalluqlidir.
Ushbu Qoidalarni elektr uskunalarini ta’mirlovchi, foydalanuvchi, quruvchi va montaj qiluvchi muhandis-texnik xodimlar va ishchilar egallab turgan lavozimi yoki kasbi hajmida bilishlari shart.
Qoidalarda himoya vositalarining tasniflari, ularga qo‘yiladigan talablar bayon qilingan, foydalanish usullari va sinov me’yorlari bo‘yicha ko‘rsatmalar keltirilgan.
Mazkur Qoidalar talablariga javob bermaydigan himoya vositalarini ishlatish man qilinadi.
Himoya vositalari, ularni amalga tatbiq qilish xarakteriga qarab ikki turga bo‘linadi: kollektiv himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalari (GOST 12. 4. 011-75).
Elektr uskunalari konstruksiyalarining himoya vositasi funksiyasini bajaruvchi (muntazam to‘siqlar, statsionar yerga ulagich pichoqlar va hokazolar) qismlari himoya vositalari tushunchasiga kirmaydi.
Elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
izolatsiyalovchi shtangalar (operativ, o‘lchov, yerga ulagichni o‘rnatish uchun), izolatsiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar (saqlagichlar bilan ishlash operatsiyalari uchun), kuchlanish ko‘rsatgichi, fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‘rsatgichi va hokazolar;
1000 V dan yuqori kuchlanish ostida ta’mirlash ishlarini olib borish uchun ishlatiladigan izolatsiyalovchi vositalar va moslamalar, 1000 V gacha kuchlanish ostidagi elektr uskunalarida ish olib borish uchun ishlatiladigan izolatsiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‘uv asboblari;
dielektrik qo‘lqoplar, etiklar, kalishlar, gilamchalar, izolatsiyalovchi qoplamalar va izolatsiyalovchi tagliklar;
shaxsiy ekranlovchi komplektlar; ko‘chma yerga ulagichlar;
to‘siq qurilmalari va dielektrik qalpoqlar; xavfsizlik plakatlari va belgilari.
Yuqorida keltirilgan elektr himoya vositalaridan tashqari, elektr uskunalarida ish olib borilganda himoya ko‘zoynagi va kaskalar, protivogazlar, qo‘lqoplar, montyorning himoya belbog‘lari va xavfsizlik arqonlari kabi shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash mumkin.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish bajarish mobaynida ishlatiladigan asosiy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
izolatsiyalovchi shtangalar, izolatsiyalovchi va elektr o‘lchovchi
qisqichlar, kuchlanish ko‘rsatgichlari, fazalarni sozlash uchun aniqlovchi kuchlanish ko‘rsatgichlari;
elektr montyorlar havo elektr uzatish tarmoqlarida bevosita tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib turib ta’mirlash ishlarini olib borishda ko‘llaniladigan izolatsiyalovchi qurilma va asbob-uskunalar (izolatsiyalovchi narvonlar, havozalar, bevosita simlarga tegib turadigan izolatsiyalovchi tortqilar, arqonlar, teleskopik minoralar savatchasi, simlarda ishlash uchun mo‘ljallangan ko‘chma minoralar va hokazolar).
shaxsiy ekranlovchi komplektlar; izolatsiyalovchi tagliklar va qoplamalar; dielektrik qalpoqlar;
xavfsizlik plakatlari va belgilari.