69
28-rasm
Shaxsdagi “Men” obrazi yoki boshqacha aytganda,
“men” - konsepsiyasining ahamiyati shundaki, u
shaxs tarbiyalanganligining muhim omili sanaladi.
Shu nuqtai nazardan ta’riflasak, shaxsning
tarbiyalanganligi - uning o‘zi va o‘z sifatlari
to‘g‘risidagi tasavvurlarining shakllanish
jarayonidir. Bu qobiliyat shaxsning kasb tanlashi,
uni tirishqoqlik bilan o‘zlashtirishi, amalda
namoyon etishi va profesisonal mahoratning
asosidir.
Extimol, sizning institutingiz o’zini elektron ta’lim bo’yicha strategiyasi va
siyosatiga ega bo’lishi mumkin. U ushbu keng yondoshishni ifodalashi mumkin, yoki
siz elektron ta’limdagi “elektronni” faqatgina tarmoqlangan texnologiyalarga
tegishli deb talqin qilib, xar qanday va barcha kompyuterlashgan ta’limni (CAL)
qamramasligi mumkin deb xisoblashingiz mumkin.
Xar qanday xolatda xam, HEFCE tavsiflarini asosiy natijalari, va boshqa
ko’pchilik institutsional elektron ta’lim strategiyalari quyidagilardan iboratdir:
bir qator tizimlar va vositalarga qaraganda, elektron ta’lim shunday
narsaki, unda talabalar axborot va aloqa texnologiyalari (AAT) orqali ta’lim
oladilar;
bu masofaviy ta’lim kurslarida yoki universitet qoshidagi kurslarda
(ba’zida bu ikkinchisi “aralash” yoki “birlashgan usuldagi” ta’lim deb ataladi)
qo’llanishi mumkin;
odatda uni keng tarzda ta’riflash mumkin, va bu amaliyotchi va o’z
talabalaringizni o’qituvchisi sifatida o’z faningizda xar xil yondoshishlardan
foydalanish imkoniyatini yaratadi; Elektron ta’limni qo’llashni yagona yo’li mavjud
emas;
bu siz “yetkazib” beradigan biron narsa bo’lmay, balki ushbu ta’lim
orqali siz talabalaringizni aniq narsalarni amalga oshirishlarigi imkoniyat yaratib
berasiz.
Elektron ta’lim foydali tavsiflarini kengligini tan olgan xolda, ushbu bobni
qolgan qismi ta’lim berishda amaliy axamiyatga ega ba’zi internet
texnologiyalarini va pedagogik yondoshishlarni taqdim etadi.
43
Koʻp oliy ta’lim muassasalari oʻzlarining vazifa hisobotlarida muassasa
maqsadi va bitiruvchi talablarning oʻzlariga xos jixatlari haqida tasavvur
uygʻotishni istaydi. Mohiyatiga ko’ra maqsad ushbu universitet yoki kollej
talabasini tegishli kurs yoki dasturda ko’zlangan oʻquv natijalarini umumiy
terminlar bilan ifodalashdir.
44
43
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic
practice / [edited by] Heather Fry,
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.
p. cm. pp: 86.
44
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic
practice / [edited by] Heather Fry,
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.
p. cm. pp: 41.
70
To‘g‘ri kasb tanlash uchun shaxs avvalo o‘zining ichki imkoniyatlari,
iqtidorini bilishi shart. Shunga ko‘ra, u bilimlar majmuini egallashga kirishadi.
Bilimlari asosida malaka hosil qilish yo‘llarini aniq belgilaydi,
ish-faoliyat
jarayonida zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lib boradi. Ish mobaynida o‘zining kuchli va
kuchsiz jihatlarini o‘zi nazorat qilib, o‘z ustida ishlashning mustaqil dasturini ishlab
chiqa oladi.
Aytish lozimki, professional uchun bu uzluksiz jarayon bo‘lib, u o‘zi tanlagan
kasbining qirralari muttasil ravishda o‘zlashtirgan sari, unga chuqur kirib
boraveradi. O‘z ustida igshlashdan toliqmaydi.
Bu jarayon “Men” konsepsiyasidagi o‘zini o‘zi baholash, o‘zini o‘zi nazorat
qilish, o‘z ustida tinimsiz ishlash, o‘zini o‘zi namoyon etish,
muvofiqlashtirish,
takomillashtirish, monitoring qilish kabi qator shaxsiy sifatlar bilan bog‘liq. O‘z
ichki dunyosiga kira olish, uni anglash, tahlil qilish va to‘g‘ri xulosa chiqarish –
komillikning muhim mezonlaridandir. Kasbiy mahoratda bu sifat birlamchi
rollardan birini o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: