74
motivatsiya
–
bu individni faollikka undovchi hamda uning yo‘nalishini
belgilovchi motivlar majmuasidir. Boshqacha qilib aytganda, motivatsiya – inson
xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi
psixologik sabablar majmuini bildiradi. “
Motivatsiya” tushunchasi “motiv”
tuushnchasidan kengroq ma’no va mazmunga ega.
Motiv
– lotincha “movere” – harakatga keltirmoq, turtki bermoq ma’nosini
anglatib, u asosan uch xil mazmunni anglatadi:
sub’ektning muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undash;
faoliyatning predmetiga aloqador faollikning yo‘nalishini belgilovchi kuch;
shaxs tomonidan biror xatti-harakat yoki xulq-atvorning tanlanishiga
aloqador anglangan sabab.
Demak, motiv – bu undov, yo‘naltiruvchi kuch va sabab tariqasida shaxsning
ongli hamda ongsiz faolligi, faoliyatini belgilovchi psixologik tushuncha. Har
qanday harakat, xulq, fikrlash muayyan mezonlarga, motivlarga ega bo‘ladi.
Turli motivlarning xulq-atvor bilan bogʻliq boʻlib, ma’lum bir holatlarni
oldindan aytish mumkin. Masalan, maqsadli motivatsiyasi yuqori boʻlgan talabalar
yuqoriroq ball olishlari kuzatiladi. Shuningdek, ichki motivatsiyasi yuqori talabalar
tashqi motivatsiyali talabalardan koʻra akademik jihatdan yaxshiroq natijalarni
qoʻlga kiritishi mumkin. Ta’lim olish strategiyalari turli guruh talabalarida turlicha
boʻlishini inobatga olgan holda aytish joizki, ichki motivatsiyalangan talabalar
tashqi motivatsiyaga ega talabalarga nisbatan taqdim etilayotgan oʻqish
materiallarini chuqurroq oʻzlashtirishlari kuzatiladi. Shu jumladan, aniq
ma’lumotlar yetarli boʻlmasada, ichki motivatsiyasiga ega talabalar baholanish
tizimiga tanqidiyroq yondashishlari ham tayin boʻladi.
Motivlar va xulq-atvor oʻrtasidagi bogʻliqlikning bir yaqqol dalili
talabalarning ta’lim olishlaridagi turlicha yondashuvlarni tadqiq qilish orqali
koʻriladi. Hozirgi kunga kelib oliy ta’lim sohasida amalga oshirilgan
izlanishlarning koʻp qismi inventar oʻrganish yondashuvlarini qoʻllashga tegishli
boʻlib qolmoqda (Entwistle va Ramsden, 1983). Ushbu izlanishning asosiy jihati
ta’limda chuqur va yuzaki yondashuv oʻrtasidagi farq bilan bogʻliq boʻlgan.
Chuqur ilm olish yondashuvi oʻqish materiallarini nazariy jihatdan tushunish
hamda mavjud bilim bilan solishtirish mulohazasini yuritadi. Yuzaki yondashuvda
esa, olingan bilim va malakani boshqa konteksda qoʻllash orqali materiallarni
davomli tarzda oʻrganishni kasb etadi. Har bir mazkur yondashub motivatisiya
turkumlari bilan bogʻlangan, ya’ni chuqur ilm olish ichki motivatisyaga hamda
yuzaki yondashuv tashqi motivatisyaga yaqinlashtirib olinadi.
48
Hatti-harakat yoki faoliyat motivlari hamisha ham anglanvermaydi, ular
anglangan va anglanmagan bo‘ladi. Maqsadlarimiz, qiziqishlarimiz, maslak yoki
e’tiqodimiz tufayli bir ishni amalga oshirayotgan bo‘lsak, ularni
Do'stlaringiz bilan baham: