Umarxon — Zeri domoni tu chist, ey gulperoxan?
Mohlaroyim — Naqshi sumi oxum Chin ast dar bargi suman.
Umarxon — Boz tashbehi digar kun to bigardam az sarat!
Mohlaroyim — Gunchai serobro monandi nashkufta daxan.
Tarjimasi:
Umarxon — Nedur ey gulbadan, gul domaning ostida pinhondir?
Mohlaroyim — Suman bargida Chin ohusi solgan iz namoyondir!
Umarxon — Boshingga sadqa jon, yana bir o’zga tashbeh ayt!
Mohlaroyim — Udir bir g’unchai serob, og’iz ochmoqqa hayrondir.
Bunday javoblardan hayratta tushgan Umarxon qizning husni jamoligagina emas, fazlu kamoliga ham maftun bo’lib, unga yaqin kelib, qo’lidan ushlaydi. Xuddi mana shu asnoda «Shohim» deb bir gul orasidan Uvaysiy paydo bo’ladi. Umarxon Uvaysiyga murojaat qilib:
Bu qiz kim?—deb so’raydi.
Bu qiz sizning rafiqangiz va mening shogirdim, — deb javob beradi Uvaysiy.
Shundan so’ng Umarxon katta to’y-tomoshalar qilib, Mohlaroyimni o’z nikohiga oladi.
Umarxon va Mohlaroyim huzurida Uvaysiyning izzat-hurmati yuz chandon oshib uni Jahon otin, deb ataydilar.
O’zbekiston xalq artisti Yusufjon qiziqning hikoya qilishicha, — deb yozadi T. Jalolov, Umarxon Uvaysiyga Marg’ilonda muhtasham bir imorat solib bergan. Bu imorat Marg’ilondagi ipakchilik fabrikasi mavzesida bo’lib, 1941 yilgacha unda shoiraning avlodlari yashab kelganlar.
Yuqoridagi hikoyalar Jahon otinning murabbiylik faoliyati nimadan iborat bo’lganligiga bir misol va bu faoliyatning kichik bir lavhasi, xolos.29
Jahon otin o’z shogirdlariga ta’lim-tarbiya berar ekan, ularga hayotni faol harakatda deb tushuntiradi. Bilim olishga intilish har bir insonning burchi ekanligini uqtiradi, ilm-ma’rifat kishini go’zal qiluvchi muhim fazilat, deb ta’kidlaydi.
O’zining ravon va nafis g’azallari bilan Umarxon saroyida «man-man» degan shoirlar bilan bahslashgan Jahon otin Uvaysiyning bizga qoldirgan merosida qator chistonlar mavjudligi e’tiborga molikdir. Tajribali murabbiya o’zining muallimlik san’ati shogirdlari izehnini o’stirishga harakat qilgan. Xuddd ana shu she’riy topishmoqlar orqali qancha-qancha yosh qalblarga ziyo oqib kirgan. Chunki, bular shogird qizlarning mushohada kuchini tarkib toptirishda narsalarga e’tibor bilan qarash, san’atkor ko’zi bilan kuzatishga o’rgatishda Jahon otinning o’ziga xos uslubi bo’lganligiga yaqqol misoldir.
Quyidagi chistonlar shoiraning aql-zakovatidan dalolat beradi:
Men ikki mahbubni ko’rdim, ikkisin kindigi bir,
Gar alar orasiga tushsang, bo’ladursan kasir (Qaychi).
Ul nadurkim, sabz to’nlik, yoz yog’ochning boshida,
Qish yalang’och aylagay barcha xaloyiq qoshida.
Barcha qushlarning so’ngoki ichida,
Ul na qushdurkim so’ngoki toshida (Yong’oq).
Ikki mahbubni ko’rdim, bir-birisin ko’rmagan,
Ikkisining o’rtasiga do’stlar, qil sig’magan (Kun va tun).
Ul nadurkim, poyi yo’q, yursa boshi birla yurar,
Yurganimda xok surmay, ancha ustolik qilar (Suv).
Uvaysiy o’z davrining peshqadam ma’rifatparvar shoiralaridan bo’lgan. Shu bois qizlarga she’r san’atidan dars berganda, o’sha davr shoirlari bilishi zarur bo’lgan nazirago’ylik, radifgo’ylikni ham o’rgatgan. Har bir shoir mushohada kuchiga ega bo’lishi zarurligini ko’rsatgan. Bu narsa uning «Devon»larida o’z aksini topgan. U hayotga haqiqiy san’atkor darajasida qarash lozimligini uqtiradi:
Bu na gumbazdur eshigi, tuynugidin yo’q nishon,
Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur makon.
Sindirib gumbazni qizlar holidan olsam xabar,
Yuzlarida parda tortug’lik turarlar bag’ri qon. (Anor).
Bunda anor eshik-tuynuksiz gumbazga, donalari bokira qizlarga, dona ustidagi yupqa qatlam 'qizlar yuzidagi pardaga va anor donalaridagi qizil sharbat bag’ri qon qizlarga o’xshatilgan.
Uvaysiy she’riyat san’atiga oid mashg’ulotlarida Sharq adabiyotiga xos radifgo’ylik kabi she’riy musobaqalarga ham katta z’tibor berganki, bunda ham shogirdlarning zehni, nafis ta’bi, shakllangan san’atkor sifatida tarkib topishiga yordam bergan.
Ammo uning shogirdlari o’rtasida nazirago’ylik yo’li bilan yozilgan radifgo’ylikka oid musobaqalari haqida materiallar bizgacha etib kelmagan.
Uvaysiy muammo va muvashshax san’atini ham o’rgangan, masalan shoira quyidagi baytda so’zlar, harflar va mazmun yordamida o’z ismini (Jahon) chiqargan.
Jimu, xoyu alifkim men kimu, darding yuki birla,
Dilda nuqtasi bag’rimda dog’im loyiqi xun men.
Bu muammoning birinchi misrasidagi oldingi uch so’z (jim, alif, ho jaho bo’lsa, ikkinchi misradagi «dilida nuqtasi, bag’rimda dog’im» so’zlari (N–shakli tasviri bo’lib, bag’ir dog’i ko’ngil russasini ifodalagan.
Demak, chiston, muammo, muashshax kabilar qizlarning she’riy qobiliyatini, zehnini, falsafiy mushohadasini chuqurlashtirishda ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan.
Uvaysiy ijodida uning ma’rifiy-ta’limiy qarashlarini ifodalovchi g’azallar ko’p. Uning she’rlarida ona qalbi, insonga mehr-muhabbat, yaxshilik kabi pokiza yuraklarning aks sadosi eshitiladi. Jahon otinning ko’pchilik asarlari insoniy muhabbatni, go’zallikni ifoda etadi Uning she’rlaridagi asosiy lirik qahramon hayotni butun go’zalligi bilan sevuvchi, unga maftun bo’lib, uning ijobiy hodisalaridan shodlanuvchi, jabr-zulmga qarshi ma’naviy kurashuvchi, do’stlik, vafodorlikka sodiq, chin oshiq, aqlli, bilimdon ayol. Ana shu olijanob insoniy fazilatlar kishilardagi vafosizlik, bemehrlik, yolg’onchilik, subutsizlik kabi salbiy illatlarga qarama-qarshi qo’yiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |