Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo’yicha prorektor V v. b



Download 5,57 Mb.
bet53/239
Sana26.05.2022
Hajmi5,57 Mb.
#609798
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   239
Bog'liq
2 5463231793882731844

...Ilmi diniy ila barcha ilmi zamoniy — ilmiy dunyoviy tahsil qilmaslik munkariz bo’larmiz...»36.
Behbudiy o’zining mana shu fikrlarini amalga oshirish borasidagi ko’p qirrali va sermahsul faoliyati davomida ma’rifatparvarlik va taraqqiyparvarlik: g’oyalarini keng tashviq etibgina qolmasdan, balki Jomboy qishlog’ida o’qituvchilik qilib yurgan Abduqodir Shakuriyni yollab, maktab uchun o’z hovlisining tashqarisini beradi, bolalar esa tekinga o’qitiladi.U katta o’g’li Ma’sud bilan qizi Parvinni ham Shakuriy maktabiga o’qishga beradi. Behbudiy o’z uyida ochilgan “usuli jadid” maktabining butun moddiy xarajatlarini o’z gardaniga oladi «Padarkush»ning sahnaga qo’ilishidan kelgan asosiy daromadni Samarqand, Qo’qon, Namangan, Toshkent, Kattaqo’rg’on va boshqa shaharlardagi “usuli jadid” maktablariga hadya qildi, bu maktablar uchun o’zi «Muntaxabi jo’g’rofiya umumiy» («Qisqacha umumiy jo’g’rofiya»), «Madxali jo’xrofiya umro-qiy» («Ahli jo’g’rofiyasiga kirish»), «Muxtasari jo’g’rofiyai Rusiy» («Rusiyaning qisqacha jo’g’rofiyasi»), «Kitobul aftol» («Bolalar maktubi»), «Muxtasari tarixi islom» («Islomning qisqacha tarixi»), «Amaliyati islom» va «Yangi hisob» darsliklarini yaratdi va o’z mablag’iga matbaa ochib, maktab uchun darslik va qo’llanmalarini tekinga bosib tarqatadi. Samarqanddagi birinchi musulmon kutubxonasi va qiroatxonaning asosiy mablag’i ham uning hisobidan chiqqan edi.
Qizig’i shundaki, Mahmudxo’ja Behbudiyning hayot yo’li, uning din va jamoat arbobi sifatidagi faoliyatida ma’rifatparvarlik va shariat uzviy birlikni tashkil etadi. Chunki, Behbudiy faqat diniy bilimlarnigina emas, shu bilan birga, zamonaviy ilmlarning zo’r bilimdoni, xalqni ma’rifatli qilish uchun kurash yo’lida o’z moddiy boyliklarini, hatto jonini ayamagan shaxsdir. Professor Abdurahmon Sa’diy 1923 yilda z’lon qilgan «Behbudiy va uning tegrasiga yig’ilgan yozuvchilar» nomli maqolasida «O’z zamonida Turkiston jadidlarining eng faol va eng ma’lumotli rahbarlaridan edi»37 deb ta’riflagan bo’lsa, Fayzulla Xo’jaev o’zining «Buxoro tarixi» asarida bu fikrni rivojlantirib: «Siyosiy, ijtimoiy faoliyati va bilimining kengligi jihatidan Turkistonning o’sha vaqtdagi jadidlaridan unga teng kelaoladigan kishi bo’lmasa kerak»38 deb yozgan edi.
Bu gapda haqiqat bor, chunki zamonasidagi fikrlar — diniy huquq bilimdonlaridan hech biri fikh ilmining kengligi jihatidan mufti Mahmudxo’ja Behbudiyga teng kela olmas edi. Behbudiyning ayrim jaholatparast ruhoniylardan farqi va afzalligi shunda ediki, u hech qachon fikhning biror qoidasi yoki yo’l-yo’rig’ini xalq manfaatlari va ijtimoiy taraqqiyotga zarar keltiradigan tarzda talqin qilmagan. Aksincha, oyat va hadislarga tayangan holda, shar’iy dalillar asosida jamiyatdagi davlatmand sinf vakillarini insofga, shafqatga chorlaydi, ularning ochko’zligi va noinsofligini keskin qoralaydi, ayni paytda ma’rifatparvar arbob sifatida mehnatkashlarning bolalarini o’qimishli, bilimdon qilish vositasida ijtimoiy tengsizlik ildizlarini quritish mumkin degan xayol bilan bepul yangi usul maktabi ochadi, keng xalq ommasining barcha tabaqalarini ma’rifatli etish choralarini izlaydi, bu yo’lda shaxsiy mablag’larini beg’araz sarf qiladi. U xalqni, millatni ma’rifatli etish yo’lidagi tadbirlar uchun o’z mablag’larini ayagan mulkdorlarni qanchalik yomon ko’rsa, umumxalq manfaatini oyoq osti qilib, mulkdorlar yuz-xotirini qilgan din arboblaridan ham shunchalik nafratlanadi. Biroq Mahmudxo’ja Behbudiyning muftiylik lavozimini bunday halollik bilan ado etishi, yangi usul maktabi ochishi va taraqqiyparvar jadidlar faoliyatini moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlashi mutaassib ruhoniylarga hecham yoqmas edi. Shu bois 1914 yilning 3 yanvarida g’oyat mash’um hodisa ro’y berdi: Samarqanddagi Ulug’bek madrasasining ichida joylashgan Jomeda o’qilgan juma namozidan so’ng muazzin besh-olti ming musulmon huzurida nutq so’zlab, «usuli jadidchilarning kofirligi va har kim bolasini usuli jadid maktabiga bersa, o’zi kofir, xotini taloq bo’lishini», jamoaga e’lon qiladi. Uning aytishicha, bu favqulodda takfirni u ulamoning «qavmi va buyrug’i» ila e’lon etgan. Bu shum xabar yashin tezligida butun Turkistonga tarqaladi. Mutaassib ruhoniylar tomonidan qo’llangan bu makkorona usul jadidlarni mushkul ahvolga solib qo’ydi, o’z bolalarini usuli jadid maktabiga bergan ota-onalar tavahhumda qoldilar. Bunday vaziyatda eng oqilona tadbir jadidlarni diniy dalillar vositasida himoya qilmoq edi. Bu vazifani muftiy Behbudiy yuksak mahorat bilan ado etadi. To’g’ri, zamonaning zayli bilan dastlab ulamoning o’zi takfirdan tanishga majbur bo’ladi. Gap shundaki, mustamlakachi ma’muriyatning Samarqand viloyatidagi Mahkamasiga mazkur takfirning ma’naviy rahbarlari hamda muazzin chaqirtiriladi. Shunda ularning jamoadagi jangariligi va yuqoridagi xurujidan asar ham qolmaydi, ular hayosizlarcha bu dalildan tonadilar va almoyi — aljoyi javoblar beradilar. Natijada, Behbudiy «Oyna» jurnalining 1914 yil yanvarida chiqqan 12-sonida e’lon qilingan «Favqulodda takfir» maqolasida sodir bo’lgan voqea haqida zo’r taassuf bilan xabar beradi. «Oyna» jurnalining 12-sonida esa Mahmudxo’ja Behbudiyning bu masalaga bag’ishlangan «Bizni(ng) hollar va ishlar» maqolasida: «Ushbu nutq hukumatga ma’lum bo’lib, hukumat tarafidan Madrasai Tillakor va Madrasai Ulug’bek mudarrislari janob mulla Imomnazar va mulla Salim ham nutq qilg’on muazzindan so’rolibdur - Janob mudarrislar ushbu nutqdan xabarimiz yo’q— debdurlar. Muazzin aytibdurki, men usuli jadid o’ruscha o’qumoq va yo usuli jadidchilar haqida hech bir nimarsa aytganim yo’q...— boshqa aytganlariga munkir bo’lubdir.
Biz bu so’zni yozmas edik, ammo butun xalq orasinda shuhrat topgani va jomei sharafda so’ylang’ani uchun va Turkistondagi yuz ming otalarki, bolalari usuli jadid maktabiga o’qiydur,— alarg’a daf’i ishtiboq qilmoq uchun va xaloyiqni(ng) har nimarsadan aziz imonig’a chang urulg’on uchun yozib fursatingizni favt qilarmiz. Va a’lon turib, munkir bo’lg’uvchi kishi so’zining bir pullik e’tibori yo’qdur»39,— deyiladi. Qisqasi, Mahmudxo’ja Behbudiy jadidlardan xalqning ixlosini qaytarishga intilgan jaholatparast ruhoniylarning bunday xurujlariga zo’r bilimdonlik bilan shariat nuqtai nazaridan g’oyat asosli ravishda qaqshatqich zarba bera olgan edi.
Xullas, Mahmudxo’ja Behbudiy butun ongli faoliyati davomida faqat xalq manfaatlarini himoya qildi, xalqni baxtiyor etish, farzandlarini esa savodxon qilish uchun kurashdi. 1914 yilda yozilgan «Yoshlarga murojaat» maqolasida: “...islomiyat shunday bir dini metin va qobili taraqqiydurki, naqadar ilmi zamoniy ko’p o’qulsa, insonning dini islomg’a shuncha aqidasi mahkam bo’lur... hatto lozim bo’lganda mulkingizni sotsangizda, o’g’lingizning zamoncha o’qumog’a sa’y qilingiz40 deb ta’kidlaydi. Adabiyotshunos Sherali Turdievning yozishicha, Behbudiy Buxoro amirining dahshatli zindonida o’z qotilini kutib yotgan og’ir damlarda hom Turkiston va Buxoroda maorif nurlarini yoyish, xalqni jaholatdan qutqazish, ularga haqiqat, adolat, ozodlik yo’lini ko’rsatishga, bu yo’lda qurbon bo’lganlarni unutmaslikka undovchi vasiyat xatini zindondan ozodlikdagi do’stlariga chiqarishga muvaffaq bo’ladi41. Bu xatda «Ey, Turkiston maorif ishlarida bo’lg’on o’rtoq va o’g’lonlarim! Men, o’zim garchand bandi bo’lsam-da, sizlarni esimdan chiqarmayman va sizlarga birov vasiyat qilib o’taman:
Mani sevar o’rtoqlarim! Manim so’zlarimni quloqlaringizga olinglar! Biz ikki oydan beri Buxoro shaharlarida bandi bo’lib yurib, oxir o’n kundan beri bu erda bu zolimlarning qo’liga tushib bandi bo’ldik, jadid-kofirlik otini ko’tardik. Bu erdan qutilmog’imiz gumon bo’ldi.

Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish