Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo’yicha prorektor V v. b



Download 5,57 Mb.
bet54/239
Sana26.05.2022
Hajmi5,57 Mb.
#609798
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   239
Bog'liq
2 5463231793882731844

O’rtoqlarim Siddiqiy, Ayniy, Fitrat, qori va Akobir Maxdum va o’g’lonlarim Vadud Maxdum, Abduqodir Shakuriy!
Sizlarga vasiyat qilaman: Maorif yo’lida ishlayturg’on muallimlarning boshini silangizlar! Maorifga yordam etingiz! O’rtadan nifoqni ko’taringiz! Turkiston bolalarini ilmsiz qo’ymangizlar! Har ish qilsangiz jamiyat ila qilingizlar! Hammaga ozodlik yo’lini ko’rsatingizlar! Bizdek maorif qurbonlarini yo’qlangizlar! Buxoro tuprog’iga tezlik ila yo’l boshlangizlar! Ozodlikni tezlik ila yuzaga chiqaringizlar! Bizning qonimizni zolim beklardan talab qilingizlar! Maorifni Buxoro tuprog’ida joriy qilingizlar”42 – deyiladi.
Shunday qilib, Mahmudxo’ja Behbudiy o’zbek xalqining milliy mustaqilligi yo’lida ulkan iste’dodini, bilimini, butun kuch-g’ayratini, aziz umrini fido qildi. Uning hamfikrlaridan toshkentlik jadidlardan MUNAVVAR QORI ABDURAShIDXON O’G’LI (1878—1931) ham «usuli savtiya» maktabiga ixlos bilan qarab, chor hukumati Turkiston o’lkasidagi aholini qanday ma’naviy-madaniy uzlatda saqlayotganini va undan qutulish choralari faqat maktab ta’lim-tarbiyasidagi keskin islohotga bog’liqligini to’g’ri tushungan holda chor hukumatining mustamlakachilik boshqaruv usuliga qarshi kurashda faollik ko’rsatdi: mana shu maqsad yo’lida Toshkentda ilg’or fikrli ziyolilar va turli guruhlardan iborat «Turon» jadidlar jamiyatini tashkil etdi. Uzi ta’kidlaganidek: «Chor hukumatini yo’qotish jadidlarning tilagida bor edi. Siyosiy vazifamiz va maqsadimiz ham shundan iborat bo’lishi yashirin emas»43.
Munavvar qori Turkiston o’lkasining iqtisodiy va madaniy taraqqiyot yo’liga kirishida, musulmon bolalariga dunyoviy bilimlar berishning birdan-bir yo’li eng avvalo mavjud eski maktab va madrasalarni isloh qilish, yangi maorif tarmoqlarini yaratishda deb tushungan holda, o’rus-tuzem maktablariga qarshi yangi usuldagi maktablarni ochishga ahd qiladi. U xalq orasidagi buyumparast, savdoni taraqqiy ettirmay, hunarmandchilikni rivojlantirish to’g’risida jiddiy qayg’urmay, sudxo’rlik orqali boyigan kishilarning loqaydligi, murosasozligi oqibatida yuzaga kelgan milliy porakandalikni tag-tomiri bilan qo’porib tashlash uchun maorifni mutlaqo yangidan tashkil etish zarurligini anglagan holda ishga qat’iy kirishadi. Shu bois, u 1901-1904 yillarda qrimlik do’sti Rasim Kishod yordamida Toshkentda «usuli savtiya» yoki yangi usuldagi jadid maktabini ochadi. U maktabni avval o’z hovlisida, keyin boshqa joylarda ochishga harakat qiladi. Bu ishda unga tog’asining o’g’illari Hasanxo’ja va Eshonxo’ja Xoniy yaqindan yordam berishadi. Bu haqda yozuvchi Mo’minjon Muhammadjonov «Turmush urinishlari» kitobida quyidagicha hikoya qiladi: «...shayx Xovand Tahur dahalik Mirdadaxo’jaboyning mehmonxonasida maktab ochib, bir-ikki yildan berib Abdusami qori degan bir kishi bilan bola o’qitib turmoqda bo’lg’onin aytdilar... Bolalarning o’qishlarini sinf-sinflaridayurib ko’rib chiqdim. Hozirda to’rt sinf boshlang’ich (ibtidoiy) maktab bo’lib, yaxshigina tartiblik: parta qora taxtalar, er yuzi bo’laklarining (qit’alarining) qisqacha ham butun xaritalari bor ekan.
...Bu yangi tartiblik maktablarning Toshkent shahrida joriy bo’lib ketishiga birinchi sabab Munavvar qori bo’lib, barchasining prog’romini shul tuzib bergan»44.
Munavvar qori... qadimchilar tomonidan «kufur uyasi» deb atalgan yangi usul maktabiga ilm-ma’rifag o’chog’i, yangi ma’naviyat, ma’naviyat maskani chor mustamlakachilari zulmi ostida milliy g’ururi, qadr-qimmati erga urilgan xalqni milliy mustaqillik uchun kurashga hozirlaydigan targ’ibotxona sifatida qaradi. U maktabni islohot qilmay turib, odamlarning ongida o’zgarish yasab bo’lmasligini yaxshi tushunib etgan edi. Munavvar qori ochgan yangi usul «Namuna» maktabida bir necha yuz bola o’qigan. Bu maktabda tayyorgarligi ancha jiddiy bo’lgan iste’dodli yoshlar o’qituvchilik qilishgan. Munavvar qorining o’zi esa jadid maktablari uchun yangi tovush («usuli savtiya») usulida darsliklar – «Adibi avval» «Birinchi adib» (1907) alifbosi va «Adibi soniy» «Ikkinchi adib», 1907), «Er yuzi» («Jug’rofiya»), «Havoyijon diniya» (1907) kitoblarini yozib chop ettirgan. Bular o’lkadagi jadid maktablari uchun asosiy darslik sifatida bir necha bor qayta nashr etildi.
Munavvar qori o’z fikrdoshlari Ubaydulla Xo’jaev, Abdulla Avloniy, Toshpo’latbek Norbo’tabekov, Karim Norbekov va boshqalar bilan hamkorlikda 1909 yilda toshkentlik bir boyning raisligida «Jamiyati hayriya» tashkil etadi. Bu haqda u «Toshkentdagi musulmon jamiyati» maqolasida quyidagicha yozadi: «Yoshlarning sovuqqonlik va sabrliklari bu sana yaxshi natijalar berdi. Boylarning o’zlari ittifoq bo’lib, o’z oralaridan faqat bir kishini rais va bir mashvarat a’zosi verib, boshqa a’zolarning barchasin yoshlardan saylatdilar...
Bu ittifoqning natijasi o’lsa kerak. Toshkent jamiyati bu yil butunlay boshqa tusga kirdi. Uyqudan u uyg’onib, ko’zlarini uqalab, atrofga nazar sola boshladi. Qonunda zikr etilgan moddalardan birin-ketin foydalanmoqqa shuru’ qildi, boshlab bir necha yildan beri qaror berilubda ochiltoy yotgan «Dorul ojizin»ni rasman ochib, bir necha miskin va ojizlarni tarbiyaga oldi. Bir necha maktab va madrasalarga yuz so’m va ikki yuz so’mlar ionalar berdi. Bir iecha beva va bechoralarga oylik ionalar bermoqda va oltmish qadar faqir va qashshoq bolalarni turli maktablarda o’qitib, tarbiya qilib turmoqdalar.
Jamiyatning yangi a’zolari... pul topmoqqa ham yangi yo’llar izladi, boshlab «Gramofon obshestvo» sila so’ylashib, har bir plastinkadan o’n tiyin olmoq shartila bir necha hofizlarni o’z tarbiyasidagi maktab shogirdlarining tovushini sotdi, bundan faqat shu yil ichidagina loaqal ikki ming so’m kirsa kerakdir»45.
Xullas, Munavvar qori va safdoshlari bu jamiyat orqali qashshoq va kasalmand kishilar, o’quvchilarga yordam ko’rsatish bilan cheklanmaydi, Rusiya va Turkiyadagi oliy o’quv yurtlariga talabalar yuborish bilan ham shug’ullanganlar. U millat bolalarini savodxon qilishdek bunday savob ishga faqat «Turon» jamiyati a’zolarini jalb etibgina qolmasdan, balki mahalliy boylarning ham boshini qovushtirib, ularning e’tiborini bu xayrli ishga tortadi. Bu haqda jamiyatning faol a’zosi, keksa san’atkor Abdurahmon Akbarov shunday deb yozadi: «Jamiyatimizdagi jadidlarning bosh rahbari bo’lgan Munavvar qori bir kuni jamiyatimizning majlisiga kelib: «Ziyoli yoshlardan bir nechtasini Germaniyaga yuborib o’qitish kerak», deb uzoq nutq so’zladi. Shundan keyin jamiyatning rahbarlaridan 7-8 kishi Orifxo’jaboyning yangi shahardagi hovlisida shu haqda birinchi marta majlis o’tkazadilar. Ammo «Toshkent bayonlarining ko’pchiligi bo’lishi maslahatliroq bo’ldi» deb ikkinchi kattaroq yig’in majlisini shayx Xovand Tahurlik Kattaxo’ja Xo’jaevning uyida o’tkazishga qaror qildilar.
...1916 yil oxirlari edi. Oradan chamasi 15 kunlar keyin Kattaxo’ja Xo’jaevning uyida ikkinchi marta katta yig’in bo’ldi. Bu majlisga Toshkentning eng mashxur boyonlari yig’ildilar. Jumladan, Orifxo’jaboy, Saidkarimboy, Komiljonboy choyfurush, Asil oqsoqol, Boqijonboy va boshqalar.
Bu erga to’planganlarning soni 50-60 ga etardi.Buni tashkil qilishda ko’proq tashabbus ko’rsatgan Munavvar qori bilan Ilhom samovarchi va Murodxo’ja Solixo’ja o’g’illari edi. Hamma yig’ilib bo’lgandan keyin majlis ochilib, birinchi bo’lib Munavvar qori so’zga chiqdi.
Munavvar qori: «O’zbek ziyoli bolalarini Germaniyaga yuborib o’qitishga juda muhtojmiz, bolalar o’quv, ilm-tahsil olib kelsalar, millatiga katta xizmat qila oladilar», degan so’zlar bilan uzoq nutq so’zladi. Uning ketidan Munavvar qorining so’zini quvvatlab Samig’ qori chiqib so’zladi, oxirida savollar tushdi: kim, necha kishini yuboramiz, deb Samig’ qori «boradigan kishilarning ro’yxati bor, deb domla Murodxo’ja Solixo’ja o’g’lidan ro’yxatni o’qib berishni so’radi: Germaniyaga o’qib kelish uchun boruvchilar shular ekan: 1. Shayx Xovand, Tahur dahasidan Abdulvahob Murodiy yana bir kishi, Beshyog’och dahasidan ham ikki kishi; birinchisi — Chaqar mahallalik Muhammadjon, ikkinchisi Yalanqori mahallalik A’zam soatsoz o’g’li, jami 4 kishi ekan.
Munavvar qori yana o’rnidan turib: jamoat, mana bu-yosh o’smir bolalarimizning Olmoniyaga borib o’qib kelishlari faqat siz boyonlarimizning yordami ostida vujudga chiqadi»,— deyish bilan o’tirgan boylardan biri Munavvar qorining qo’liga anchagina pul berdi... Pul to’planib, sanalib bo’lgandan keyin Munavvar qori o’rnidan turib: «Millatimizning kelajakdagi baxtu saodati uchun shunday katta xizmatlaringizga ko’pchilik tomondan rahmatlar aytaman, deb tashakkur bildirdi»46.
El murabbiysi Munavvar qori har bir xalqning millat sifatida shakllanishining birinchi belgisi mazkur xalqning o’zligini tanish va o’zini himoya qilish tuyg’usining uyg’onishi, milliy qadriyatlarini saqlash va taraqqiy ettirishida ekanligini qayta-qayta ta’kidlaydi va bu yo’lda turli-tuman jamiyat hamda uyushmalarni vujudga keltirish zarurligi haqida yozadi: «Madaniy millatlarning butun taraqqiyoti diniya va ehtiyoj mayllari uchun eng ishonchli suyanchiq va mutakka attehoz (qabul – mualliflar) o’linmish va ulardan madaniyat narvonining birinchi bosqichi maktab, ikkinchisi jamiyat ekan»47. Demak, Munavvar qori har ikki bosqichga ham jiddiy e’tibor beradi. U mana shu ikki tayanch bilan millat bolalarining ko’zini ochadi, chorhukumatiga qarshi kurash olib boradi. Shu boisdan bo’lsa kerak, u maktab va madrasalarda o’qish va o’qitish ishlarini takomillashtirish, imtihonlar o’tkazish haqida yozar ekan, «maktab va madrasalarda imtihon joriy bo’lsa, ko’p shogirdlarning va bir necha mudarrislarning madrasadan chiqarmaqlari lozim kelur»48, deydi.
O’zbek xalqini ma’rifatli qilishga intilgan Munavvar qori 1918 yil may oyida Toshkent shahrida «Turk o’chog’i» ilmiy-madaniy jamiyatini tuzadi. O’shbu jamiyat Turkiston turklarini milliy tug’ ostiga to’plab, ularga milliy ruh, milliy g’oya va milliy tarbiya berish, milliy urf-odatlar asosida ilm-ma’rifatli, tijorat, adabiyot va san’atni rivojlantirib, chin bir turk madaniyatini vujudga keltirishni va shu tariqa millatimizning ruhiy va jismoniy quvvatini orttirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Munavvar qori ana shu g’oya asosida astoydil ish olib boradi.
Ma’lumki, 1918 yil boshida Toshkentda ovro’palik aholi uchun so’l eser, Turkiston xalq maorif komissari K. Uspenskiy tashabbusi bilan xalq dorilfununi tashkil etiladi. Ulka Sovetlarining IV qurultoyida (1918 yil yanvar) janob Uspenskiy: «O’rtoq musulmonlar! Shuni bilingizki, biz sizlarning katta og’angizmiz. Siz kichiksiz. Tushunarlikmi, bizga bo’ysunishingiz kerak», deya shovinistik mahoratini namoyish qiladi49. Ammo bu janob tatar va o’zbeklar uchun milliy dorilfunun ochishga jon kuydirmaydi. Bunga javoban 1918 yil 9 aprelda Munavvar qori uyida to’plangan jadidlar Turkiston Xalq dorilfununining musulmon bo’limini tashkil etish maqsadida 9 kishidan iborat tashkilot komissiyasini tuzadi. Komissiyaga Munavvar qori (rais), Burxon Habib, Iso To’xtaboev, Sodiq Abdusattorov, Murodbek, Murodxo’ja, Muxtor Bakir, Ablusami qori Ziyoboev va boshqalar kirgan edi. Ular 22 kun ichida musulmon bo’limi dasturlarini tuzadilar. Dorilfununning musulmon bo’limi hamda o’rus bo’limi kabi uch bosqichdan iborat bo’lishi belgilanadi.
Yuqori bosqich – dorilmuallimin (o’qituvchilar kursig keyinroq institut); o’rta bosqich– o’rta hunar maktablari; quyi bosqich – boshlang’ich maktablarni o’z ichiga olar edi. Xalq dorilfununi tarkibining bu shaklda bo’lishi sharoitining o’zidan kelib chiqqan holda zamonaviy bilim va savodxonlikka ehtiyojdan tug’ilgandi.
Shu yilning 3 mayida dorilfununning Musulmon bo’limi rahbariyatiga saylov bo’lib, unda Munavvar qori rais (rektor), Iso Tuxtaboev birinchi muovin, Burxon Habib ikkinchi muovin, Abdusami qori Ziyoboev xazinador, Muxtor Bakir sarkotib bo’lib saylandi. 13 may (yakshanba) kuni Toshkentniig eski shahar qismida Vikula Morozovning sobiq do’koni binosi (hozirgi A.Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog’i o’rnida joylashgan sobiq o’zbek “Yosh tomoshabinlar” teatri (binosi)da musulmon aholi uchun «xalq dorilfununi» ochiladi. Bu bo’lim tez orada o’ziga xos yirik bilim maskaniga aylanadi. Dastlab 9 ta boshlang’ich maktab ochish mo’ljallangan bo’lsa-da, aholi ehtiyojiga ko’ra, ularning soni 24 taga etadi. Dorilfununning musulmon bo’limi 15 demokratik tashkilot vakillari uyushgan 45 kishilik kengash tomonidan boshqariladi. Undagi muallimlar soni 180 nafarga etadi.
1918 yil 2 iyun kuni sobiq seminariya binosida dorilfununning o’zbeklar uchun maxsus o’qituvchilar tayyorlov bo’limi – «Dorilmuallimin» ochildi. Unda Fitrat ona tilidan, Kamol Shams arifmetika va geo-metriyadan, Haydor Shavqiy gigiena, gimnastika va nemis tilidan, Rahimboev arifmetikadan, Abdurahmon Ismoilzoda san’atdan, Rizaev madaniyat tarixi va siyosiy iqtisoddan, Munavvar qori ona tilidan dars berishadi. Bu bo’limning ochilish marosimida Munavvar qori nutq so’zlab, insonning ma’rifatli bo’lib, ko’zi ochilmaguncha vijdon uyg’onmasligini, vijdon uyg’onmasa na o’zini, na xalqini erkin muhofaza qila olishini, bu imonsizlik ekanini mutafakkirona noziklik bilan ifoda etadi:
«...asrimizda esa insonlarni milal soira (o’ziga millat —mualliflar) tarafidan doim bir nazar tahqir ila ko’rungan Turkiston millatini qutilaturg’on va qutiltiraturg’onlarni tayyorlaydigan yolg’iz muallimlar bo’lg’onidan, muallimlarning Turkistondagi jaholatni yiqub, millatni bu razolatdan, bu jaholatdan qutqarmoqlarini tamomila va bu kunda hukumatlarni bir-birlari ila bo’lgan mujdalari, muharabalari ham bir millatni boshqa millatga dushmanligidan emas, balki jahl birla ilm g’avg’osini, yashasin ilm va ma’rifat!
So’nggi ikki yil ichida Turkiston xalqining boshiga kelgan falokatlar har bir yolg’iz nodonlik va maorifsizlik orqasindagina bo’lg’onligi har kimga ma’lumdir. Kelajakda bunday falokatlardan qutulmoq va Turkiston xalqi tilagan ravishda idora qilmoq va dushmanlardan saqlamoq yolg’iz sanoyi’ va maorif vositasi ilagina mumkindir»50.
Ha, bu Munavvar qorining imon-e’tiqodidan, vijdonidan sizib chiqqan so’zlar edi.
Munavvar qori ovro’pacha usuldagi bunday xalq dorilfununi tashkil etish bilan bir qatorda, mavjud madrasalarni isloh qilish va ularda asosan dunyoviy fanlar o’qitib, milliy ziyolilar tayyorlash g’oyasini ham ilgari suradi. Bu qarashlarini – u 1923 yil iyunda Toshkentda bo’lib o’tgan xalq maorifi mudirlari qurultoyidagi ma’ruzasida bayon etgan, 1923 yilda bu yangi usulda 30 dan ortiq madrasa va eski maktablarda talabalar o’qitilganligi ma’lum.
Munavvar qori 1922 yildan Turkiston maorif noziri, keyin esa Toshkentning eski shahar maorif bo’limi muboshiri (inspektori) bo’lib ishladi, o’sha yili 23-25 martda bo’lib o’tgan II–Umumturkiston maorif xodimlari qurultoyida ishtirok etib, maktab bo’limiga a’zolikka saylandi. Keyinchalik Alisher Navoiy nomli ta’lim-tarbiya bilim yurtida va turli maktablarda o’zbek tili va adabiyotidan dars berdi. Do’stlari va shogirdi Qayum Ramazon va Shorasul Zunun bilan hamkorlikda uch bo’limdan iborat «O’zbekcha til saboqlari» kitobini (1925 yil) nashr ettirdi. Ustoz Munavvar qorining o’sha ta’lim-tarbiya bilim yurtidagi faoliyati to’g’risida hazratning shogirdi: jumhuriyatda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi, keksa yozuvchi Rahmat Azizxo’jaev shunday deb yozadi:
«Men 1926-27 o’quv yilining ikkinchi yarmida, kechikib bo’lsa-da, o’qishga kirganimda Munavvar qori ona tilidan saboq berganlar. U kishi saboqxonamizda mendan imtihon olgani, birinchisidan yaxshi o’tganim hali-hali yodimda. Dars o’tganlarida ba’zi muallimlar kabi kitob-daftarga qaramas, ortiqcha bir og’iz so’z aytmas, qunt bilan dars tinglar, kitoblardan ko’ra saboqlaridan ko’proq bahramand bo’lar edi. Puxta bilim olish uchun, ko’proq insho yozdirib, ularni tekshirishdan zerikmas zdilar...
Men ustozga «O’tgan kunlar» romanini o’qiganligim va undagi o’zim tushunmagan ba’zi arab-fors so’zlarini yozuvchimiz Abdulla Qodiriyga uchrashib, aniqlab, yaxshi maslahatlar olib kelganimgacha aytar ekanman, u kishi xursand bo’lib, bosh irg’ab, ma’qulladilar. So’ng jiddiy tus olib, dedilar: «Xalqimiz o’qirmikin, ko’zlari ochilib maktab-ma’rifat yo’liga astoydil bel bog’larmikan?» Kitob, gazetalarni orqalagan, turli ta’qiblar ostida qolgan kunlarni esladilar. So’ng, chehralari yorishib: «Mana, sizlar, endilikda xalqimiz bolalariga ta’lim berishda ziyo tarqatuvchilar bo’lursizlar», dedilar. Ustoz talabalar yozgan insholar haqida to’xtab, mening yozgan inshoimni namuna sifatida baholadilar. Quvonar edim, ammo quvonchim uzoqqa cho’zilmadi.
Mart oyi edi shekilli talabalardan kimdir «Adabiyot parchalari», she’rlar to’plamini olib keldi, u saboq chog’i: «Qori aka, shu kitobdagi mana shu she’rni bir o’qiylik», deya iltimos qildi. Shunda qori yana qo’llar bilan rad etib, «Yo’q o’qimang, u Cho’lponning she’ri, hozir uni mafkurasi buzuq deb tanqid etishgan... Ammo talaba esa, keling, bir o’qiylik, dedi-yu, Cho’lponning «Buloq boshida» she’rini o’qidi. Shunday qilib, hech kim kutmagan hodisa yuz berdi, kelasi hafta ustoz saboqxonaga zo’r hayajon bilan kirib kelib, qo’llaridagi gazetani baland ko’tarib, dedilar:
— Mana, sizlarga nima degan edim?! Nima degan edim? Mana, Akmal qurultoyda meni Cho’lponning she’rlarini talabalarga o’qitib, ularning miyasini zaharlabdi, dedi. (Ushanda Samarqandda Uzkomfirqa qurultoyi kunlari edi.)
Oradan ko’p kun ham o’tmadi. Darsxonamizga «Qizil O’zbekiston» (hozirgi «O’zbekiston ovozi») gazetasining muharriri Abdusalom Niyoziy kirib keldi. U qori aka haqida so’ragan bo’ldi, talabalar bo’lgan gapni aytib berishdi. Kelasi sabog’imizda esa biz xalqimiznnng fidoiy farzandi, ma’rifatparvar ustozimiz Munavvar qori hazratlarini boshqa ko’rmadik»51.
Darhaqiqat, Munavvar qori ana shu xulosadan so’ng1926 yili GPU tomonidan qamoqqa olinib, «yovuz niyatli jadid va turkparast», «millatchi», «Xalq dushmani» sifatida 1931 yilda otishga hukm etildi.
Aslida Munavvar qori millatchi ham, islomparast ham, turkparast ham emasdi. «Ovro’pa va Omriqo xalqlari havoda uchar, dengiz ostida suzar, dunyoning eng narigi burchaklari bilan vositasiz xabarlashar, bir holg’a, bir madaniyatga etishdilar»52, deganda xalqimizni kallavaram bo’lib qolmaslikka, umumjahon madaniyati yutuqlaridan bahramand bo’lishga undagan edi. U o’z xalqining hur, millat sifatda shakllangan, ijtimoiy-siyosiy jihatdan barkamol bo’lishini orzu qilgan va shu yo’lda istiqlol uchun kurashgan edi. Uni mana shuning uchun ham qurbon qilishdi.
Munavvar qorining pedagogik qarashlariga to’xtaladigan bo’lsak, insonlarni faqat olijanob fazilatlarga, yoshlarni esa halol mehnat qilishga, ilm-ma’rifat va kasb-hunar o’rganishga, rostgo’y bo’lishga chorladi. Masalan: «Bizda hamiyat» hikoyasida bayon etilishicha, yo’lda suhbatlashib turgan ziyolilar oldidan ko’zi ojiz etim bola chiqib qolib, ulardan sadaqa. so’raydi. Ulardan biri achchiq til bilan ishlash, o’qish kerakligini uqtiradi. Bola ojiz va majolsiz ekanini aytadi, shunda boyagi ziyolilardan biri o’zining jahldorligini fosh etib, jahl bilan: «Ovro’paliklar ko’r, quloqsiz kar va hokazo o’qimog’i mumkin bo’lmagan insonlarga maxsus maktablar ochganlar va u maktab-dardan ko’r, karlardan o’qib chiqqan insonlarniig had va hisobi yo’q, sen ham shundog’ maktabda o’qshi», deydi. Bola ziyolining nodonligi va jaholatparastligini shunday go’zal iboralar bilan fosh qiladi! «Siz bu so’zlaringizni qaysi erda so’zlayursiz? Berlindami, yo Londondami, o’zingizni zan etarsiz... aqlingiz qaerda?

Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish