Eslatma: Xonalarni isitish uchun haroratining quyidagi me’yorlari qabul qilingan: sinfda +160 - +180S. koridor va sport zallarida +150- +160s.
5. Axborot texnologiyalaridan foydalanishni gigienik baholash.
(S.Maxkamov, D. Alimova)
Kompyuter xonalarini gigienik baholash (xonalarning eni, bo‘yi, sathi, hajmi).
Kompyuter xonalaridagi jihozlarni gigienik baholash.
Kompyuter xonalarining yoritlishini gigienik baholash.
Kompyuter xonalarining umumiy sathi 65-60 kv.m. bo‘lib, bir o‘quvchiga 1,75-2 kv. mdan joy to‘g‘ri kelishi kerak. Kompyuter xonalari doimo yoritilgan bo‘lishi kerak, lekin yorug‘lik ekrandan shu’lalangan emas balki tarqoq bo‘lishi kerak, ekran oldida to‘g‘ri o‘tirish, ko‘zlardan displey ekranchaga bo‘lgan masofa 65 sm.dan kam bo‘lmasligi kerak. Videomonitorlar orasidagi tavsiya etiladigan masofa orqa devordan 2 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Bir displey uchun minimal sath 6 kv.m., minimal hajm 20 kub.m.ni tashkil etishi lozim.
O‘quvchilar oftalmologlarning tavsiyalariga e’tibor berishlari kerak:
-Displey ekraniga yaxshi himoya filtrini o‘rnatish; (plyonkali yoki shishali);
-Ekran ko‘z sathidan 20° pastda va ko‘zdan taxminan 65 sm. oraliqda joylanishi ksrak;
-Ekranni oynalarga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida burib qo‘yish;
-Ekranning yoritilganligi xonaning yoritilganligiga yaqin bo‘lishi kerak (taxminan 500-700 mk.);
-yorqin lyuminessent yorug‘likdan qochish;
-yorug‘ ekranda qora harflar engil o‘qiladi;
-har 10 minutda nigohni ekrandan chetga olib o‘tish;
-Ba’zi o‘simliklardan nurlanishni yaxshi yutuvchisi sifatida foydalanish (kaktus, palma).
O‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash.
Ishdan maqsad: o‘pkaning tiriklik sig‘imi aniqlanadigan spirometr bilan tanishish va o‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash usulini o‘rganishdan iborat.
Odam normal nafas olganda, o‘pkaga 500-600 ml. havo kiradi va shuncha havo yana tashqariga chiqadi. Bu havo nafas olish havosi deyiladi. Normal nafas olingandan keyin, yana 1500 ml. havo olish mumkin. Bu qo‘shimcha havo deyiladi. Shuningdek, normal nafas chiqarilgandan keyin yana 1500 ml. havo chiqarish mumkin. Bu havo zapas yoki rezerv havo deyiladi. Chuqur nafas chiqarilgandan keyin chuqar nafas olinganda o‘pkaga kirgan havo miqdori o‘pkaning tiriklik sig‘imi deyiladi.
O‘pkaning tiriklik sig‘imi nafas olish havosi, qo‘shimcha va rezerv havo yig‘indisi (500+1500+1500)dan iborat bo‘lib, u o‘rtacha 3500 ml. ga teng.(1-jadval)
O‘pkaning tiriklik sig‘imi kishining jinsiga, yoshiga, kasbiga va sog‘lig‘iga qarab o‘zgarib turadi. Qanchalik chuqur nafas chiqarilmasin, o‘pkadagi havoning hammasi batamom chiqib ketmaydi; uning bir qismi o‘pkada qoladi. Bu havo qoldiq havo deyiladi; uning miqdori taxminan 1000 ml. ga teng bo‘ladi. O‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash uchun spirometrdan foydalaniladi. Spirometr ikkita silindrdan tuzilgan bo‘lib, uning kattasiga suv to‘ldirilgan, kichigi esa katta silindr ichiga kiritilgan. Kichik silindr katta silindr ichida oson harakatlanishi uchun uning yuqorigi berk tomoni tosh osilgan ip orqali haltakka birlashtirilgan. Katta silindr tubining o‘rtasiga temir naycha o‘rnatilgan bo‘lib, uning yuqorigi uchi silindrdagi suvdan bir oz ko‘tarilib turadi, ikkinchi uchi esa silindr tagidan tashqariga chiqarilib, rezina naycha bilan birlashtirilgan. Agar rezina naycha orqali havo puflansa, kichik silindr yuqoriga ko‘tariladi, kirgan havo miqdorini shkalaga yozilgan raqamlardan bilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |