Fakultet kengashi raisi:
Fakultet yig’ilishi qarori № ___ “ ”____y.
OTMO’MK raisi
OTMO’MK yig’ilishi bayonnomasi № ___ “____ ”____2021 y.
Betlar
O`quv materiallar (ma`ruza matni, o`quv qo`llanma)-----------------
Amaliy mashg’ulot--------------------------------------------------------
Seminar mashg’uloti......................................................................
Kurs ishlarining mavzulari (mustaqil ta`lim mavzulari)--------------
Glossariy---------------------------------------------------------------------
O`quv namunaviy dastur-------------------------------------------------
Ishchi dastur----------------------------------------------------------------
Masala va mashqlar (rasmlar) to`plami---------------------------------
Testlar------------------------------------------------------------------------
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIENASI
(ma`ruzalar matni)
Ma`ruzalar to`plamiga organizmning ulg`ayishidagi o`zgarishlari, bolalar va o`smirlarning o`sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari, barcha tizimlarning o`ziga xos yosh xususiyatlari, organizmni o`rab turgan atrof muhitni sog`lomlashtirish yo`llariga oid ma`lumotlar berilgan.
Ma`ruzalar to`plamiga oliy o`quv yurtlari barcha bakalavr yo`nalishida ta`lim olayotgan talabalarga mo`ljallangan.
Tuzuvchi: Usmonova G.I. Biologiya kafedrasi o’qituvchisi
O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida «Hayotimizning hal etuvchi muhim masalalari qatorida ta`lim va tarbiya tizimini tubdan o`zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko`tarish masalasini qo`ydi. Shuning uchun mamlakatimizning istiqlol yo`lidagi birinchi qadamlaridanoq, bo`yo`q ma`naviyatimizni tiklash va yanada yo`qsaltirish, milliy ta`lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uni milliy za`minini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg`unlashtirish asosida hozirgi zamon darajasiga chiqarish maqsadida katta ahamiyat berib kelinmoqda».
«Amaldagi ta`lim tarbiya tizimining zaif tomonlarini, zamon talablari, jamiyatimiz kelajagi va maqsadlariga javob bermaydigan jihatlarini chuqur tasavvur qilish, erkin, badavlat yashayotgan millatlar tajribasini o`rganish, o`z o`lkamizda yuksak malakali, har jihatdan eto`q mutaxassislar tayyorlash hozirgi zamon talabi va dasturimizning asosiy sharti ekanligi», haqida alohida to`xtaldi.
Yuqoridagi muammolarni hal qilishda birinchi navbatda o`sib rivojlanib, kelayotgan yosh avlodning jismoniy va aqliy salomatligi muhim o`rin tutadi.
Avlodni jismoniy jihatdan sog`lom, aqliy va ruhiy jihatdan tetik, qaddi-qomati kelishgan qilib tarbiyalash uchun har qanday o`qitish shaqlidagi bilim muassalari tarbiyaga, o`qituvchilari o`sib rivojlanib kelayotgan avlodni fiziologik xususiyatlaridagi sir asrorlarni bilishi katta ahamiyatga egadir.
Zamonaviy bilim berish uchun avvalo murabbiy o`sib, rivojlanib kelayotgan avlodning turli davrlardagi fiziologik o`zlashtirishlarini yaxshi bilib olgandagina o`quv-tarbiya jarayonini to`g`ri tashkil eta oladi. Tashqi muhit sharoitining bola organizmiga ta`sirini gigienik ahamiyatini o`rganishi esa bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlashda o`qituvchiga yordam beradi.
O`sib rivojlanib kelayotgan organizm salomatligini jismoniy va aqliy qobiliyatini baholash, sog`lom hayot kechirish asoslarini aniqlash ham fiziologiya
ilmi yutuqlariga bog`liq. Shuning uchun fiziologiya ilmi ijtimoiy ahamiyatga egadir.
Fiziologiya ilmi bir-butun tirik organizmning to`qima hujayralari, organ va tizimlari faoliyatini o`rgatadi.
Yosh fiziologiyasi esa, shu fanning mo`staqil murakkab bo`lagidir. Yosh fiziologiyasi o`sib rivojlanib kelayotgan organizmning turli yosh davrlarida organ va tizimlarda, shu jumladan butun bir organizmda sodir bo`ladigan o`zlashtirishlarni o`rganadi.
Yosh fiziologiyasining vazifasi o`sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, bir butun organizm, uning tizimlari, organlari, to`qimalari va hujayralarini ishlash xususiyatlarini turli yoshga aloqadir davrlarda aniqlashdir. Yosh fiziologiyasi organizmning individual rivojlanish jarayonida funktsiyalar evolyutsiyasini ko`zatib boradi, fiziologik jarayonlarni o`zaro munosabatlari va ular o`rtasida bog`lanish sabablarini aniqlab beradi. Shu bilan birga yuksak darajada tuzilgan materiya, ya`ni bosh miya po`stlog`ining organlar va umuman butun organizm faoliyatida yetakchi rol’ o`ynashini tushunib olishga yordam beradi.
O`sib rivojlanib kelayotgan bola organizmining turli davrlarida har xil organ va tizimlarning faoliyati bir qator o`ziga xos xususiyatlar bilan harakterlanadi. O`qituvchi bolalar va o`smirlarning anatomo-fiziologik xususiyatlarini o`rgangan eqan, ayrim tizim va organlarining (suyak-mushak, nafas olish organlari, qon aylanishi, asab tizimsi, sezgi organlari, oshqozon ichak trakti, ichki sekretsiya bezlari, teri, ayiruv organlari) tuzilishi xususiyatlarini, hamda ularning faoliyatlarini va gigienasi bilan tanishadi. Uyqu va aqliy mehnatni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilish uchun asab tizimsining ishlash qonuniyatlarini bilish ayniqsa muhimdir.
Bola organizmi qanchalik yosh bo`lsa, katta yoshli organizmdan shuncha chuqurroq farq qiladi.
Yosh fiziologiya o`sib rivojlanib kelayotgan organizm faoliyatini o`rganish jarayonida, anatomiya, tsitologiya, embriologiya, biologik-ximiya, biologik fizika singari ko`pgina fanlar bilan o`zviy bog`langandir.
Yosh fiziologiyasi organizm funktsiyalarini o`rganishda shularning o`slub va yutuqlaridan keng foydalaniladi. Yosh fiziologiyasi birmuncha fanlar: tibbiyot, pedagogika, psihologiyaning ilmiy nazariy asosi hisoblanadi.
O`qituvchi uchun, o`sib rivojlanib kelayotgan bolalar va o`smirlarning fiziologik xususiyatlarini o`rganish, ularga turli yoshdagi maktab o`qituvchisining fiziologik imqoniyatlarini chamalashga imqon beradi, maktab gigienasi esa, turli yoshdagi o`quvchilarning shu imqoniyatlaridan ularning sog`lig`iga zarar etkazmasdan, qanday qilib u bilan foydalanish yo`l-yo`riqlarini o`rgatadi.
Gigiena – bola organizmini tashqi muhit ta`siriga o`zaro bog`liqligini o`rgatadigan fan bo`lib, pedagogika va psihologiya fanlari bilan chambarchas bog`liqdir.
O`sib va rivojlanib kelayotgan bolalar anatomiyasi va fiziologiyasini bilmay turib, bolalar shaxsiy gigienasi, maktabdan tashqari ishlar gigienasi va o`quv tarbiyaviy ishlar gigienasi masalasini yechib bo`lmaydi.
Gigiena predmeti bir qator vazifalarni o`z ichiga oladi: shular jumlasidan, tashqi muhit sharoitining bola organizmiga ta`siri (tabiiy, sotsial-ijtimoiy), jismoniy rivojlanish, salomatligi va anotomik-fiziologik xususiyatlari, o`qitishni gigienik sharoitlari, o`quvchilarning mehnat va dam olish tartibi, o`quvchilar kasalliklarini oldini olish va ko`pgina boshqa vazifalarni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi.
Organizmdagi har bir tizimning gigienasi aniq tadbirlarni boshqarishni, masalan: suyak-mushak tizimsining gigienasi-harakat rejimini, partada to`g`ri o`tirish, ishlash jarayonida gavdani to`g`ri tutish, yozayotganda qo`l panjalarini ishlatilishini normaga solish va hokazolarni talab etadi. Bu tadbir choralarni yo`lga qo`yish, ularga rioya qilish, o`sib rivojlanib kelayotgan bolalarni salomatligini mustahkamlashga, uni muhofaza qilishga va turli kasalliklarni oldini olishga imqon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |