Tasdiqlandi” O’quv ishlari bo’yicha prorektor V b



Download 11,49 Mb.
bet79/128
Sana13.06.2022
Hajmi11,49 Mb.
#665871
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   128
Bog'liq
2 5427089193115327052

Ishni bajarish tartibi. O‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash uchun spirometr strelkasini nolga to‘g‘rilab, uning rezina naychasining uchi spirt bilan artiladi va odatdagicha nafas olib, rezina naycha orqali spirometr ichiga nafas chiqariladi. Spirometr ichiga nafas chiqarishni bir necha marta takrorlab, o‘pkadan chiqarilgan havoning o‘rtacha miqdori topiladi. Masalan, spirometrga 6 marta nafas chiqarish natijasida strelka 3000 ml. ni ko‘rsatsa, u vaqtda o‘rtacha nafas chiqarish havosining miqdori 3000:6=500 ml ga teng bo‘ladi.
Qo‘shimcha havo miqdorini aniqlash uchun kichik silindrni yuqoriga ko‘tarib, uning strelkasi ma’lum raqamga to‘g‘rilanadi. Keyin normal nafas olib (nafas chiqarmasdan) tezda spirometr naychasini og‘izga tutib, spirometrdan chuqur nafas olinadi. Bu vaqtda spirometr strelkasi pastga tushib, ma’lum bir raqam ro‘parasida to‘xtaydi. Shu yo‘l bilan o‘pkaga qancha qo‘shimcha havo kirganligi aniqlanadi. Masalan, chuqur nafas olguncha strelka 3000 ml ni, nafas olingandan keyin 1500 ml ni ko‘rsatsa, bu vaqtda o‘pkaga kirgan havo miqdori 3000—1500=1500 ml ga teng bo‘ladi.
Rezerv havo miqdorini aniqlash uchun spirometr strelkasini nolga qo‘yib, oddiy nafas havosi tashqariga chiqariladi va nafas olmasdan turib,rezina naycha orqali spirometr ichiga kuchli nafas chiqariladi. Bu vaqtda strelka ko‘rsatgan raqam rezerv havo miqdorini bildiradi.
O‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash uchun chuqur nafas olib, spirometrga kuch bilan nafas chiqariladi. Bunda spirometr strelkasi to‘xtagan joydagi raqam o‘pkaning tiriklik sig‘imini ifodalaydi. O‘pkadagi qoldiq havo miqdorini aniqlash uchun mumkin qadar chuqur nafas chiqariladi, so‘ngra ma’lum miqdorda vodorod solingan xaltadan bir necha marta nafas olinadi va oxirida shu xalta ichiga chuqur nafas chiqariladi. Bunda xaltadagi vodorodning bir qismi o‘pkaga o‘tadi, shu vodorod miqdori o‘pkadagi qoldiq havo miqdorini ko‘rsatadi. Masalan, xaltada 4000 ml vodorod bo‘lsin. Bu xaltadan bir necha marta nafas olinsa ham, uning hajmi o‘zgarmaydi, chunki qancha vodorod olinsa, shuncha havo o‘pkadan xaltaga chiqariladi. Bunda faqat xaltadagi havoning tarkibi o‘zgaradi. Agar xaltada 3000 ml vodorod va o‘pkadan kirgan 1000 ml havo bo‘lsa, u vaqtda 1000 ml vodorodga 330 ml o‘pka havosi to‘g‘ri keladi. Bunday vaqtda o‘pkaga o‘tgan 1000 ml vodorodga 330 ml havo to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, o‘pkadagi qoldiq havo miqdori: 1000+330=1330 ml bo‘ladi.
1-jadval

Havo turi

Havo miqdori (ml)

Nafas olish havosi …………
Qo‘shimcha havo ………………
Rezerv havo…………………..
O‘pkaning tiriklik sig‘imi ….

500
1500
1500
3500



Download 11,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish