Vegetativ nerv sistemasi. Vegetativ nerv tizimi ichki organlar, qon tomirlari, yurak muskuli, terining silliq muskullari va bezlarni nerv bilan ta'minlaydi. Bu nerv tizimi simpatik va parasimpatik qismlarga bo`linadi. Simpatik va parasimpatik nerv tizimi organlar faoliyatiga qarama-qarshi ta'sir ko`rsatadi. Masalan, simpatik nerv tizimi ta'sirlanganda yurakning qisqarishlari soni va kuchi ortadi, qon tomirlari torayadi, me'da —ichak yo`lining harakat funktsiyalari susayadi, ko`z qorachig`i kengayadi, moddalar almashinuvi tezlashadi. Parasimpatik nerv tizimi ta'sirlanganda esa yurakning faoliyati susayadi, ba'zi qon tomirlari kengayadi, ma'da —ichak yo`lining harakat funktsiyalari ortadi, ko`z qorachig`i torayadi . Vegetativ nerv tizimi ishini bosh miyaning turli sohalari va bosh miya katta yarim sharlari po`slog`i boshqaradi. Vegetativ nerv tizimi ishining rivojlanishi hara-katlarning rivojlanishiga bog`liq, chunki skelet muskullarining qisqarishi reflektor ravishda yurak faollashiga, ovqat hazm qilishiga, nafas olishga, siydik ajralishiga, qon bosimi ortishiga sabab bo`ladi.
Favqulot sharoitida vegetativ nerv tizimi tashqi ta'sirlarga javob berib, ayniqsa turli emotsional reaktsiyalarda qon aylanishi, nafas olish, hazm qilish, ayirish, ichki sekretsiya organlarining funktsional xolatini o`zgartirish hususiyatiga ega, Vegetativ nerv tizimining organizm ichki muhiti turg`unligini saqlashdagi ro`li juda muhimdir. Simpatik nerv tizimi markazlari orqa miyaning ko`krak va bel bo`limlarida, parasimpatik nerv tizimining markazlari o`rta miyada, bosh miyaning uzunchoq bo`limlarida va orqa miyaning dumg`aza bo`limida bo`ladi.
Limb sistemasi. Limb tizimi zimmasiga gipokamp, bel pushtasi, gipotalamusning mamillyar tanasi, tonusi, bodomsimon yadrolar kiradi. Limb tizimining bajaradigan vazifasi juda murakkab va turli - tumandir. U odamning tashqi muhit o`zgarishlariga moslashuvini ta'minlashda, xulq - atvor, his - xayajon, xotiraning shakillanishida, ovqat eyish, suyuqlik ichish,
avlodni davom ettirish, o`z - o`zini ximoya qilish singari hayotiy muhim extiyojlarni qondirishga xos mayl - istaklar shakllanadi. Limb tizimi o`qitish jarayonida bevosita ishtiroq etadi, chunki u idroq qilishni, xotira va diqqatni ta'minlaydi.
Retikulyar formatsiya va uning ahamiyati. Retikulyar formatsiya yirik nerv hujayralari chigali va turidan iborat bo`lib, juda ko`p sinapslarga ega. Retikulyar formatsiya hujayralari orqa miya bo`yin qismining qon va orqa shoxlari orasidan boshlanib, o`zunchoq miya va Varoliyev ko`prigida tugaydi. Retikulyar formatsiya uxlash, uyg`onish va boshqa his —xayajonli jarayonlarda ishtiroq etadi. Unda nafas olish, yurak urishi, ovqat hazm qilish, yo`tal, aksa urish, vestibulyar va eshitish nerv markazlari bo`lib, butun ichki organlar ishini boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |