sinf jihozlariga qo`yiladigan gigienik talablar.
Ta`lim-tarbiyaning, mehnat ta`limining samarali bo`lishida sinf xonalari, labaratoriyaning jihozlanishi muhim ahamiyatga ega. Maktab mebellari bolalarning bo`yi, yoshi, tana proportsiyasi, fiziologik xususiyatlariga mos bo`lishi kerak. Sinf xonasining asosiy jihozi partadir. Parta bir yoki ikki o`rinli bo`lib, har birining suyanchig`i, o`tirg`ichi va yozuv stoli kabi qismlari bo`ladi. Suyanchiq bola umurtqa pog`onasining bel egriligiga mos kelishi kerak. Suyanchiq oralig`i gorizontal bo`yicha ko`rsi suyanchig`igacha bo`lgan masofa o`quvchi gavdasining diametridan 3-5 sm. masofa qolishi kerak. Masofa mo`sbat, manfiy va nol bo`lishi mumkin. Suyanchiq oralig`i oshib ketsa, o`quvchi bo`qilib o`tiradi, kamayib ketsa, siqilib qoladi. Partaning oldingi cheti o`tirg`ichdan 3-5 sm. o`tishi maqsadga muvofiqdir. Partaning yozuv stoli 15 -20° qiyaroq qilib tayyorlanadi. Bu ko`rishni engillashtiradi. O`quvchilarni partaga o`tkazishda bo`yini parta raqamiga moslash zarur.
Bo`yi eng past bola 110 sm, novchasi 179-180sm bo`ladi. Barcha o`quvchilar 7 ta bo`y guruhiga bo`linadi, parta raqamlari ham 6 dan 12 gacha A. F.Listov bolani bo`yiga qarab parta nomerini aniqlash uchun quyidagi formulan tavsiya qiladi, ya`ni bola bo`yining oldingi raqami o`nligidan 5 ni ayirsa, shu bola o`tiradigan partaning nomeri kelib chiqadi. Masalan, bolaning bo`yi 148 sm, 14 dan 5 ni ayirib tashlaymiz, unda 9 qoladi. Demak, 148 sm. bo`yli bola 9 nomerli partada o`tirishi kerak. Hozirgi vaqtda ko`p maktablarda yangi nomerli partalar qo`llaniladi. Bo`lar A, B, V, G, D deb belgilanadi. Har bir partaning suyanchig`ida shu partada o`tirishi mumkin bo`lgan bolaning bo`yi, parta nomeri yoki rangli shartli belgi ko`yilgan bo`ladi. Jumladan, A raqamli parta rangli belgisi sariq, B-qizil, V-ko`k, G- yashil va D-oq rang bo`ladi. Sinf partalari, stol, stullarni akslanish koeffitsenti 35% dan 50% gacha bo`lgan ranglarda bo`yash tavsiya etiladi. Parta, stol, stullar och kul rang, och yashil yoki boshqa ochroq rangga bo`yash tavsiya etiladi. Sinf partalari 3 qator qilib, pastlari oldinga, balandlari orqaga qo`yiladi. Parta qatorlari orasidagi masofa 70-75 sm, ichki devor bilan parta qatori orasidagi masofa 60 sm, oxirgi parta bilan devor orasidagi masofa 50 sm., oxirgi parta bilan doska orasidagi masofa 7-8 m. qilib joylashtiriladi. O`quvchilarni partaga o`tkazishda bo`yidan tashqari sog`lig`i, ko`rish, va eshitish organlarining xususiyatlari ham e`tiborga olinadi. Yaqindan ko`radigan bola, garchi bo`yi baland bo`lsa ham oldingi partaga o`tkazilishi kerak. Sinf doskasining yo`zasi silliq, yaltiramaydigan bo`lishi kerak. Uning o`lchami sinf satxiga bog`liq bo`lib, uzunligi 175 sm. dan 300-350 sm. gacha, eni 110-120 sm. bo`lishi kerak. Boshlang`ich sinflarda sinf doskasi pol sathidan 85 sm, Yuqori sinflarda 90 sm. baland o`rnatiladi. Doska jigar rang, to`q yashil rangga bo`yaladi. Doskada bo`r, latta qo`yish uchun tarnovcha bo`lishi kerak. Doska yaxshi yoritilishi uchun tepasiga lyuminestsentlampa o`rnatiladi. Uqituvchining ish stoli va stuli birinchi parta yoki o`rtadagi parta oldiga ko`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |