Tasdiqlandi” O’quv ishlari bo’yicha prorektor V b


Gormonlar. Gormonlar funksiyasining yoshga oid xususiyatlari



Download 11,49 Mb.
bet102/128
Sana13.06.2022
Hajmi11,49 Mb.
#665871
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   128
Bog'liq
2 5427089193115327052

Gormonlar. Gormonlar funksiyasining yoshga oid xususiyatlari.

Organizm hayot faoliyatining gumoral yo'l bilan idora etilishida eng muhim mini gormonlar o'ynaydi. Bu moddalar endokrin bezlar ham deb ataladigan ichki sekretsiya bezlarida ishlanib chiqadi. Gormonlar ichki sekretsiya bezlarining hujayralarida hosil boiib, to'g'ri-dan-to'g'ri bezni ta'minlab turadigan tomirlardagi qonga o'tadi, bu-tun organizmga tarqaladi va turli-tuman organlarning faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Ba'zi gormonlar organizmning rivojlanishi va o'sishiga, sistemalarining shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi.


Gormonlarning to'qima va organlarga ko'rsatadigan ta'sir mexanizmi yetarlicha o'rganilgan emas. Gormonlar asosan hujayralarda, ularning sitoplazmatik tuzilishlarida ro'y berib turadigan jarayonlarga ta'sir qiladi. Gormonlarning bir xili hujayra membrana-sining o'tkazuvchanligini o'zgartirsa, boshqalari, aftidan, hujayra-ning genetik apparatiga ta'sir ko'rsatib, fermentlar hosil bo'lishini idora etib boradi va shu bilan muayyan biokimyoviy jarayonlarni tezlashtiradi yoki susaytirib qo'yadi.
Qanday yo'nalishda ta'sir ko'rsatishiga qarab turli bezlarning gormonlarini ikki guruhga bo'lish mumkin — anabolik va kotabolik gormonlar. Birinchi guruh gormonlari (gipofizning somatotrop gormoni, qisman insulin) anabolizmni, ya'ni moddalarning sintezi va depolanishini stimullaydi; ikkinchi guruh gormonlari (tiroksin, adrenalin, qisman jinsiy gormonlar) katabolizmni kuchaytiradi, ya'ni organizmda moddalar almashinuvi, energiya hosil qilish va sarflashni kuchaytiradi. Gormonlarning moddalar almashinuviga turli yo'nalishda ta'sir ko'rsatishi ularning oqsillar, yog'lar va uglevodlar sintezi hamda parchalanishini ta'minlovchi fermentativ faollikka tanlab-tanlab ta'sir qilishiga bog'liqdir.
Gormonlar to'qimalarda qiyosan tez parchalanib ketadi. Shu raunosabat bilan qonda gormonlaming yetarli miqdorda saqlanib turishi uchun tegishli bezdan ular beto'xtov chiqib turishi zarur bo'ladi. Ko'pchilik gormonlar ularni ishlab chiqaradigan bezlardan bir qadar olisdagi organlarga ta'sir ko'rsatadi (distansion ta'sir), bundan tashqari, toqima gormonlari deb ataladigan gormonlar ham bor (gistamin, serotonin, kininlar, prostaglandinlar), bular to'qimalarning o'zida hosil bo'ladi va ularning o'ziga ta'sir ko'rsatadi.
Gormonlar hosil bo'lishi va chiqib turishini murakkab neyrogumoral mexanizmlar idora etib boradi. Tashqi ta'sirlar tufayli fiziologik jarayonlarning boshqacha bo'lib qolishi yoki qon va to'qimalardagi u yoki bu xil moddalar miqdorining o'zgarishi organlardagi maxsus nerv oxirlari yoki markaziy nerv sistemasidagi sezuvchi neyronlarning qo'zg'alishiga olib keladi. Retseptor apparatlardan afferent signallar gipotalamus neyronlariga va vegetativ nerv sistemasi markazlariga keladi. Bulardan efferent nerv ta'sirlari ichki sekretsiya bezlariga borib, gormonlaming ishlanib chiqishiga va qonga o'tishiga idora etuvchi ta'sir ko'rsatadi.
Gormonlar ham o'z navbatida nerv sistemasining funksional holatini o'zgartirib turadi. Yaxlit organizmda regulatsiya nerv va gumoral omillaming o'zaro bir-biriga ma'lum ta'siri tufayli, yagona nerv-gumoral jarayon tariqasida yuzaga chiqadi.
Ba'zi endokrin bezlar sekretsiyasining darajasi mazkur bez moddalar almashinuvining qaysi turlni idora etadigan bo'lsa, o'sha alma-shinuv mahsulotlarining qondagi miqdoriga bog'liq bo'ladi. Regulatsiya idora etilayotgan va idora etadigan jarayonning teskari aloqasi prinsipiga muvofiq yuzaga chiqadi. Chunonchi, insulin (uglevodlar almashinuvini idora etuvchi me'da osti bezi gormoni) sekretsiyasi qondagi qand konsentratsiyasiga ko'p darajada bog'liqdir. Qondagi qand miqdorining kamayishi insulin sekretsiyasini tormozlab qo'yadi. Minerallar almashinuvini idora etuvchi aldosteron ishlanib chiqishi qondagi natriy bilan kaliy miqdoriga bog'liq bo'lsa, paratireoid bezlar gormonujing ishlanib chiqishi qondagi kalsiy bilan fosfor konsentratsiyasiga bog'liqdir.
Bosh miyada joylashgan endokrin bez gipofizda hosil bo'ladigan va trop gormonlar deb ataladigan gormonlar bir qancha ichki sekretsiya bezlariga idora etuvchi ta'sir ko'rsatadi. Trop gormonlar deb, qanday bo'lmasin ma'lum bir bez sekretsiyasini kuchayliradigan gormonlarga aytiladi. Masalan, gipofizda qalqonsimon bez gormoni hosil bo'lishi-ni kuchaytiradigan tireotrop gormon, buyrak usti bezlari po'stlog'i-ning gormonal funksiyasini faollashtiradigan adrenokortikotrop gormon hosil bo'lib, qonga chiqib turadi va hokazo. Odamda gormonal regulatsiyaning buzilishi og'ir kasalliklarga olib keladi. Endokrin kasalliklarning hammasi pirovard natijada ichki sekretsiya bezlari funksiyasining kuchayishi yoki susayib qolishi oqibatidir. Gormonlarning ortiqcha hosil boiishi u yoki bu endokrin bezlar giperfunkslyasi deb belgilansa, yetarlicha hosil bo'lib turmasligi o'sha bezlarning gipofunksiyasi deb yuritiladi. Ana shunday o'zgarishlar ichki sekretsiya bezlarining patologik jarayonlardan birlamchi zararlanishi natijasi bo'lishi yoki trop gormonlar, rilizing omillar sekretsiyasining kamchiliklariga, yo bo'lmasa nerv sistemasining og'ir kasalliklariga aloqador bo'lishi mumkin.
Ichki sekretsiya bezlari funksiyalarini tekshirish uchun eksperimental va klinik metodlar qo'llaniladi. Eksperimental metodlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) hayvonlarning bezini butunlay yoki qistnan olib tashlash va shundan keyin organizm yoki ayrim sistema-lari faoliyatida paydo bo'ladigan o'zgarishlarni kuzatish;
2) kimyoviy jihatdan faol bo'lgan har xil birikmalardan foydalanib, tegishli gormonlar hosil bo'lishini susaytirib qo'yish;
3) bezlari olib tashlangan tajriba hayvoniga sog'lom hayvondan bezlarni ko'chirib olib o'tkazish va funksiyalarning tiklanib borishini kuzatish;
4) endokrin bezlarning ekstraktlarini yoki kimyoviy toza gormonlarni sog'lom yoki bezlari olib tashlangan hayvonga yuborib ko'rish;
5) ichki sekretsiya beziga oqib keladigan va undan oqib ketadigan qondagi gormonlarni aniqlash. Endokrin bezlar faoliyatini o'rganishning klinik metodlariga quyidagilar kiradi: shu bezlari giperfunksiya yoki gipofunksiyaga uchragan bemorlarni kasallik davrida, xirurgik yo'l bilan yoki dori-darmonlar bilan davolash
davrida dinamik ravishda sinchiklab tekshirib borib, qoni va siydigidagi gormonlar miqdorini aniqlash; bemor kishi o'lib ketgudek bo'lsa, boyagi klinik kuzatuvlarni o'sha odamdagi anatomik o'zgarishlar bilan solishtirib ko'rish. Asosiy adabiyotlar
1. Алматов К.Т. Алламуратов Ш.И. Одам ва ҳайвонлар физиологияси. Тошкент: ЎзМУ, 2004. – 580 6.
2. Покровский В. М., Коротько Г. Ф. Физиология человека: Учебник в двух томах. - М.: Медицина, 2001. - 467с
3. Ноздрачев А.Д., Баранников И.А., Батуев А.С. и др.Общий курс физиологии человека и животных. - М.: Высщая школа, 1991. 1 кн. - 511с., 2 кн. - 527с.
4. E.N.Nuritdinov «Odam fiziologiyasi» .T. 2005y
5. Р.Х.Ҳайитов, З.Т.Ражамуродов. «Ҳайвонлар физиологияси.» Т. 2005й
6. 6. Z.T.Rajamurodov, B.Z.Zaripov, B.M.Bozorov. Odam va hayvonlar fiziologiyasi fanidan laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar bo’yicha o’quv qo’llanma» T.2005
7. Z.T.Rajamurodov, A.E.Rajabov, B.M.Bozorov. «Odam va hayvonlar fiziologiyasi» Toshkent. Fan.2009.



Download 11,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish