Iching toshing bila ermas muvofiq,
Tasavvufdin dam urma, ey munofiq.
Umrida asalni ko‘rmagan va yalamagan kishining asalni ta’riflashi qanchalik yuzaki bo‘lsa, tariqatga kirmagan kishining “hol” va “maqom”lardan bahs etishi ana shunday yuzaki va beta’sir bo‘ladi. Biz ayrim sabablarga ko‘ra, asosan, tasavvuf tarbiyasining shar’iy asosga tayangani, unga nisbatan xuruj va e’tirozlarning sababi haqida muxtasar to‘xtaldik.
Tasavvuf haqidagi teran ma’lumotlarni boshqa manbalardan, jumladan, qo‘lingizdagi kitobdan ham olishingiz mumkin. O‘ziga xos tadqiqot bo‘lgan ushbu kitob, tasavvuf tarixiga bag‘ishlangan. Tasavvuf tarixi — islomning ruhoniy va ma’naviy hayoti bo‘lgan tasavvufning yuzaga kelishi, muassasalari, ulug‘ mutafakkirlar va mutasavviflarini, tariqat va ularning asoschilarini, boshqa islomiy muassasalar bilan munosabatini tarixiy jarayoni bilan tadqiq qilgan ilmdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |