Harbiy islohot
Ksenofont Qadimgi yunon tarixchisi, (er. avv. 430-yil-er. avv. 355-yillar atrofi) o`zining “Ekonomika” asarida Eronning harbiy-ma’muriy tizimi to`g`risida qimmatli ma’lumotlar qoldirdi. U shahzoda kichik Kayxusrav qo`shinida (er. avv. V asr) yollanma askar bo`lib xizmat qildi. Shahzoda o`z akasi Artakserks bilan taxt uchun kurashdi. Tarixchi Ahmoniylar davlatida harbiy ish qanday yo`lga qo`yilgani to`g`risida ma`lumot beradi.
Fors podshosi harbiy ish to`g`risida o`ta g`amg`o`rlik qilishiga biz rozimiz: u o`lpon yig`adigan har bir xalqni hokimiga qancha otliqlar, kamonchilar, o`q otuvchilar va qalqon bilan qurollanganlarni saqlash lozimligiga ko`rsatma berdi, qo`l ostidagilarni boshqarish uchun ular qancha kerak, dushman bostirib kirganda mamlakat himoyasiga ular qancha ushlab turilishi kerakligiga ko`rsatma berdi. Bundan tashqari u akropollar1da garnizonlarni saqlab turadi, ularni topshiriq berilgan hokim saq`lab turadi, podsho esa har yili to`la qurol- anjomda bo`lishiga ko`rsatma berilgan yollanma askar va boshqa qo`shinlarni ko`rigini o`tkazadi. U garnizonlardan tashqari barchani, yig`ilish o`tkazish belgilangan bir joyda yig`adi. Qarorgohda yaqin turganlarni uni o`zi, uzoqda yashaydiganlarni ko`rish uchun ishonchli kishilarni yuboradi. To`la anjomda va yaxshi otlar va qurol bilan qo`shinni taqdim eta bilgan Komendant va Xiliarxlardan yoki satraplardan yuqori lavozimga ko`tariladi, qimmatli sovg`alar bilan taqdirlanadi. Podsho garnizonlarga nisbatan uquvsiz yoki tamagirligi uchun noinsof deb topilganlarni u og`ir jazolarga duch qiladi va boshliqlikdan chetlatib, boshqalar bilan almashtiradi. Uning harbiy ishga bunday munosabati, shubhasiz uni g`amxo`rligini ko`rsatadi. Bundan tashqari o`z mamlakatini bir qismini o`zi aylanib chiqadi va ko`radi, bir qismini yuboriladigan ishonchli odamlar orqali va agarda hokimlar yerni yashaydigan, ishlov berilgan va mo`l-ko`l o`ziga mos daraxt va mevalar bilan ko`rsatsa, unga(yana)viloyatlarni qo`shib beradi sovg`a va faxriy egarlar bilan mukofotlaydi. Agar yerga ishlov berilmagani, ularning qattiq qo`lligi tufayli aholi kamligi uchun, og`ir xulq-atvori yoki beparvoligini ko`rsalar, ularni jazolaydilar va vazifasidan olib boshqa hokimlarni tayinlaydilar … Ular tomondan ikki vazifaga tayinlagan boshliqlar bir o`zlari aholi va ishlayotganlar ustidan boshchilik qiladi, soliqlarni yig`adi; boshqasi qurolli garnizonlarga rahbarlik qiladi. Agar qo`mondon mamlakatni yetarlicha himoya qilmasa, aholi boshlig`i va ishlov berish mudiri qo`riqlash yo`qligi sababli mehnat qilish mumkin emas deb zimdan xabar beradi; agarda komendant tinchlikni taminlamasa, yerga ishlov berish boshlig`ida yerga aholi kam joylashgan bo`lsa va ishlov berilmasa uni komendat zimdan xabar beradi.
Хрестоматия по истории древнего мира. М., 1991.80-81 стр
Do'stlaringiz bilan baham: |