Pulislohoti
DoroImamlakatuchun “ yagonatillatanga – darik”nijoriyqildi. pulislohotio`tkazishorqaliturlixilpulbirliklario`rnigayagonapultiziminiyaratishvabubilanmamlakatviloyatlario`rtasidaiqtisodiykuchaytirishvasavdonijonlantirishniko`zladi.
Tanga zarb qilishni Doro I Lidiya podsholigidan o`zlashtirib oldi. Islohotga ko`ra Doro I satraplarga faqat kumush tanga zarb qilish huquqini berdi, lekin ular buni podsho ruxsati bilan qila olar edilar.
IV. 166. … Doro tanga zarb qilish uchun imkoniyat darajasida eng sof oltinni eritishni buyurdi. Misr satrani bo`lgan Ariand ham kumush tanga bilan shunday qildi. Shuning uchun ham Ariand kumushi hozir ham eng toza, Doro buni bilib qolib, unga boshqa ayblov qo`yib, aynan u qo`zg`olon qilishni o`ylamoqda deb uni o`ldirishga buyurdi.
Yo`l qurilishi
Fors podsholari viloyatlari o`rtasida aloqalarni yengillashtirish uchun forslar tosh yotqizilgan yo`llar qurdilar. Ulardan eng kattasi uch ming kilometr uzunlikdagi “podsho yo`li” deb ataladigan Suzadan Efesgacha2 borar edi. Podsho yo`li otliqlar piketlari bilan estafeta tuzilishida xizmat qilar edi. Yo`llar yaxshi saqlanib, a`lo darajada qo`riqlanar edi. Yo`llarda yo`lovchilar uchun karvon saroylar qurilgan edi.
V. Bu yo`l bilan Susada ish shunday yo`lga qo`yilgan. Yo`lni barcha qismida podsho bekatlari va a`lo karvon saroylar bor, barcha yo`llar aholi bo`lgan va xavfsiz mamlakat bo`ylab o`tadi. Lidiyadan Frigiyagacha 94 ½ farsang masofadagi yo`lda yigirmata shunday bekat joylashgan. Fririgiyadan yo`l bevosita Galis daryosiga boradi …bu yerda tog`lik o`tish mavjud bo`lib, daryodan kechib o`tish uchun darvoza orqali o`tish lozim. (Darvoza) dan o`tishda kuchli himoya bilan qo`riqchi istehkomi turadi. Daryodan keyin Kappadokiya bo`lib u bo`yicha 104 farsang masofada Kilikiya chegarasigacha 28 bekat turadi. Bu chegarada ikkita o`tish orqali ikkita qo`riqchi istehkomini bosib o`tish kerak; Kilikiya orqali o`tadigan yo`lda 3 bekat 15,5 farsang masofada, Kilikiya va Armaniston o`rtasidagi chegarani kema yuradigan Frot nomli daryo tashkil etadi. Armanistonda56,5 farsang davomida 15 manzilgoh karvonsaroylari bilan turadi. (Armaniston)dan yo`l Matienaga3 boradi; (bu yerda) 136 farsang masofada 14 manzilgoh. Bu mamlakatda to`rtta kema yuradigan daryolar oqib o`tadi.
53. Agar bu podsho yo`li farsanglar bilan to`g`ri o`lchangan bo`lsa, agar parsang 30 stadiyaga teng bo`lsa1, Sarddan Susadagi2 podsho saroyigacha 13500 stadiy, yo`l 450 barsangda 150 stadiyaga hisoblansa, barcha yo`lga 90 kun to`g`ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |