Tarmorlarni rejalashtirish 12 bob indd


Paketning nazorat sonlar yig‘indisi



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/83
Sana31.07.2022
Hajmi7,48 Mb.
#846189
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83
Bog'liq
Tarmoqlarni rejalashtirish va qurish

Paketning nazorat sonlar yig‘indisi
 

– bu sonli kod, 
uzatuvchi qurilma tomonidan ma’lum qoidalarga asosan 
hosil qilinib, paket haqida ixchamlangan ma’lumotdir. 
Qabul qiluvchi qurilma uzatuvchi qurilmada paket bilan 
amalga oshirilgan hisoblashlarni qaytarib, hosil bo‘lgan 
sonni nazorat soni bilan solishtiradi va uzatilgan paket-
da xatolik bor yoki yo‘qligini aniqlaydi. Agarda paketda 
xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, u holda qabul qiluvchi 
qurilma axborotni takroran uzatilishini so‘raydi. 
To‘xtatish kodlar kombinatsiyasi
 

. Axborotni qabul qi-
luvchi abonent qurilmasi paketni uzatish tamom 
bo‘lganligi haqida xabardor qilishi uchun xizmat qiladi 
va qabul qilish qurilmasini qabul holatidan chiqarishni 
ta’minlaydi. Agarda o‘z-o‘zini sinxronlash kodi ishla-
tilsa bu maydon yo‘q bo‘lishi ham mumkin. 
Ko‘pincha paket tarkibidagi faqat uchta maydonni ajrati-
shadi: 
Paketni boshlang‘ich boshqarish maydoni
 

(yoki paket 
sarlavhasi), ya’ni bu maydon tarkibi boshlash kombi-
natsiyasi, qabul qilish va uzatish qurilmalarining tar-
moq manzili, shuningdek, xizmatchi axborotlardan 
tashkil topadi.
Paketning axborotlar maydoni.

Paketning oxirgi boshqarish maydoni
 

(yoki xulosa, trey-
ler), bu maydon tarkibiga paketning nazorat sonlari 
yig‘indisi va to‘xtatish kodlari kombinatsiyasi, shu-
ningdek, xizmatchi axborotni ham kiritish mumkin. 


– 50 –
Adabiyotlarda «paket» atamasi o‘rnida «kadr» atamasi ham 
ishlatiladi. Ba’zi hollarda bu ikki atama bir maydonni ifodalaydi, 
lekin ba’zida kadr paket ichiga joylashgan deb ham faraz qili-
nadi. Bu holda hamma sanab o‘tilgan kadr maydoni priambula 
va to‘xtatish kodlari kombinatsiyasidan tashqari kadrga taalluqli. 
Paketga, shuningdek, kadr boshqarish belgisi (priambula oxirida) 
ham kirishi mumkin. Bunday atama Ethernet tarmog‘ida qabul 
qilingan. Lekin har doim esda tutish kerakki jismoniy ma’noda 
baribir tarmoqdan kadr uzatilmaydi balki paket uzatiladi (agarda 
albatta bu ikki tushunchaga ajratilsa). Aynan kadrni uzatilishi 
emas, balki paketni uzatish tarmoq bandligiga to‘g‘ri keladi.
Tarmoqda uzatuvchi va qabul qiluvchi abonentlar o‘rtasidagi 
axborot almashinishi jarayonida o‘rnatilgan tartibda axborot 
va boshqarish paketlarini almashinuvi ro‘y beradi, bu jarayon 
almashinuv protokoli deb ataladi. Oddiy protokol 3.2-rasmda 
keltirilgan. 3.2-rasmda keltirilgan holatda, aloqa vaqti, qabul 
qilish qurilmasini axborotni olishga tayyorligini so‘rash bilan 
boshlanadi. 
3.2-rasm. Aloqa vaqtida paketlarni almashishiga misol.
– 51 –
Qabul qilish qurilmasi tayyor bo‘lgan holda «tayyor» bosh-
qarish paketini javob tariqasida qaytaradi. Agarda qabul qilish 
qurilmasi aloqaga tayyor bo‘lmasa rad javobini boshqa boshqa-
rish paketi orqali jo‘natadi. Shundan so‘ng, aslida axborot uza-
tish boshlanadi. Bu vaqtda har bir qabul qilingan axborot paketi-
ga qabul qiluvchi qurilma, axborot olinganligi haqida tasdiqlash 
paketi bilan javob beradi. Paket xatolik bilan uzatilgan holda, 
qabul qilish qurilmasi qaytadan axborot uzatishini so‘raydi. Ax-
borot almashinuv vaqti boshqarish paketi bilan tugaydi, so‘ng 
uzatish qurilmasi aloqa uzulganlik haqida xabar beradi. Ko‘p 
standart paketlar mavjud, axborot uzatishni tasdiqlash bilan 
(kafolatlangan paket uzatish), shuningdek, tasdiqsiz axborot 
uzatish (kafolatlanmagan paket uzatish) paket turlari bor.
Tarmoqdan aniq almashuv olib borilganda ko‘p bosqichli 
paketlar ishlatiladi, ularning har birida kadr tuzilishi mavjud 
(o‘z manzillashi, o‘z boshqarish axboroti, o‘z axborotlar for-
mati va h.k). Yuqori bosqich protokollari fayl-server yoki ilo-
valar kabi tushunchalar bilan ish olib boradi. Boshqa ilovadan 
so‘ralayotgan axborotlar tarmoq qurilma turi haqida va alo-
qani boshqarish usuli haqida tushunchaga ham ega bo‘lmasligi 
mumkin. Yuqoriroq bosqich kadrlari uzatilayotgan paketga 
ketma-ket joylashadilar, aniqrog‘i uzatilayotgan paketning ax-
borot maydoniga (3.3-rasm). 
3.3-rasm. Kadrlar qo‘yilishini ko‘p bosqichliligi.
Har bir keyingi joylashtirilayotgan kadr o‘zining shax-
siy xizmatchi axborotiga bog‘lanishi mumkin, axborotgacha


– 52 –
(sarlavha) joylashgan va axborotdan keyin joylashgan (trey-
ler), aytgancha uning vazifasi turlicha bo‘lishi mumkin. Tabi-
iyki har bir bosqichdan so‘ng paketdagi xizmatchi axborotlar 
nisbati oshib boradi. Bu esa ma’lumki axborot uzatishning 
unumli tezligini kamaytiradi. Yaxshisi bu tezlikni oshirish 
uchun axborot almashinuv protokollari iloji boricha oddiy 
bo‘lishi lozim va bu protokollar bosqichi esa iloji boricha 
kam bo‘lishi kerak. Aks holda hech qanday bitlar uzatish tez-
ligiga yordam bera olmaydi va tez uzatish tarmog‘i, misol 
uchun, tarmoq oddiy protokoldan foydalansa qandaydir fayl ni 
sekin ishlovchi tarmoqdan ham sekinroq uzatishi mumkin. 

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish