Tarmorlarni rejalashtirish 12 bob indd


III bob. PAKETLAR VA AXBOROT



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/83
Sana31.07.2022
Hajmi7,48 Mb.
#846189
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
Bog'liq
Tarmoqlarni rejalashtirish va qurish

III bob. PAKETLAR VA AXBOROT 
ALMASHINUVINI BOSHQARISH USULLARI
3.1. Paketlar va ularning tuzilishi
Mahalliy hisoblash tarmoqlarda axborot odatda, alohida 
qism, bo‘laklarda uzatiladi, ularni turli manbalarda turlicha 
paket, kadr yoki bloklar deb ataladi. Paketlarni ishlatilishi ning 
asosiy sababi shundan iborat, tarmoqda odatda bir vaqtning 
o‘zida bir necha aloqa seansi amalga oshiriladi («Shina» va 
«halqa» topologiyalarida), ya’ni turli juft abonentlar o‘rtasida bir 
vaqt oralig‘ida ikki va undan ham ortiq axborot uzatish jarayoni 
kechishi mumkin. Faqat paketlargina axborot uzatayotgan abo-
nentlar o‘rtasida tarmoq vaqtini taqsimlay olishi mumkin. 
Agarda hamma zarur axborot birdaniga uzluksiz, paketlarga 
bo‘linmasdan uzatilganda edi, bu holda uzoq vaqt davomida 
bir abonent tomonidan tarmoq vaqtini butkul ravishda egallab 
turishga olib kelar edi. Boshqa hamma abonentlar barcha ax-
borot uzatilib bo‘lishini kutishga majbur edi, qator hollarda 
o‘nlab sekundlar va hatto minut zarur bo‘lar edi (masalan, qat-
tiq diskda yozilgan barcha axborotni ko‘chirish uchun). Abo-
nent huquqlarini birdek qilish uchun, shuningdek, tarmoqqa 
bog‘lanish vaqtini taxminan tenglashtirish uchun va barcha abo-
nentlar uchun axborot uzatishning integral tezligini tenglashga 
aynan paketlardan (kadrlar) foydalaniladi. Paket uzunligi tar-
moq turiga bog‘liq, lekin u odatda bir necha o‘nlab baytdan to 
bir necha kilobaytgacha tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Ya’ni 
muhimi shuki, katta axborot massivi uzatilayotganda to‘siq va 
uzilishlar sababli xato qilish ehtimoli yuqoridir. Masalan, ma-
halliy tarmoqlarga xos bo‘lgan bittali xato bo‘lish ehtimolining 
kattaligi 10
-8
ni, paket uzunligi 10Kbit bo‘lgan 10
-4
xatolikka 
yo‘l qo‘yilishi ehtimoli bilan, 10 Mbit uzunlikdagi massiv esa 
– 47 –
10
-1 
ehtimoli bilan uzatiladi. Shuningdek, bir necha megabaytli 
massivda xatolikni topish bir necha kilobaytdan tashkil top-
gan paketda xotolik topishga qaraganda ancha murakkab. Xato 
topilganda butun massiv axborotini qaytadan uzatish kerak 
bo‘ladi, bu esa ixcham paketni uzatishga qaraganda bir muncha 
murakkabdir. Katta massiv axborotni qaytadan uzatganda yana 
xatolikka yo‘l qo‘yish ehtimoli yuqoridir va bu jarayon katta 
massiv bo‘lsa cheksiz davom etishi mumkin. Boshqa tomondan 
olib qaraganda, baytlab (8 bit) yoki so‘zlab (16 bit yoki 32 bit) 
axborot uzatishga qaraganda, paketlab axborot uzatish afzal-
liklarga ega, ya’ni tarmoqdan foydali axborot o‘tishi orqali, xiz-
matchi axborotlarni kamayishi hisobiga erishiladi. Bu bir necha 
baytga ega bo‘lgan uzunliklardagi paketlarga ham taalluqlidir. 
Chunki tarmoqdagi uzatilayotgan har bir paket tarkibida albat-
ta tarmoqda axborot almashinuviga tegishli bo‘lgan, shuning-
dek, bitlar bor (axborot almashinuvini boshlash biti, manzil 
bitlari, paket turi va nomerini ko‘rsatuvchi bitlar va hokazo). 
Kichik paketlarni tarmoqdan uzatilganda xizmatchi axborot-
larning nisbati keskin oshib boradi, bu vaziyat tarmoq abo-
nentlari o‘rtasidagi axborot almashinuvining integral tezli 
gini 
(o‘rtacha) kamaytirishga olib keladi. Paketlarning qandaydir 
optimal uzunligi mavjud (yoki paketlar uchun optimal uzunlik 
oralig‘i), bunday paketlar tarmoq orqali uzatilganda tarmoq-
ning o‘rtacha tezligi maksimal darajasiga etadi. Bu uzunlik 
o‘zgarmas uzunlik emas, u axborot almashinuvini boshqarish 
usuliga, tarmoqdagi abonentlar soniga, uzatilayotgan axborot 
ko‘rsatkichlariga va bundan tashqari ko‘p faktorlarga bog‘liq. 
Paketning tuzilishi, avvalambor, tarmoqdagi barcha quril-
malar xususiyatiga, tanlangan tarmoq topologiyasiga va ax-
borot uzatish muhitining turiga, shuningdek, sezilarli darajada 
ishlatiladigan protokolga bog‘liqdir (axborot almashinuvining 
tarkibi). Xulosa qilib aytganda har bir, tarmoqda paket uzunli-
gi o‘zgachadir. Lekin paket uzunligini aniqlashning qandaydir 
umumiy prinsiplari mavjud, bu har qanday mahalliy tarmoq-
dagi axborot almashinuvining xususiyatlaridan kelib chiqadi. 


– 48 –
Ko‘pincha paket tarkibi asosiy maydon qismlaridan tashkil 
topadi (3.1-rasm): 
3.1-rasm. Paketning ko‘p tarqalgan tuzilishi.

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish