Tarmorlarni rejalashtirish 12 bob indd


Halqa topologiyali tarmoqda axborot almashinuvini



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/83
Sana31.07.2022
Hajmi7,48 Mb.
#846189
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83
Bog'liq
Tarmoqlarni rejalashtirish va qurish

Halqa topologiyali tarmoqda axborot almashinuvini 
boshqarish 
Axborot almashishni boshqarish usulini halqa topologiyasi-
ga tanlashning o‘z xususiyatlari mavjuddir. Bu holda muhimi 


– 64 –
shuki, halqaga uzatilgan har qanday paket ketma-ket har bir 
abonentdan o‘tib ma’lum vaqtdan so‘ng yana shu nuqtaga 
qaytib keladi, ya’ni paket uzatgan abonentga (chunki to-
pologiya yopiq). Sababi «Shina» topologiyasi singari signal ikki 
tarafga tarqalmaydi. Aytib o‘tish kerakki «Halqa» topologiyasi 
tarmoq da bir va ikki yo‘nalishga axborot uzatishi mumkin. 
Biz bu erda bir yo‘nalishli tarmoqni ko‘rib o‘tamiz, chunki bu 
turdagi tarmoq ko‘p tarqalagandir. 
«Halqa» topologiyali tarmoqqa turli markazlashtirilgan 
boshqarish usulini (yulduz kabi) qo‘llash mumkin, xuddi 
shuningdek, tarmoqqa tasodifiy bog‘lanish usulini (shina kabi) 
qo‘llash mumkin, lekin ko‘pincha halqa xususiyatiga aynan 
mos keluvchi boshqaruvining maxsus usulini tanlashadi. Bu 
hol uchun eng ko‘p tanilgan boshqarishni marker (estafeta) 
usuli, ya’ni maxsus ko‘rinishdagi katta bo‘lmagan boshqarish 
paketidan foydalaniladi. Aynan halqa bo‘ylab estafeta ravish-
da uzatish tarmoqqa bog‘lanish huquqini bir abonentdan ke-
yingi abonentga beradi. Marker usullari markazdan tarqatish-
ga va determinatsiyalangan tarmoqda axborot almashinuvini 
boshqarish usullariga kiradi. Ularda aniq ajratilgan markaz 
yo‘q, lekin aniq o‘rnatilgan tartib tizimi mavjud va shuning 
uchun konflikt holat yuzaga kelmaydi. 
Halqa topologiyali tarmoqda markerli boshqarish usulini 
ishlashini ko‘rib chiqamiz (3.9-rasm). Halqa bo‘ylab uzluksiz 
maxsus paket marker yuradi, u abonentlarga o‘z paketlarini 
uzatish huquqini beradi. Abonentlarni harakat qilish algoritmi 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. O‘z paketini uzatishni xohlagan 1 – abonent bo‘sh mar-
kerni o‘ziga kelishini kutishi kerak. Shundan so‘ng markerga 
o‘z paketini qo‘shadi, markerni band deb belgilaydi va uni 
halqada o‘zidan keyinda joylashgan abonentga jo‘natadi.
2. Hamma abonentlar (2,3,4) paket ulangan markerni 
qabul qilib, paket ularga manzilanganligini tekshiradilar. Agar 
peket ularga manzillangan bo‘lmasa, u holda olingan marker-
paketni halqa bo‘ylab uzatib yuboradi.
– 65 –
3. Agarda qaysidir abonent (bizning holimizda 3 – abonent 
bo‘lsin) paketni o‘ziga manzillanganini tanisa, u bu paketni qabul 
qilib oladi, markerda axborot qabul qilingani haqida tasdiq bi-
tini o‘rnatadi va marker paketni halqa bo‘ylab uzatib yuboradi. 
4. Axborot uzatgan 1-abonent butun halqa bo‘lib aylanib 
chiqqan o‘z paketini oladi va markerni bo‘sh deb belgilab, 
tarmoqdan o‘z paketini chiqarib tashlaydi va bo‘sh markerni 
halqa bo‘ylab uzatib yuboradi. Axborot uzatishni xohlagan 
abonent bu bo‘sh markerni kutadi va yana hammasi qaytadan 
bayon etilgan ketma-ketlikda davom etadi. 
3.9-rasm. Almashinuvni marker usuli yordamida boshqarish 
(BM–bo‘sh market, YUM–yuklangan marker, TM – bandligi 
tasdiqlangan marker, AP – axborotlar paketi).
Nimasi bilandir ko‘rib chiqilgan usul so‘rov (markaz-
lashtirilgan) usuliga o‘xshash, vaholangki bu yerda aniq ajra-


– 66 –
tilgan markaz yo‘q. Lekin qandaydir markaz odatda baribir 
ishtirok etishi lozim: abonentlardan biri (yoki maxsus qurilma) 
halqa bo‘ylab marker harakat qilganda u yo‘qolib qolmasligini 
nazorat qilish kerak (masalan, qaysidir abonentning ishdan 
chiqishi sababli yoki to‘siqlar tufayli). Aks holda tarmoqqa 
bog‘lanish mexanizmi ishlamaydi. Buning natijasida boshqa-
rishning mustahkamligi kamayadi (markazning ishdan chiqishi 
axborot almashinuvini to‘liq izdan chiqaradi), shuning uchun 
odatda manrkazning mustahkamligini oshirishning maxsus 
usullari qo‘llaniladi.
CSMA/CD usulidan ko‘rib chiqilgan usulning afzalligi 
shundan iboratki. Bu erda tarmoqqa bog‘lanish vaqtining qiy-
mati kafolatlangan. Uning kattaligini (N–1)
*
t
pk
tashkil qiladi. 
Bu erda N – tarmoqdagi abonentlarning to‘liq soni, t
pk 
– pa-
ketni halqa bo‘ylab o‘tish vaqti. 
Tarmoqda axborot almashinuvining intensivligi katta 
bo‘lgan taqdirda tasodifiy usulga nisbatan markerli boshqa-
rish usuli unumdorligi yuqori bo‘ladi (tarmoq yuklanganligi 
30–40 % dan ko‘p bo‘lganda). U usul tarmoq yuklamasi katta 
bo‘lganda ham ishlash imkonini beradi. 
Tarmoqqa bog‘lanishni marker usuli nafaqat halqada 
(masalan, IBM tarmog‘i Token Ring yoki FDDI), shuningdek, 
shinada (masalan, Arcnet –BUS tarmog‘ida) hamda passiv 
yulduzda (masalan, Arcnet –STAR tarmog‘i) ishlatiladi. Bu 
hollarda jismoniy halqa emas, mantiqiy halqa hosil qilinadi, 
ya’ni hamma abonentlar ketma-ket markerni bir-biriga uzata-
dilar va bu markerni uzatish zanjiri halqaga olinadi. Bu holda 
«Shina» topologiyasining jismoniy afzalligi bilan boshqarish-
ning marker usulining afzalliklari birgalikda foydalaniladi.

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish