– 54 –
bir yoki bir necha OUI ajratib beradi. Bu har xil tar-
moq adapterlarini ishlab chiqaruvchi bir xil manzil bi-
lan ishlab chiqarishin oldini oladi. Hammasi bo‘lib 4
milliondan ortiq turli OUI bo‘lishi mumkin. OUA va
OUI birgalikda UAA deb ataladi (Universally Admi-
nistered Address, óíèâåðñàëíî óïðàâëÿåìèé àäðåñ) –
universal boshqariladigan manzil yoki IEEE – manzil
deb ataladi.
Manzilning ikkita katta razryadlari boshqaruvchi va
●
manzil turini aniqlaydi hamda qolgan 46 razryadi inter-
pretatsiyalash usulini belgilaydi. I/G katta razryad biti
(Individual/Group) bu manzil guruh yoki shaxsiy man-
zil ekanligini aniqlaydi. Agarda u 0 holatiga o‘rnatilgan
bo‘lsa bu holda biz shaxsiy manzil bilan ish ko‘ramiz,
agarda 1 holatga o‘rnatilgan bo‘lsa, u holatda guruh (ko‘p
punktli yoki funksional) manzil bo‘ladi. Guruh man-
zilli paketlarni tarmoqda bor hamma adapterlar qabul
qiladi, guruh manzili 46 kichik razryadlarning hammasi
bilan aniqlanadi. Ikkinchi boshqarish biti U/L (Univer-
sal/Local) universal/mahalliy boshqarish bayrog‘i deb
ataladi va bu tarmoq adapteriga qanday qilib manzil be-
rilganini aniqlaydi. Odatda u O ga o‘rnatilgan bo‘ladi.
U/L bitini 1 ga o‘rnatish, tarmoq adapter manzilini uni
ishlab chiqargan korxona bergan emasligini, manzilni
tarmoqdan foydalanuvchi belgilaganligini bildiradi. Bu
holat juda kam uchraydigan holatdir.
Keng miqyosda axborot uzatish uchun maxsus ajratilgan
tarmoq manzili ishlatiladi, standart manzilning hamma 48
bitiga mantiqiy bir o‘rnatib qo‘yiladi. Bunday tashkil qilingan
axborot uzatishni shaxsiy va jamoa manzili bo‘lishidan qat’i
nazar tarmoqdagi barcha abonentlar qabul qiladi.
Bunday manzillash tizimiga, masalan, ko‘p tanilgan Ether-
net, Fast Ethernet, Token-Ring, FDDI, 100VG – AnyLAN
tarmoqlar ham rioya qiladi. Uning kamchiligi – tarmoq adap-
terlarining yuqori darajada murakkabligi, uzatilayotgan paket
– 55 –
miqdorining ko‘p qismini xizmatchi axborot tashkil qiladi
(uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar manzili uchun paket-
ning 96 biti ishlatilishi zarur, yoki 12 bayt).
Ko‘p tarmoq adapterlarida aylanma tartib ko‘zda tutilgan.
Bu o‘rnatilgan tartibda adapterlar o‘ziga kelayotgan hamma
qabul qiluvchi qurilmaning manzil maydonidagi qiymati-
dan qat’i nazar hamma paketlarni qabul qiladi. Bunday tar-
tib, masalan, tarmoqni tashhislash ishlarini amalga oshirish
uchun, ish unumdorligini o‘lchash uchun va uzatishda ro‘y
beradigan xatoliklarni nazorat qilish uchun ishlatiladi. Bu hol-
da bitta komp’yuter tarmoqdan o‘tayotgan barcha paketlarni
qabul qiladi va nazorat qiladi, ammo o‘zi hech qanday axborot
uzatmaydi. Bunday tartibda ko‘priklar, tarmoq adapterlari va
ulovchi qurilmalar (kommutator) ishlaydi, chunki ular o‘ziga
kelgan hamma paketlarni qayta uzatishdan oldin ishlov be-
rishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: