Tarmoq texnologiyalari



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/71
Sana20.04.2022
Hajmi4,11 Mb.
#565647
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71
Bog'liq
Begbutayev-Monografiya-2020

bilish faoliyati
ning muhim tarmog‘i sifatida qator vazifalarni bajaradi.
Jumladan: 1) talabalarda bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil 
qiladi; 2) ularda dunyoqarashni, ishonch va e’tiqodlarini o‘stiradi; 
3)yoshlarni muayyan darajada o‘qimishli, madaniyatli, tarbiyali kishilar 
bo‘lib etishishlariga, qobiliyat va iste’dodlarini o‘stirishga erishiladi. 
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun o‘qituvchida o‘z 
kasbiga layoqat bo‘lishi lozim. Layoqatlilik pedagogik mehnatni 
muvaffaqiyatli bajarishga qodir bo‘lishdir. Bu avvalo, pedagogik 
kasbning ijtimoiy roli va zaruriyatini yaqqol tasavvur qila olishida 
ko‘rinadi. Bundan tashqari o‘qituvchi, talabaga o‘z faoliyatining ob’ekti 
sifatida qiziqib qarashi, uning ehtiyoj va xususiyatlarini tushuna bilishi 
lozim. 
Ma’ruza mashg‘ulotlarida “Tarmoq texnologiyalari” integrativ 
elektron o‘quv qo‘llanmasidan foydalanish ta’lim oluvchilar uchun 
ancha tushunarli va aniq izohlash uchun sharoit yaratadi, materiallar 
mazmunini yaxshiroq o‘zlashtirishga va yodda saqlashga imkon beradi, 
ta’lim oluvchilarning tassavurini rivojlantiradi, tajriba shartlarini 
o‘zgartirish imkoniyatini beradi. (2.2.2-rasm)
2.2.2-rasm. “Tarmoq texnologiyalari” fanidan integrativ elektron o‘quv 
qo‘llanmasi

Integrativ elektron o‘quv qo‘llanmasining “O‘quv metodik 
ta’minot” bo‘limidagi ma’ruza mashg‘ulotlarining tarkibiy qismi 


68 
quyidagilardan iborat: Mavzu darajalari – murakkabligiga qarab 
ajratilgan o‘quv materiali. Mavzu sahifalari – o‘quv materialining 
mantiqiy mustaqil qismi bo‘lib, mavzu tarkibiga kiradi. Sahifalar o‘quv 
materialining mantiqiy ketma-ketligini amalga oshirish uchun 
mo‘ljallangan mediaresurslardan tashkil topgan. Mediaresurslar 
(multimedia materiallari) – bular tizimdagi matnlarni ko‘rgazmali tarzda 
namoyish etish hamda ta’limni to‘liqligini ta’minlash uchun 
joylashtirilgan matn, rasmlar, ovozli fayllar, videolar, taqdimotlar, 
nazorat-tahlil, test va hakozolarni bir butun qilib yig‘ilgan, didaktik 
maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim materialidir. 
Har bir ma’ruza mashg‘ulot uchun ochilgan ushbu oynadagi 
maxsus tugmalar yordamida quyidagi vazifalar bajariladi:

“Ma’ruza” tugmasi bosilganda mavzuning nazariy ma’lumotlari 
ochiladi;

“Taqdimot” tugmasi bosilganda mavzuga doir taqdimot ochiladi; 

“Video” tugmasi bosilganda mavzuga doir mediama’lumotlar va 
amaliy ko‘rsatmalar video fayli ochiladi; 

“Glossariy” tugmasi bosilganda mavzuga doir glossariy .swf 
formatda ochiladi; 

“Smart Kahoot” tugmasi viktorina, test va so‘rovnomalarni 
yaratishga mo‘ljallangan yangi turdagi dasturiy servis nazorat vositasini 
ishga tushiradi; 

“Krossvord” tugmasi bosilganda krossvord ochiladi; 

“Test” tugmasi bosilganda quyidagi oyna ochiladi. 
Biz quyida, «Tarmoq texnologiyalari» fanidan “4-Modul. Fizik 
daraja. 4.2-Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining texnik ta’minoti. 
Zamonaviy tarmoq qurilmalar” bo‘yicha tayyorlangan texnologik 
xaritani va SMART-texnologiyalarga asoslangan integratsiyalashgan 
o‘quv muhitidan foydalanish metodikasini loyihalaymiz. Ma’ruza o‘quv 
mashg‘ulotining texnologik pasporti (2.2.1-jadval) va mavzusini 
“Flipped classroom” modeli yordamida o‘qitishning texnologik 
xaritasini tuzib chiqamiz. (2.2.2-jadval) 

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish