Tarmoq texnologiyalari



Download 4,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/71
Sana20.04.2022
Hajmi4,11 Mb.
#565647
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71
Bog'liq
Begbutayev-Monografiya-2020

Flipped classroom
- o‘rganish strategiyasi. Sinfni "ag‘darish" 
odatiy modeliga o‘tishdir, ya’ni, uning yordamida talabalar yangi 
bilimlarga ega bo‘ladilar. Bunda talabalar yangi o‘tiladigan mavzuni 
darsdan oldin mustaqil o‘qiydilar, so‘ngra dars vaqtida shu mavzuga oid 
munozaralar, muammolarni echish usullarini muhokama qiladiki, bu 
ularga yangi bilimlarni yangilash va o‘rganishga yordam beradi.
“Flipped classroom” modeli jihozlangan sinf modeli sifatida ham 
tanilgan bo‘lib, an’anaviy sinfdan ikki jihatdan farq qiladi: birinchidan, 
u standart ma’ruzalarni faol va talabalarga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyati 
bilan almashtiradi. Ikkinchidan, talabalarga darsdan tashqari mustaqil 
bilim olishlari uchun video ma’ruzalarni tomosha qilish yoki qisqa 
audiolarni tinglash orqali yangi tushunchalarni o‘rganish imkoniyatini 
beradi [27]. 
McNally va boshqalar “flipped classroom”ni tashkil etuvchi to‘rtta 
elementni sanab o‘tadi: a) talabalarga darsdan oldin tarkibni o‘rganishga 
yordam beradigan manbalar (masalan, yozib olingan onlayn videolar), 
b)talabalarni darsga tayyorlashga yordam beradigan strategiyalar 
(masalan, viktorina, munozara savollari), v) talabalarni baholash 
mexanizmi - tushunish (masalan, so‘rovnoma) va d) talabalarga 
yo‘naltirilgan ta’limni o‘rganishga qaratilgan sinf faoliyati [30]. 
Lo va Hew larning ta’kidlashicha [26], “flipped classroom” modeli 
tushunib olishi uchun o‘quv videolarini to‘xtatib qo‘yishi yoki 
takrorlashlari mumkin. Tarkibni allaqachon bilgan talabalar vaqtni tejash 
uchun ko‘rsatma videoning bir qismini o‘tkazib yuborishlari ham 
mumkin. O‘qituvchilar dars vaqtini tabaqalashtirilgan holda dars berish 


62 
uchun qo‘llashlari mumkin. Ko‘p guruhli ma’ruza mashg‘uloti o‘rniga 
o‘qituvchilar, yakka tartibda, talabalarning birgalikda ish olib 
borishganlarida yordam berishlari mumkin. O‘qituvchi tomonidan ushbu 
sinf modelining samaradorligini tekshirish uchun “Flipped classroom” 
modeli o‘rganilmoqda. Masalan, Mason, G. S., Shuman, T. R., va Cook, 
K. E muhandislik kursidagi jihozlangan sinf va an’anaviy sinf 
samaradorligini taqqosladi. Ularning ta’kidlashicha, modelda ko‘proq 
tarkib yoritilgan va bu sinfdagi talabalarning test ballari ularning 
an’anaviy sinf guruhlariga qaraganda teng yoki yuqoriroq bo‘lgan [29]. 
Olimlar 
sinab 
ko‘rilgan “Flipped classroom” modelini 
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bir nechta strategiyani taklif 
qilishdi. Sletten [40] ba’zi talabalar video ma’ruzalar bilan qanday qilib 
samarali aloqa qilishni bilmasliklarini va mustaqil ravishda o‘rganishga 
tayyor emasliklarini aniqladilar. U video-ma’ruzalar bilan o‘zaro 
ishlashda o‘zini o‘zi tartibga soladigan o‘quv strategiyalarini (masalan, 
mashq 
qilish 
strategiyalari, 
ishlab 
chiqish 
strategiyalari) 
modellashtirishni taklif qildi. O‘qituvchilar, shuningdek, video 
ma’ruzalar bilan qanday o‘qish kerakligini namoyish qilish uchun 
talabalar bilan birga sinfdagi dastlabki bir nechta video ma’ruzalarni 
ko‘rishlari mumkin edi. Moore [31] onlayn videolarining faol ta’limni 
yaratish bilan bog‘liq bir nechta strategiyalarni taklif qildi, jumladan, 
videolarning boshida talabalarni tanqidiy fikrlashga undash uchun savol 
berish va videolar o‘rtasida yoki oxirida qisqa baholash savollari yoki 
o‘z-o‘zini baholash. 
B.Blumning qayta ko‘rib chiqilgan taksonomiyasini (2001 yil) 
qo‘llagan holda ushbu modelni shakllantirish uchun talabalarga dars 
vaqtidan tashqari quyi darajadagi kognitiv ishlarni (bilim olish) mustaqil 
ravishda bajarishni va keyinchalik ularni yuqori darajadagi kognitiv 
ishlarga (amaliy dasturlar, tahlillar) jalb qilishni taklif qilindi. Dars 
mashg‘ulotlari davomida talabalar o‘zaro va o‘qituvchi hamkorligida 
ta’lim faoliyatini amalga oshirishlari mumkin. (2.2.1-rasm) 
«Flipped classroom» modelini joriy etishda muhim qadamlar: 

Download 4,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish