Qo‘lda bajariladigan axborot tizimlarida axborotlarga ishlov berish bo‘yicha barcha operatsiyalar, jumladan, axborotlarni yig‘ish va ularga ishlov berish inson tomonidan bajariladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida boshqarish vazifalarini yoki ma’lumotlarga ishlov berishning bir qismi avtomatik, bir qismi esa inson tomonidan bajariladi. Masalan, korxona faoliyatiga tegishli bo‘lgan resurslarga taalluqli axborotlarni yig‘ish, ishlov berish va taqsimlash avtomatlashtirilgan bo‘ladi, qaror qabul qilish esa asosan xodim tomonidan bajariladi.
Axborot tizimlarining klassifikatsiyasi.
Avtomat holda faoliyat yuritadigan axborot tizimlarida - boshqarish vazifalari va ma’lumotlarga ishlov berish insonning ishtirokisiz faqat texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Masalan, texnologik jarayonlarni, stanok, konveyrlarni avtomatik boshqarish. Aytaylik, xona haroratini bir xilda ushlab turish uchun xonaga gaz uzatkich, gaz yoqqich va indikator o‘rnatiladi. Xona harorati ma’lum darajaga yetgach indikator buni ro‘yxatga olib gaz uzatkichga signal ko‘rinishidagi axborotni yuboradi va natijada gaz uzib qo‘yiladi, aksincha, harorat tushib ketgan taqdirda indikator buni ro‘yxatga olib, gaz yoqqichga signal yuboradi va natijada gaz yoqib yuboriladi.
Axborot tizimlarining klassifikatsiyasi.
Umumiy holda axborot tizimlarini foydalanish sohasiga qarab quyidagi sinflaga ajratish mumkin:
- ilmiy tadqiqot axborot tizimlari;
- avtomatlashtirilgan loyihalashtirish axborot tizimlari;
- tashkiliy boshqaruv axborot tizimlari;
- texnologik jarayonlarni boshqarish axborot tizimlari.
Ilmiy tadqiqot axborot tizimlari – bu tizim ilmiy-mutaxassislar faoliyatini, statistik axborotlarni tahlil, biron bir obyekt ustidan o‘tkaziladigan tajribalarni boshqarish uchun yaratiladi.
Axborot tizimlarining klassifikatsiyasi.
Axborot tizimlarni loyihalash axborot tizimlari – bu axborot tizimini texnik topshiriq kо’rinishdagi boshlang’ich tavsifidan, tizim tashkil qilish uchun yetarli bо’lgan standart hujjatlar tо’plami sifatida tasvirlanishidir.:
- yangi mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishda;
- turli muhandislik hisob-kitoblarida (mahsulot texnik parametrlarini, mehnat, material va boshqa xarajatlar me’yorlarini);
- grafik hujjatlar yaratish (chizma, sxema, rejalashtirish);
- loyihalashtirilayotgan obyektlarni modellarini yaratish;
- dasturiy boshqaruv bilan boshqaruvchi dasturlarni yaratish.
Axborot tizimlarining klassifikatsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |