Ko’p pog’onai arxitektura klient-server arxitekturasini rivojlangan ko’rinishi bo’lib, tarmoqdagi murojaatlarni yanada me’yorlashtiradi. Ushbu instrumentlar asosan Unix tizimiga moslashtirilgan, lekin amaliy serverlarni Microsoft Windows NT bazasida qurish mumkin. Lokal tarmoqda ikki va uch pog’onali qo’shma arxitektura va bitta ma’lumotlar bazasi serveri ishlatilishi mumkin. Global aloqalarni inobatga olganda, arxitektura uchta zvenodan oshishi mumkin.SHunday qilib ko’p pog’onali arxitektura korporativ axborot tizimlarining ish unumdorligini oshirishga va unga taqsimlangan apparat-dastur resurslarini optimallashtirishga yordam beradi.
Internet - intranet texnologiyako’p pog’onali arxitektura bilan birga rivojlanmoqda. Bu borada hozircha yangi arxitektura uchun ma’lumotlar bazasi bilan birga ishlaydigan mukammal instrumental dasturiy vositalarni yaratish kuzatilayapti. Buning natijasida ma’lumotlar bazasiga asoslangan axborot tizimlarini ishlatish va kuzatish uchun oddiy va qulay ko’p pog’onali arxitektura bilan birgalikda internet-intranet texnologiya tizimi yaratildi.
Axborot tizimlariga qo’yiladigan asosiy talablar Axborot tizimlari moslashuvchanlik, ishonchlilik, effektivlik va xavfsizlik kabi talablarga javob berishi zarur.
Moslashuvchanlik Axborot tizimlari korxonaning yangi shatlarga va talablariga moslashuvchan bo’lishi kerak. ATni ishlab chiquvchilar albatta sohaga mos umumiy qoidalarga va standartlarga e’tibor qaratishlari zarur. Ixtiyoriy axborot tizimi vaqt o’tib eskiradi, uni modernirzatsiya qilish yoki to’liq almashtirishga to’g’ri keladi.ATni ishlab chiquvchilar amaliy soha mutaxassislari emaslar.Axborot tizimlarini ishlab chiqishda unda ishtirok etadigan dasturchilarni tanlashga katta e’tibor qaratish kerak, chunki keyinchalik uni modernizatsiya qilishga to’g’ri kelishi mumkin.
Ishonchlilik Axborot tizimlarining ishonchliligi deganda turli sabablarga ko’ra axborotlarning zararlanmasligi tushiniladi. Ishonchililikning talabi shundaki saqlanayotgan axborotni zahira nusxasini yaratish va ularni turli axborot tashuvchilarga ko’chirish zarur. Kompyuter savodxonligi yetarli bo’lmagan foydalanuvchilar tasodifan axborotlarni yo’qotishlari mumkin. Bundan ehtiyot bo’lish va uni himoyasini o’ylashimiz zarur.