14-Ma`ruza.
Ma’ruza mavzusi: Mashinaning konstruktiv parametrlarini texnik samaradorligiga
ta’siri
Ma’ruza rejasi: 1. Mashina parametrlari – ish va salt yurishlar uzinligi, qamrash kengligi,
burulish radiusi va boshqalarni uning foydalanish samaradorligiga ta’siri.
Tayanch so’zlar: vaqtdan foydalanish, samaradorlik, mezon, agregatning ish unumi, hosildorlik, sifat ko‘rsatkichlari, sarf-harajatlar.
1. Mashina parametrlari – ish va salt yurishlar uzinligi, qamrash kengligi, burulish radiusi va boshqalarni uning foydalanish samaradorligiga ta’siri. Mashina-traktor agregatlarining ish unumiga ta`sir ko’rsatadigan faktorlar guruhi quyidagilardan iborat.
Agregat tarkibiga kiruvchi traktor, qishloq xo’jalik mashinalarining ekspluatatsion ko’rsatkichlari.
Agregatning ish sharoiti.
Mashinadan foydalanish ishlarini tashkil qilish darajasi, agregatning paykalda ishlash texnologiyasi, traktorchining malakasi, mexnatni tashkil qilish usuli va haq to’lash va shunga o’xshashlar.
Agregatlarning ish unumini oshirish uchun undan foydalanish jarayonida quyidagi chora-tadbirlar kkriladi:
a) agregatdan foydalanish jarayonida Nen, Nun larning yuqori darajada bo’lishini texnik xizmatni va ekspluatatsion ta`mirlash ishlarini o’z vaqtida va to’liq o’tkazish;
b) agregatning tortish qarshiligi Ra va uning solishtirma qarshiligini mashinalarga o’z vaqtida va sifatli texnik xizmat o’tkazish;
v) agregatlarni to’g’ri tuzish va uning ratsional tezlik rejimlarini tanlash;
g) smena vaqtidan foydalanish koeffitsienti darajasi «» ni va smenalik koeffitsienti «sm»darajasini oshirish yo’li bilan. Buning uchun ishni tashkil qilish va dalani ishga yaxshi tayyorlash lozim;
d) zamonaviy, takomillashgan, energiya bilan yetarli ta`minlangan, yuqori tezlikda ishlaydigan mashinalarni va takomillashgan texnologiyani ishlatish;
e) mexanizatorlarning malakasini to’xtovsiz oshirish, va ularning mehnatini moddiy va ma`naviy rag’batlantirish;
y) ish unumini oshiruvchi muhim rezervlar, usta-sozlovchilar zvenosi bilan texnik xizmat ko’rsatishni joriy etish (mexanizatorlar dam olayotgan vaqtda yoki ishdan tashqari vaqtda); mashinalardan guruh usulda foydalanish va agregatning ikki smenali ishini tashkil etish. Guruh usulda bitta maydonda 2-6 agregatdan iborat guruhlar bilan alohida paykallarda ishni tashkil etish. Masalan, guruhda ishlagan paxta terish mashinalarining ish unumi bitta o’zi ishlagan mashina ish unumiga qaraganda 20…25% ortiqligini ilg`or xo’jaliklar tajribasi ko’rsatdi. Bunga sabab shundan iboratki agregatlar guruh bklib ishlaganda texnik va texnologik xizmat ko’rsatishga eng yaxshi sharoitlar yaratiladi, ilg`or mehnat usullari tezroq joriy qilinadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |