Tarkib: Mijozning fikrini bilish uchun marketing iboralari



Download 136 Kb.
bet6/9
Sana01.03.2022
Hajmi136 Kb.
#475890
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Marketing haqida 50 ta

“Oriflame” kompaniyasi. Dunyo bo’yicha tarqatadigan mahsulotlarining 90,2 foizni Shvetsiya kosmetika mahsulotlari, 6,2 foizni uy uchun kerakli buyumlar, shuningdek kiyim-kechaklar, maishiy va sovg’abop tovarlar tashkil qiladi. Yiliga 17 ta katalog, 3 haftada bir yangi mahsulot taqdim etadi. 7 yarim ming ball bilan “menedjer”, keyingi 7 ta katalog davomida shu ko’rsatkichni saqlab turish bilan “direktor”, qo’l ostidagilardan ikkita direktorni chiqarish bilan “oltin direktor” unvonini oladi.
Kompaniyaning “Sotuvchi bo’lma – katalogning o’zi sotadi” degan gapi bor. Insonlarga oddiy va oson yo’l bilan pul topishni taklif qiladi. Barcha tarmoqli marketing kompaniyalari kabi “piramida” usulida biznes daromadini tashkil qilgan, ya’ni bir a’zo kimnidir biznesga jalb qilsa, yangi a’zoning faoliyatidan (mahsulotlarni sotib olishi, a’zo taklif qilishi) u odamga ham ball qo’shilaveradi.

Shahnoza Odilzoda, talaba: Bir ayol “Oriflame” mahsulotlarini sotib, 100 ball to’plasam, simka sovg’a qilinishini aytib qiziqtirdi. Aytganini qildim. Lekin turli bahonalar qilib, sumkani bergani yo’q. 100 ball to’plagan mehnatim bir pul bo’ldi. “Oriflame”ga a’zo bo’lib foyda ko’rmadim.

Sevilya Rasulova, xaridor: “Oriflame”ga tez-tez buyurtma berardim. Lekin mahsulotlarning aynan men tanlagan rangi kelmas, yo umuman ololmay qolardim. Bir marta kremga buyurtma berdim, ozgina o’tmay, kompaniya a’zosidan buyurtmani bekor qilishni so’radim. Krem xarid qilish fikridan qaytgandim. U esa “Mahsulotni olmasligingiz mumkin, lekin pulingiz qaytarilmaydi, bank hisobiga tushirib bo’lganmiz” dedi. Bozordan xarid qilgan narsangizni qaytarib olib borishingiz mumkin-u, tarmoqli marketing mahsulotini qaytara olmas ekansiz-da!

Aziza Usmonova, “Oriflame” kompaniyasi a’zosi: “A’zo bo’lganimga 7-8 oycha bo’lib qoldi. 2800 so’m to’lagandim, hozir 300 so’mga ham a’zo bo’lishayotgan ekan. Hali qo’limga daromad pulimni olganim yo’q. Menga foydali tomoni har oy katalog kelishi va undan chegirma bilan narsalarga buyurtma berishim. Pul topmayman. Chunki hozir yosh bolam bo’lgani uchun darslariga borolmayapman, ko’chaga chiqib odamlarga taklif qilolmayapman.

Demak, “uyda o’tirib pul topasiz” deb ishontirishlari mantiqqa to’g’ri kelmaydi. Kompaniya hizmatida yuqori “yulduz”larga ega bo’lish uchun tinmay harakat qilishingiz, kerak bo’lsa ko’chada duch kelgan insonga kompaniya mahsulotlari va a’zo bo’lishni taklif qilib yurishingiz kerak. Shunday ekan, reklamalaridagi “oddiy uy bekasidan millionerga aylanish” iborasini olib tashlashlari (siz uchun esa ishonmaslik) to’g’ri bo’ladi.

Yanvar oyida “Oriflame” kompaniyasining “Toj mahal” kinoteatridagi tantanali yeg’ilishida qatnashgandim. Unda ko’p ball to’plab, tizim doirasida yuqori lavozimlardan biriga erishgan 60-70 yoshlar orasidagi kishiga so’z berishdi. Otaxon bu biznes orqali Xaj safariga yetarli mablag’ to’plabdilar. Yana bir kelinchak esa Umra ziyoratiga shu ishdan to’plagan puli bilan borib kelganini aytdi. Bu yosh ayolni tushunish mumkin, har oy o’ziga kerakli kosmetik mahsulotlarni sotib olsa ham ancha-muncha ball yeg’ib oladi, katta yoshli, buning ustiga erkak kishining bunchalik muvaffaqiyat qozongani haqida sensatsion maqola yozgim keldi. Har xolda choyxonaga katalog ko’tarib bormasalar kerak. Bilmadim, balki tarmoqli marketingning “piramida” qoidasi qo’l kelgandir, ular haqida ortiqcha gumonga borish niyatim yo’q, nima bo’lganda ham omadlarini bersin!




Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish