III BOB. HEYKE MONOGATARI……………………………………….
|
12
|
3.1. Heyke monogatarining yozilishi………………………………………
|
12
|
3.2. Heyke monogataridagi badiiy tasvir vositalari………………………
|
15
|
XULOSA…………………………………………………………………….
|
19
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI…………………….
|
20
|
KIRISH
So‘nggi yillarda ildam qadamlar bilan rivojlanayotgan davlatimizda xorijiy davlatlar bilan keng qamrovli diplomatik aloqalar o‘rnatish tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu esa o‘z navbatida xorijiy tillarni o‘rganishga va til bo‘yicha mutaxassislarga bo‘lgan talabning kuchayishiga sabab bo‘ldi.
Mamlakatimiz va Yaponiya o‘rtasidagi keng qamrovli iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy va ilmiy aloqalarning rivojlanib borayotganligi bu nafaqat yapon tilini balki uning madaniyati, adabiyoti, an’analarini ham yanada chuqurroq o‘rganish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Adabiyotni davlatlarni bog‘lab turuvchi ko‘prik desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ana shu ko‘prik mustahkamlash uchun faqat zamonaviy davr adabiyotinigina emas, uzoq tarix va qadriyatlarga ega adabiyotni o‘rganish ham maqsadga muvofiq.
Kurs ishining dolzarbligi. Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning fikricha “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur.” Darhaqiqat, biz yangi tillarni o‘rganish orqali o‘sha davlatlar tarixi, madaniyati, san’ati va adabiyoti bilan yaqindan tanishamiz. Biz o‘rganayotgan yapon tili ham o‘zining juda boy tarixi, madaniyati til nozikliklari bilan odamni o‘ziga maftun qiladigan til desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Shu bilan birga o‘zbek va yapon xalqlarining madaniyati hamda tilning grammatik tuzilishi jihatidan ba’zi o‘xshashliklar ham bu xalq to‘g‘risida yanada chuqurroq o‘rganishga chorlaydi.
Adabiy asarlar orqali tegishli davr maishiy madaniy hayoti to‘g‘risida jonli ma’lunotlarga ega bo‘lish mumkin. Quyida biz o‘rganadigan Gunki janri orqali ham Kamakura-Muromachi tarixiy davrlaridagi miashiy hayot, o‘sha davr insonlarining e’tiqodlari, dunyoqarashlari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lolamiz. Buning ustiga Gunki monogatarida voqealarning butun tafsilotlari bilan tasvirlanganigi uni shakl jihatidan tarixiy yilnomaga anchayin yaqinlashtirib qo‘ygan. Shu sababdan ham Kamakura-Muromachi tarixiy davrlarini o‘rganishda Gunki alohida ahamiyatga ega.
Gunkida tarixiy sanalar aniq keltirilganiga qaramay u badiiy asarlik sifatini yo‘qotmagan. Ya’ni unda badiiy tasvir vositalaridan foydalanilganligi uchun o‘quvchining ko‘ngliga kirib borishi oson.
Kurs ishining tadqiqot mavzusi. Yapon adabiyotida Gunkining o‘rnini va ahamiyatini ko‘rib chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |