Tarjima nazariyasi va amaliyoti” yo‘nalishi yapon-ingliz guruhi “Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti” fanidan


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Download 62,89 Kb.
bet3/7
Sana22.04.2022
Hajmi62,89 Kb.
#574331
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI noji

Kurs ishining maqsad va vazifalari.

  1. Kamakura-Muromachi tarixiy davrlari adabiyotida Gunkining shakllanishini o‘rganish;

  2. Yapon adabiyotiga Gunki janrining ta’sirini o‘rganish;

  3. Gunki monogatarilarning tarqalisjh usullarini o‘rganish;

  4. Gunkining dastlabki va keyingi namunalarida mavzuning o‘zgarishini o‘rganish.

Kurs ishining tarkibi. Kurs ishi – kirish, uchta bo‘lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.
Kirish qismida ishning dolzarbligi aniqlanib, maqsad va vazifalar belgilangan.
Asosiy qismda Gunki monogatari haqidagi umumiy ma’lumot, Kamakura va Muromachi davrlari adabiyotida uning tutgan o‘rni va Gunki monogatari yozilish uslubiga doir ma’lumotlar yoritilgan.
Xulosada o‘rganilib chiqilgan tajribalarga muvofiq chiqarilgan fikrlar bayon etilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida ishni amalga oshirishda qo‘llanilgan ilmiy ishlar, uch tildagi manbalar qayd etilgan.

I BOB. GUNKI MONOGATARI
1.1. Gunki monogatari va uning paydo bo‘lishi
Gunki monogatari (yap. 軍記物語) - adabiy janri, Kamakura davri (XII-XIV asrlar)ning asosiy harbiy hikoyaviy adabiyoti hisoblanadi. Gunki syujetining asosini milliy tarixiy voqealar, birinchi navbatda, 1156-1568-yillardagi oʻzaro fuqarolik urushlari mavzusi tashkil etadi. Ertaklar dostonga xos bo‘lgan ko‘plab xususiyatlar bilan ajralib turadi, ularning asosiysi voqealar ko‘lami hisoblanadi.
Gunkaning paydo bo‘lishi va tarqalishi Yaponiyaning yangi davrga kirishi va siyosiy va ijtimoiy kuchlar va diqqatga sazovor joylarning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Bu davrda adabiyotdagi bosh mavzu harbiy sinf bo‘lib qoldi.
1156-1221-yillarda o‘zaro urushlar Yaponiyani larzaga keltirdi, shundan so‘ng Yaponiyada harbiy diktatura rejimi o‘rnatildi, o'shanda Minamoto sulolasi shogunlari davrida haqiqiy hokimiyat Bakufu harbiy shtab-kvartirasi qo‘lida edi, imperatorlar esa uzoq vaqt davomida mamlakatdan chetlatildi. O‘sha vaqtda samuraylar siyosiy hokimiyatni qo‘lga kiritib, mamlakatda hukmronlik qilishdi.1
Bir paytlar siyosiy hokimiyat cho'qqisiga chiqqan samuraylar qadimgi aristokratiyaning saqlanib qolgan madaniy merosi hukmronligiga duch keldilar. Shunday qilib, syogunatning asosiy vazifalaridan biri aristokratik madaniyatga qarshi turadigan o'z madaniyatini, birinchi navbatda, badiiy madaniyatni yaratish edi. Uni yaratishdagi faoliyat natijasi o‘laroq XIII asr boshlarida “Gunki” harbiy-tarixiy dostonining paydo bo‘ldi. Gunki janrining yorqin namunasi sifatida “Taira xonadoni haqidagi ertak” yoki “Heyke Monogatari” nomli asarni ko‘rsatishimiz mumkin. Janrning sifat jihatidan yangi pog‘onaga olib chiqilishi bilan bir qatorda adabiyot ixlosmandlari orasida ham o‘zgarishlar ro‘y berdi. Agar Heyan davri madaniyati o‘zining faqatgina yuqori tabaqa vakillari uchun yozilganligi va aholining asosiy qismi uchun mavjud emasligi bilan ajralib tursa, Kamakura davrida bu chegaralar sezilarli darajada kengaydi. Yaponshunos olim va tadqiqotchi N.I.Konrad shunday yozadi: “Birinchidan, kitobxonlar doirasi butunlay o‘zgardi; adabiy asarlar yangi hayot, yangi davlat shakllari va yangi madaniyat: samuraylar to‘g‘risida yaratila boshlangandi. O‘quvchi endi boshqa doiraga tegishli bo‘la boshlagan. O‘ziga xos fikrlash tarziga ega ijtimoiy muhit shakllana boshlagan. Bu doiraning chegaralari ham sezilarli darajada kengayib: ular Yaponiyada misli ko‘rilmagan o‘quvchilar ommasini o‘z ichiga olgan. Adabiyot nafaqat yangi odamlar tomonidan o‘qilgan, balki o‘zining avvalgi, mohiyatan ancha ekzotik xususiyatini yo‘qotib, qamrovi kengaygan.”
Agar dastlabki gunkilar asosan yirik feodal urug‘lari o‘rtasidagi tartibsizliklar va qarama-qarshiliklarga bag‘ishlangan bo‘lsa, keyinchalik bu janrda yozilgan asarlar alohida taniqli shaxslarning taqdiriga asoslanadi. “Aka-uka Soga ertaklari” va “Yoshitsune ertaklari” kabi gunkilar XV asrdan oldin yozilgan, ammo XIII-XIV asrlarda og‘zaki muhitda mavjud bo‘lgan oldingi hikoyalarga asoslangan.2
Harbiy hikoyalar, qoida tariqasida, bitta muallifga ega emas edi va odatda bir vaqtning o‘zida bir guruh odamlar tomonidan tuzilgan. Ularning paydo bo‘lishining zaruriy shartlaridan biri Yaponiyada Heyan davridan buyon mavjud bo‘lgan, qadimgi rivoyatlar, afsonalar va miflarni yodga soladigan, kataribe hikoyachilarining uyushgan faoliyati edi, buning natijasida og‘zaki hikoya katarimononing maxsus janri shakllandi. Ikkinchidan, oʻsha davrdagi buddaviy ibodatxonalarda nafaqat vaʼzlarni, balki setsuva janridagi ibratli hikoya va rivoyatlarni ham omma oldida aytish anʼanasi mavjud boʻlib, bu ham harbiy afsonalarning paydo boʻlishiga taʼsir qilgan.
Bunday hikoyalar boshidan ohirigacha mualliflar tomonidan tuzilmagan, balki ularni turli vaqt oralig‘ida ko‘p marta tahrir qilinish va qayta yozish natijasida yuzaga kelgan. Rivoyatlarning tarqalish usuli yo yozma matn (yomimono) larni jamlash, yoki biva-hoshi – yurib hikoya qiluvchilarning og‘zaki hikoyalari an’anasi bo‘lib, buning natijasida asarlar nafaqat yirik shaharlarda, balki viloyatlarda ham mashhur bo‘lgan. Biva-hoshi buddist ruhoniy qiyofasida sayohat qilib, to‘rt torli biva musiqa asbobi va leyta jo‘rligida samuraylar to‘g‘risidagi afsonalarni aytib bergan. Rivoyatchilar voqealarning barcha sanalari, geografik joylashuvi, voqealar ketma-ketligi va ularda ishtirok etgan jangchilarni sanab o‘tishgan, chunki qahramonlarning voqealari va mardonavorlarini bunchalik batafsil bayon qilish ularning ruhini tinchlantirishga xizmat qilishi mumkin, degan qarsh mavjud bo‘lgan. Shunga qaramay, ba’zida ular o‘yin –kulgu uchun ha ishlatilgan.
Umuman olganda, rivoyatlarning yaratilish tarixini quyidagicha ifodalash mumkin: ularning alohida epizodlari og‘zaki ravishda jangchilar orasida tug‘ilgan, aksariyat hollarda yozma adabiyotga qo‘shilmagan. Keyin ular ko‘zi ojiz rohiblar tomonidan mamlakat bo‘ylab yoyildi va shu shaklda monastirlarga keldi. Oʻrta asr Yaponiya monastirlari madaniyat markazlari boʻlgan. Butun mamlakatdan odamlar, shu jumladan biva-hoshilar ham bu yerga yig‘ilishgan. Bilimli rohiblar voqealar asosida yilnomalar tuzib, qadimiy asarlarni qayta yozganlar, masalan Yaponiyadagi birinchi adabiy yodgorlik Kojikining (VIII asr) eng qadimgi qo‘lyozmasi XIV asrda monastirda ko‘chirilganligi ma’lum. Shunday qilib, monastirda gunkilar ham qayta ishlanishi va yozib olinishi mumkin bo‘lgan. Ularning yozma rivoyat asarlarida (yorimono) qayd etilishining boshlanishini XII-XIII asrlar boshiga to‘g‘ri keldi deb aytish mumkin.3



Download 62,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish