Qosimov Mirjalol



Download 20,13 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi20,13 Kb.
#239072
Bog'liq
javoblar


Qosimov Mirjalol

40-variant



  1. Iqtisodiy taraqqiyotning mazmuni va ko'rsatkichlari

  2. Soliqlarning turkumlari

  3. Ochiq iqtisodiyot va uning o'ziga xos belgilari

Mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalari, tarmoqlari va hududlarida puxta asoslanib amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida yildan-yilga barqaror o‘sib borayotgani mustaqil taraqqiyot yo‘lining yo‘nalishi naqadar to‘g‘ri tanlanganligini ko‘rsatib turibdi. Birinchi Prezidentimiz I. Karimov asarlarida va ma’ruzalarida mustaqil iqtisodiy taraqqiyotning yo‘l-yo‘riqlari, yo‘nalishlari va natijalari batafsil bayon qilinib, ko‘rsatib berilmoqda. Lekin iqtisodiy adabiyotlarda asosan iqtisodiy o‘sish haqida gap yuritilib, iqtisodiy taraqqiyot muammosiga kam e’tibor berilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot juda keng qamrovli muammo bo‘lib, uni bu yerda har taraflama va batafsil yoritib bera olmaymiz, balki uning ayrim bizningcha muhim jihatlariga to‘xtalamiz. Iqtisodiy taraqqiyot va iqtisodiy o‘sish tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq jarayonlar bo‘lsada, ular bir-biridan farq qiladi. Iqtisodiy taraqqiyot uzoq muddatli va keng qamrovli jarayon boiib, kengaygan takror ishlab chiqarishga asoslangan holda ishlab chiqaruvchi kuchlar va iqtisodiy munosabatlaming o‘zaro ziddiyatda va ta’sirda bo‘lib, to'xtovsiz rivojlanishida o‘z aksini topadi.

Iqtisodiy taraqqiyot iqtisodiyotning ma’lum bir tomonga ya’ni pastdan yuqoriga, oddiylikdan murakkablikka tomon yo‘naltirilgan to‘xtovsiz sodir bo‘ladigan to‘lqinsimon harakatidir. Iqtisodiy taraqqiyot zamon va makon jihatdan keng qamrovli bo‘lib, uzoq davrlami qamrab oladi va bir qancha bosqichlami bosib o‘tadi. Bunda har bir yangi progressivroq bosqich o‘zidan oldingi bosqichni inkor etadi va keyinroq borib o‘zidan keyingi, bundan ko‘ra progressiv bo‘lgan bosqichga o‘z o‘mini bo‘shatib beiddi, to‘g‘rirog‘i keyingi progres­sivroq bo‘lgan bosqich tomonidan inkor etiladi. Iqtisodiy taraqqiyot bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki tomonning ishlab chiqaruvchi kuchlar va iqtisodiy munosabatlaming birligida va ulaming o‘zaro dialektik ta’sirida ro‘y beradi.

Iqtisodiy taraqqiyot ko‘p qirrali bo‘lganligi uchun u ko‘pgina ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Ulaming asosiylari:

1. Ishlab chiqaruvchi kuchlaming (mehnat predmetlari, mehnat qurollari, ishchi kuchi) rivojlanish darajasi mehnatning energiya yangi texnika va texnologiya bilan qurollanish darajalari bilan belgilanadi. Bu ko‘rsatkichlaming qanchalik rivojlanganligi ishlab chiqarish omillari: mehnat, kapital, yer unumdorligi ko‘rsatkichlarining o‘sishida o‘z ifodasini topadi;

2. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish, diversifikatsiyalash jarayonlarining borishi;

3. Fan texnika va texnologiyalar taraqqiyoti, ulardan unumli foydalanish va mamlakat iqtisodiy quwatining yuksalishi;

4. Iqtisodiy munosabatlaming rivojlanib, shu davrdagi ishlab chiqamvchi kuchlar rivojlanish darajasi va sifatiga mos kelishi va ular rivojlanishini rag‘batlantirish darajasi. (Bunda mulkchilik ayirboshlash, taqsimot, iste’mol munosabatlarining rivojlanganlik darajasi);

5. Iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari: YalM va milliy daromad hajmining alohida olingan yillar bo‘yicha o‘sishi va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdorining o‘sishi;

6. Iqtisodiyotning muvozanatli va mutanosibli rivojlanib ortiqcha (talabdan oshiq) ishlab chiqarish, behuda sarf harajatlaming, oxir oqibatda inqirozlaming oldini olish darajasiga;

7. Inson hayoti farovonligining miqdor va sifat jihatdan o‘sish darajalari;

8. Kapital, jamg‘arish va investitsiyalaming o‘sishi;

9. Qo‘shimcha mahsulot miqdorining ko‘payib borishi.

Iqtisodiy taraqqiyot juda ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, turli xil yo‘nalishlarda va shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Ulardan asosiylari:

1. Markazdan turib rejalashtirish va taqsimlash asosida boshqariladigan ma’muriy buymqbozlikka asoslangan yo‘l;

2. Jahonning ko‘pchilik mamlakkatlarida amalga oshirilib rivojlanish yo‘lini ochib berayotgan bozor iqtisodiyoti yo‘li.

2.savol

Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli bo‘lib, moliyaviy munosabatlaming tarkibiy qismini tashkil qiladi. Soliq - bu davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablagiarni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan byudjetga majburiy to‘lovlarni undirish shakli.

Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.

Soliqlami turkumlashga turli xil mezonlar asosida yondashiladi. Soliq stavkasi va daromadlar o‘rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda progressiv (o‘sib boruvchi), proporsional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga bo‘linadi.

Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o‘sib boruvchi soliqlar progressiv soliqlar deyiladi.

Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi pasayib boruvchi soliqlar regressiv soliqlar deyiladi.

Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o‘zgarishsiz qoluvchi soliqlar proporsional soliqlar deyiladi.

Soliqlar amal qilish doirasi (markaziy va mahalliy soliqlar), mahsulot tannarxiga qo‘shilish usuli (to‘g‘ri va egri soliqlar) va iqtisodiy mazmuniga qarab ham turkumlanadi.



3-savol

Umuman olganda iqtisodiyot ikki xil bo'ladi. Bular yopiq va ochiq iqtisodiyot. Yopiq iqtisodiyot tabiatan an’anaviy iqtisodiyot, bu bozor tizimining o'tmishdoshidir. Yopiq iqtisodiyot shunday iqtisodiyotki, u o'z qobig'iga o'ralgan bo‘lib, o ‘zidan tashqi dunyo bilan aloqaga kirishmaydi, o ‘zini-o‘zi ta’minlash qoidasiga asoslanadi. Bunday qtisodiyot konservativ, eskilikni uzoq saqlab qoladi, modernizatsiya (yangilanish)ga moyil bo'lmaydi. Shu sababli u istiqbolsiz hisoblanadi. Yopiq iqtisodiyot tarixiy o'tmish, lekin hozirgi sivilizatsiyadan ajralib o ‘rmon, chakalakzorlarda qolib ketgan qabilalarda uchraydi. Yopiq iqtisodiyotning aksi ochiq iqtisodiyotdir.

Ochiq iqtisodiyot — bu tashqi iqtisodiy aloqalarga kirishgan, ularning afzalligiga tayanib, rivojlanib boruvchi iqtisodiyotdir. Ochiq iqtisodiyot tushunchasi milliy iqtisodiyotga nisbatan qo‘llaniladi. Uning ochiqlik darajasi turli mamlakatlarda har xil, albatta. Buni turli mezonlarga qarab aniqlanadi:

1. Iqtisodiyotning eksport salohiyati. Agar eksport YalMga nisbatan qanchalik ko'p bo'lsa, ochiqlik darajasi shunchalik yuqori bo'ladi. Masalan, Gollandiyada eksport YalM ning 3/4 qismiga teng bo'lganidan bu yerda ochiqlik darajasi yuqori, deb aytish mumkin. O'zbekiston iqtisodiyotining ham ochiqlik darajasi yuqori, chunki eksportning YalMdagi lussasi katta hisoblanadi.

2. Iste’molda importning hissasi. Agar bu hissa qanchalik yuqori bo'lsa, iqtisodiyot shunchalik ochiq hisoblanadi. Ammo buning uchun import kafolatlanishi kerak. Importga qarab ochiqlik darajasiga baho berilganda uning kafolatining bo'lishi nazarda tutiladi, chunki shundagina aholi ta’minotida uzilishlar bo'lmaydi.

3. Iqtisodiyotga yubonladigan investitsiyalarda xorij investitsiyalarining hissasi va chetga chiqarilgan kapitalning jami kapitaldagi hissasi. Agar ichki investitsiyalarda xorijdan kelgan mablag'lar ulushi qanchalik katta bo'lsa, kapital tashqariga qanchalik ko'p chiqsa, iqtisodiyot shunchalik ochiq hisoblanadi.



4. Mehnat resurslari tarkibida xorijdan kirib kelgan va xorijga chiqib ketgan ish kuchi hissasi. Bu ko'rsatkich qanchalik katta bo'lsa, mamlakat iqtisodiyoti shunchalik ochiq hisoblanadi.

Xullas, milliy iqtisodiyotning ochiqligi tovarlar, kapital va ish kuchining naqadar mamlakatga kirib va undan chiqib turishiga qarab belgilanadi. Biroq bular ochiqlikni ta ’minlashda har xil o ‘rin tutadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlarda ular iqtisodiyotining ochiqligini ko‘p hollarda kapitalning chetga chiqishi, texnologiyalar eksporti ko‘p bo‘lgani holda iste’mol tovarlari importining kattaligi belgilaydi. Aksincha, iqtisodiyoti rivojlanib ulgurmagan m amlakatlarda uning ochiqligini bclgilashda xomashyo va energoresurs hamda iste’mol tovarlari eksporti, kapital va texnologiya importining ustuvorligi asosiy hisoblanadi. Iqtisodiyotning ochiqligi ichki ziddiyatga ega. Agar ochiqlik iqtisodi baquwat mamlakatlarga ustuvorlik bersa, iqtisodi zaif mamlakatlarda chet elga qaramlik hosil qiladi.
Download 20,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish