Ularga (ya'ni, mushriklarning qilmishlari sababli) g'amgin bo'lmang! Ularning makr qilishlaridan
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
178
siqilmang ham!
128. Zotan, Alloh taqvoli bo'lganlar va ezgu ish qiluvchilar bilan birgadir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
179
O’N BESHINCHI JUZ’
*************************
AL-ISRO SURASI
Isro - tunda sayr qildirish. Bu Islom tarixida mashhur hodisa bo'lib, Muhammad (a. s.) ning hijratdan bir yil
oldin Makkadagi Masjidi Harom (Ka'ba)dan Qudsi sharifdagi Masjidi Aqsoga bir zumda sayr qilib yetib
borishlari bilan izohlanadi. Surada Isroil avlodi haqida ham muhim tarixiy ma'lumotlar beriladi. Shuning uchun
uni Bani Isroil surasi deb ham ataladi. Tavhid, imon, e'tiqod, ibodat, solih amallar, ota-onani rozi qilish kabi
fazilatlarga targ'ib bilan bir qatorda shirk, kufr, ma'siyat, zulm kabi yomon sifatlardan xoli bo'lishga da'vat
etuvchi oyatlar suradan joy olgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (O'z) bandasi (Muhammad)ga mo''jizalarimizdan ko'rsatish uchun tunda, (Makkadagi) Masjidul-
Haromdan (Qudsdagi) Biz atrofini barakotli qilib qo'ygan Masjidul-Aqsoga sayr qildirgan zot tasbeh
aytishga (loyiqdir). Darhaqiqat, U eshituvchi va ko'ruvchidir.
Izoh: Isro bilan me'rojning bir-biridan farqlash lozim. Isro - bu Muhammad (a. s.) ning Makkadan Qudsga -
Aqso masjidiga borishlari. Me'roj Aqsodan osmonga ko'tarilib samoviy sayr qilib qaytganliklaridir. Shu me'roj
kechasida musulmonlar zimmasiga besh vaqt namoz o'qish farz qilingan. Isro va me'roj kechasi har yili hijriy
taqvim bo'yicha rajab oyining 27-kechasi diniy bayram sifatida nishonlanadi.
2. (Biz) Musoga Kitob (Tavrot)ni ato etdik va uni Isroil avlodi uchun hidoyat qilib (dedik): "Mendan
o'zgani vakil qilib olmanglar!"
3. "(Ey,) Biz (g'arq bo'lishdan qutqarib,) Nuh bilan birga (kemada) ko'tarib najot bergan kishilarning
zurriyotlari! Albatta, u ko'p shukr qiluvchi banda edi".
4. Shuningdek, Biz Isroil avlodiga Kitobda: "Sizlar, albatta, (Shomdek) zaminda ikki marta
buzg'unchilik qilursizlar va katta tug'yonga ketursizlar", - deb xabar berdik.
5. Bas, qachonki, u (buzg'unchilik)lardan avvalgisining belgilangan vaqti kelganida, sizlarning ustingizga
(jazolash uchun) kuch-quvvatga ega bo'lgan bandalarimizni yubordik. Ular hovlima-hovli kezdilar. (Bu
va'da) ado etiluvchi va'da edi.
Izoh: Ular Shom zaminida mazkur ikki buzg'unchilikdan birinchisiga qo'lurib, Armiyo payg'ambarni hibs,
Zakariyoni qatl qilganlaridan keyin Allohning irodasi bilan ularni ustiga Bobil hukmdori mashhur mushrik
Buxtinassirning qo'shinlari bostirib keladi va yurtni vayron qilib, Tavrotni kuydirib, 70000 nafar xalqini qirib
tashlaydi. Boshqa rivoyatlarda Buxtinassir o'rniga Jolut yoki Naynavo hukmdori Sanjorib edi, deyiladi.
6. So'ngra (tavba qilganlaringizdan keyin) ularning (Bobil hukmdorining) ustidan g'alabani sizlarga
qaytardik va sizlarga mol-dunyo va farzandlar bilan madad berib, adadingizni ko'paytirdik.
7. Agar (shundan keyin) ezgu ish qilsangizlar - o'zlaringizga ezgulik qilgan bo'lursizlar. Agar yovuzlik
qilsangizlar ham o'zlaringiz uchundir. Bas, qachon keyingi (buzg'unchilikning) belgilangan vaqti
kelganida, (ular yana) yuzlaringizni shuvut qilishlari, oldingi safar kirganlari kabi Masjid (Baytul-
Maqdis)ga kirib, (uni toptashlari) uchun hamda o'zlari egallab olgan (barcha) yerlarni vayron etishlari
uchun (dushmanlaringizni yana ustingizga yuborurmiz).
8. (Agar tavba qilsangizlar), shoyad Rabbingiz sizlarga rahm qilsa. Agar (yana buzg'unchilikka)
qaytsangizlar, biz ham (halok etishga) qayturmiz. Kofirlar uchun esa jahannamni zindon qilib
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
180
qo'yganmiz.
9. Albatta, bu Qur'on eng to'g'ri yo'lga hidoyat etur va ezgu ishlarni qiladigan mo'minlarga katta
mukofot borligi (haqida) bashorat berur.
10. Shuningdek, oxiratga ishonmaydiganlar uchun alamli azob tayyorlab qo'yganimizni(ng) ham
("bashorati"ni berur).
11. Inson (Allohdan) yaxshilik so'rab duo qilgani kabi (goho siqilgan paytlarida) yomonlik tilab ham duo
qilur. Inson (mana shunday) shoshqaloqdir.
12. Biz kecha va kunduzni (qudratimizni ko'rsatib turadigan) ikki belgi qilib qo'ydik. Kechaning
belgisini o'chirdik. Kunduz alomatini esa, Rabbingizdan fazl (rizq) istashlaringiz uchun hamda yillar
sanog'ini va hisobini bilishlaringiz uchun yorug'lik qilib qo'ydik. Barcha narsani batafsil bayon qilib
qo'yganmiz.
13. Biz har bir insonning amalini bo'yniga kilib qo'ygandirmiz. Qiyomat kunida unga ochiq holda
uchratadigan kitobni (Nomai a'molini) chiqarib berurmiz.
14. (Unga aytilur): "Kitobingni o'qi! Bugun o'z shaxsing o'zingga qarshi yetarli hisobchidir".
15. Kim hidoyat yo'liga yursa, bas, o'zi uchun yurar. Kim (hidoyat) yo'lidan chalg'isa, u ham o'z ziyoniga
chalg'ir. Hech bir (yuk) ko'taruvchi (gunohkor shaxs) o'zga jonning yukini (gunohini) ko'tarmas. To
payg'ambar yubormagunimizcha (biror kimsani) azoblovchi bo'lmadik.
16. Biror shaharni halok qilishni istasak, undagi maishat ahlini (itoat etishga) buyuramiz va ular
itoatsizlik qilishgach, u shahar (aholisi) ustiga (azob haqidagi) so'z muqarrar bo'lur. Bas, biz uni
vayronaga aylantirurmiz.
17. Nuh (qavmi)dan keyin ham qancha avlodlarni halok qildik. Rabbingiz o'z bandalarining
gunohlaridan yetarli xabardor va ko'ruvchidir.
18. Kimki naqd (dunyo)ni istasa, Biz (shu dunyoda) O'zimiz istagan kimsalarga xohlaganimizcha naqd
qilib berurmiz. So'ngra (oxiratda) jahannamni xor va zor bo'lgan holida toblanadigan joy qilib
berurmiz.
19. Kimki oxiratni istasa va mo'minlik holida (o'z) sa'yi bilan harakat qilsa, bas, unday zotlarni sa'ylari
(Alloh nazdida) manzurdir.
20. (Ey, Muhammad,) barchaga - mana bu (mo'min)larga ham, anavi (kofir)larga ham Rabbingizning
ne'matidan ato eturmiz. Rabbingizning ne'mati (hech kimdan) man qilinmas.
21. (Bu dunyoda) ularning birlaridan birlarini (rizq va martabada) qanday ustun qilganimizni ko'ring!
Shak yo'qki, oxirat darajalari kattaroq va afzalroqdir.
22. Allohga yana biror "iloh"ni qo'sha ko'rmang! Aks holda qoralanuvchi va mahrum bo'lib qolursiz!
23. Rabbingiz, Uning O'zigagina ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Ey,
inson, agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga "uf" demagin va
ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so'z ayt!
24. Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik aanotini past tut va (duoda): "Ey, Rabbim! Meni (ular)
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
181
go'daklik chog'imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin", - deb ayt!
25. (Ey, insonlar,) Rabbingiz dillaringizdagi narsa (sir)laringizni yaxshi biluvchidir. Agar sizlar solih
bo'lsangizlar, albatta, U tavba qiluvchilarni mag'firat etuvchidir.
26. Qarindoshga, miskin va yo'lovchiga (xayr ehson qilish bilan) haqlarini ado eting va isrofgarchilikka
mutlaqo yo'l qo'ymang!
27. Chunki, isrofgarlar shaytonlarning birodarlaridir. Shayton esa Parvardigoriga o'ta noshukr edi.
28. Agar siz Rabbingiz (tomoni)dan bo'ladigan marhamatdan umidvor holingizda ulardan (qarindosh,
miskin va yo'lovchilardan) yuz o'giradigan (yordam bermaydigan) bo'lsangiz, u holda ularga yumshoq
so'z ayting!
29. (Baxillik qilib) qo'lingizni bo'yningizga bog'lab ham olmang. (Isrofgarchilik qilish bilan) uni
butunlay yoyib ham yubormang! Aks holda, malomat va mahrumlikda qolursiz.
30. Shubhasiz, Rabbingiz O'zi xohlagan kishilarning rizqini keng ham, tang ham qilur. Albatta, U
bandalaridan ogoh va (ularni) ko'rib turuvchi zotdir.
31. (Ey, insonlar), bolalaringizni qashshoqlikdan qo'rqib o'ldirmangizlar - ularga ham, sizlarga ham Biz
rizq berurmiz. Ularni o'ldirish, shubhasiz, katta xatodir.
32. Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki u buzuqlik va yomon yo'ldir.
33. Alloh taqiqlagan jonni o'ldirmangiz, magar haq (shar'iy sabab) bilangina mumkin. Kimki zulman
(ya'ni, nohaq) o'ldirilsa, Biz uning egasi (vorisi) uchun (qasos olishga) saltanat (huquq) berdik. Bas, u
(qotilni) o'ldirishda haddan oshmasin! Zero, u yordam beriluvchi shaxsdir.
Izoh: Qasosda qotilni o'ldiriladi, lekin shu oliy jazoni adolatli ijro etish talab qilinadi. Masalan, botil qolib,
boshqa shaxsni o'ldirmaslik, bir qotil evaziga bittadan ortiq kishini o'ldirmaslik yoki jazo asnosida
jazolanuvchiga g'ayri insoniy qiynovlar bermaslik shart qilinadi.
34. Yetimning moliga, to u voyaga yetgunicha, yaqinlashmanglar, illo chiroyli yo'sinda bo'lsa mayli.
Ahdga vafo qilinglar! Zero, ahd (Qiyomat kuni) so'raladigan ishdir.
35. (Savdo-sotiqda) o'lchagan vaqtlaringizda o'lchovni to'lato'kis qilinglar va to'g'ri tarozida tortinglar!
Mana shu yaxshi va chiroyli yechim (hukm)dir.
36. (Ey, inson), o'zing (aniq) bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko'z, dil – bularning barchasi
to'g'risida (har bir inson) mas'ul bo'lur (javob berur).
37. Yer yuzida kibrlanib yurmagin! Chunki sen (oyoqlaring bilan) zinhor yerni tesha olmaysan va
uzunlikda tog'larga yeta olmaysan.
38. Bularning barchasi Rabbingiz nazdida makruh bo'lgan gunoh(lar)dir.
39. (Ey, Muhammad), bu (oyatlar) Rabbingizning Sizga vahiy qilgan hikmatlaridan (ba'zilari)dir.
Allohga boshqa biror "iloh"ni nisbat bermang! Aks holda malomatlangan va (Alloh rahmatidan)
mahrum bo'lgan holda jahannamga tashlanursiz.
40. (Ey, mushriklar), Rabbingiz sizlarni o'g'illar bilan mumtoz etib, (O'ziga) farishtalarni qiz qilib
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
182
olibdimi?! Darhaqiqat, sizlar og'ir so'zni so'zlamoqdasiz!
41. Albatta, bu Qur'onda ularning eslatma olishlari uchun (turli masal va hikmatlarni) bayon qildik.
(Lekin bu eslatmalar) ularni yanada (haqdan) yiroqlashtirmoqda.
42. Ayting: "Agar ular aytganlaridek Alloh bilan birga (boshqa) ilohlar ham bo'lsa edi, u holda ular
Arsh sohibi (Alloh) sari yo'l izlagan bo'lur edilar".
Izoh: Ya'ni Allohga yaqin do'st bo'lib, undan madad olish niyatida, uni izlagan bo'lur edilar.
43. Ular aytgan narsadan U pok va nihoyat darajada yuksakdir.
44. Yetti osmon, Yer va ulardagi bor jonzot Unga tasbeh aytur. Mavjud bo'lgan barcha narsa hamd
bilan Unga tasbeh aytur. Lekin sizlar ularning tasbehlarini anglamaysizlar. Darhaqiqat, U halim va
kechirimli zotdir.
45. (Ey, Muhammad,) Ciz Qur'on qiroat qilganingizda, Biz Siz bilan oxiratga ishonmaydiganlar
o'rtasiga yopiq parda tortib qo'yurmiz.
46. Shuningdek, (Qur'onni) anglay olmasinlar deb ularning dillarida to'siqlar va quloqlarida og'irlik
(karlik) paydo qilurmiz. Qachonki, Siz Qur'onda yolg'iz Rabbingizni zikr qilsangiz, (mushriklar)
orqalariga burilib keturlar.
47. Biz ularning Sizga (qiroatingizga) quloq tutayotgan paytlarida nima sababdan quloq tutayotganlarini
va zolimlar o'zaro shivirlashib, (mo'minlarga): "Aniqki, sehrlangan va aqldan ozgan kishiga
ergashmoqdasizlar", -deyayotganlarini juda yaxshi bilurmiz.
48. (Ey, Muhammad,) ular Sizning haqingizda (sehrlangan, majnun, shoir deb) qanday misol
keltirganlarini, bas, adashib, so'ng yo'lni topa olmayotganlarini ko'ring!
49. Ular: "Suyak va (chirik) murdalarga aylanib ketgach, haqiqatan ham yangitdan yaralib,
tirilurmizmi?!" - deydilar.
50. Ayting: "Xoh tosh yo temir bo'linglar.
51. Yoki ko'ngillaringizda (tirilishi) qiyin bo'lgan boshqa biror maxluq bo'linglar, (bari bir Alloh sizlarni
tiriltirur)". Hali ular: "Bizlarni kim qayta tiriltira olur?" - deydilar. "Sizlarni ilk bor yaratgan zot" deb
ayting! Hali ular boshlarini chayqab: "U (kun) qachon bo'lur?" deb (so'raydilar). "Shoyadki yaqin
bo'lsa" deb ayting!
52. "U sizlarni chorlaydigan kunda Unga hamd (aytish) bilan javob berursizlar va o'zlaringizning
(dunyoda) oz (muddat)gina turganlaringizni o'ylab qolursizlar".
53. Bandalarimga aytingki, ular (o'zaro) go'zal (so'zlardan) so'zlasinlar. Zero, shayton ularning
o'rtalarida buzg'unchilik qilur. Darhaqiqat, shayton insonga aniq dushmandir.
54. (Ey, insonlar,) Rabbingiz sizlarni yaxshi biluvchidir. Xohlasa sizlarga rahm qilur, xohlasa - sizlarga
azob berur. (Ey, Muhammad, Biz) Sizni (odamlar) ustidan muakkal qilib yuborgan emasmiz.
Izoh: Ya'ni Sizni faqat ilohiy vahiy asosida Islom ta'limotini ummatingizga yetkazib qo'yish uchun yuborganmiz.
55. Rabbingiz osmonlar va Yerdagi bor jonzotni yaxshi biluvchidir. Haqiqatan, (Biz) ba'zi
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
183
payg'ambarlarni ba'zilaridan afzal qildik va Dovudga Zaburni berdik.
56. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Uni (Allohni) qo'yib (iloh) deb gumon qilgan
(ma'buda)laringizga iltijo etinglarchi, ular sizlardan biror zararni arita olarmikinlar va (uni) burib
yubora olarmikinlar?!"
57. Ular (iloh deb) iltijo qilayotganlarning o'zlari ham Parvardigorga qaysi biridir yaqinroq bo'lishga
yo'l izlaydilar. Uning rahmatidan umid qilurlar, azobidan esa qo'rqurlar. Darhaqiqat, Rabbingizning
azobi qo'rqinchlidir.
58. (Yer yuzida) biror qishloq (shahar ahli) yo'qki, Biz ularni qiyomat kuni (kelishi)dan ilgari halok
qiluvchi bo'lmasak yoki ularni qattiq azob bilan azoblovchi bo'lmasak. Bu hukm Kitobda (Lavhul-
Mahfuzda) bitilgandir.
59. (Ey, Muhammad, mushriklar so'ragan) mo''jizalarni yuborishdan Bizni faqat avvalgi (ummat)lar u
(mo''jiza)larni yolg'onga chiqarganlarigina man etdi. Samud qabilasiga ochiq (mo''jiza sifatida) tuyani
ato etganimizda, unga zulm etdilar. Biz mo''jizalarni faqat (odamlarni halokatdan) qo'rqitish uchungina
yuborurmiz.
60. Eslang, (ey, Muhammad,) Sizga Rabbingiz (barcha) odamlarni (o'rab) ihota qilib olgandir, degan
edik. Biz Sizga ko'rsatgan tushni va Qur'onda la'natlangan (Zaqqum nomli) daraxtni odamlar uchun
faqat sinov qildik. Biz (mushriklarni shu kabi xabarlar bilan) qo'rqiturmiz, ammo bu ularning
tug'yonlarini yanada kuchaytiradi, xolos.
Izoh: Bu oyatdagi Tush tafsiri turlicha bayon etilgan. Hanafiy mufassirlar Badr jangidan oldin ko'rgan tushlari
deb izohlab, unda musulmonlar g'alabasi haqida bashorat berilgan edi, deydilar. Boshqa mazhablarga doir
mufassirlar esa, bu tushdan maqsad me'roj voqealari, deb talqin etadilar. Shu ikki xil tafsirga binoan
me'rojning uyg'oq holda yoki tushda kechganligi haqida ikki xil aqida paydo bo'lgan. Tushni me'roj deyilsa,
Payg'ambarimiz (a. s.) jismonan emas, ruhan me'rojga chiqqan bo'ladilar. Tushni Badr jangidagi g'alaba deb
olinsa, Rasululloh jismonan isro va me'rojda bo'lganlar, degan aqida kelib chiqadi. Biz - hanafiylar shu oxirgi,
ya'ni, jismonan chiqqanliklarini tasdiqlaymiz. Makka mushriklariga Badr g'alabasi hamda Zaqqum daraxti
to'g'risida gapirganlarida, ular Rasulullohni masxara qilganlar. Badr g'alabasiga ham ishonmaganlar, do'zax
olovi ichida daraxt o'sishini ham inkor etganlar.
61. Eslang, (Biz) farishtalarga Odamga sajda qiling, deyishimiz bilan sajda qildilar. Faqat iblis
(kibrlanib): "Sen loydan yaratgan kimsaga sajda qilamanmi?" - dedi.
62. U (yana shunday) dedi: "Menga xabar bergin-chi, mana shu kimsani mendan ko'ra mukarram
qildingmi? Qasamki, agar meni Qiyomat kunigacha (tirik) qoldirsang, albatta, men uning zurriyotini
qirib yuborurman (ya'ni, halokat yo'llariga burib yuborurman), faqat ozchiliklarigina (haq yo'lda)
qolurlar".
63. (Alloh) aytdi: "Bor, (senga Qiyomatgacha muhlat berdim). Bas, ulardan kimki senga ergashsa, u
holda, shubhasiz, jahannam sizlarga to'liq jazo bo'lur!
64. Ulardan kuching yetgan kimsani ovozing (vasvasang) bilan qo'zg'at, ularning ustiga otliq va piyoda
(lashkaringni) tort, boyliklari va farzandlarida ularga sherik bo'l (ularni haromdan orttirishga unda),
ularga (yolg'on) va'da ber!". Darhaqiqat, shayton ularga faqat aldov narsalarnigina va'da qilur.
65. "Mening (mustahkam, solih) bandalarim ustidan esa sen uchun hech qanday saltanat (hukmronlik)
bo'lmas! Parvardigoring yetarli vakolat egasidir".
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
184
66. (Ey, insonlar,) Rabbingiz Uning fazlidan (rizq) izlashlaringiz uchun sizlarga dengizda kemalarni
yurgizib qo'ygan zotdir. Darhaqiqat, U sizlarga rahmlidir.
67. Dengizda sizlarga biror musibat yetsa, sizlar iltijo qiladigan (ma'buda)lar g'oyib bo'lur, faqat Undan
boshqa. Sizlarga najot berib quruqlikka chiqarib qo'ygach esa (Undan) yuz o'girursiz. Darhaqiqat, inson
noshukrdir.
68. Sizlarni (U) quruqlik tomonidan (yerga) yuttirib yuborishi yoxud ustingizdan tosh yog'dirishi,
so'ngra o'zlaringiz uchun biror vakil (saqlovchi) topolmay qolish (xavfi)dan xotirjammisizlar?!
69. Yoki U sizlarni yana (dengizga) qaytarib, ustingizga qattiq shamol yuborishidan, bas, kofir
bo'lganlaringiz sababli g'arq qilishidan, so'ngra sizlarga Bizdan o'ch olib beruvchi topa olmay qolishdan
ham xotirjammisizlar?!
70. Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va) mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizga (ot-
ulov va kemalarga) mindirib qo'ydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni O'zimiz
yaratgan ko'p jonzotlardan afzal qilib qo'ydik.
71. Biz barcha odamlarni o'z kitoblari (nomai a'moli) bilan chaqiradigan kun (Qiyomat)ni (eslangiz!)
Bas, kimgaki kitobi o'ng qo'lidan berilsa, aynan o'shalar o'zlariga qilchalik zulm qilinmagan holda,
kitoblarini o'qirlar.
Izoh: Nomai a'mol - ishlar bitigi. Ya'ni, yorug' dunyoda qilgan yaxshi - yomon ishlar farishtalar qo'li bilan
bitib yurilgan ish daftari yoki kitobi. U faqat qiyomat kuni o'z egasiga beriladi.
72. Kimki, bu (dunyo)da ko'r (gumroh) ekan, bas, u oxiratda ham ko'r va butunlay yo'ldan ozuvchidir.
73. (Ey, Muhammad, mushriklar) Sizni Bizning sha'nimizga, (vahiydan) o'zga narsalarni to'qib
chiqarishingiz uchun - Biz Sizga vahiy qilgan oyatlardan burib yuborishlariga oz qoldi. Xuddi o'shanda
Do'stlaringiz bilan baham: |