qilgan holda egilayotganini ko'rmadilarmi?!
49. Osmonlar va Yerdagi barcha narsa - jonivorlar va farishtalar ham kibr qilmagan hollarida faqat
Allohga sajda qilurlar.
50. Ular (farishtalar) ustilaridagi (kuzatib turgan) Parvardigorlaridan qo'rqurlar va faqat o'zlariga
buyurilgan ishlarnigina qilurlar. (49-50-oyat. Sajda oyati. )
51. Alloh: "Ikki xudoni iloh qilib olmanglar! Albatta, U yagona ilohdir! Bas, Mendangina qo'rqingiz!" -
dedi.
52. Osmonlardagi va Yerdagi barcha narsalar Uning mulkidir. Din (itoat qilish) Ungagina (bo'lishi)
vojibdir. Allohdan o'zgasidan qo'rqasizlarmi?!
53. Sizlarda qaysi bir ne'mat bo'lsa, albatta, u Allohdandir. Shuningdek, qachon sizlarga musibat yetsa
ham faqat Ungagina yolborasizlar.
54. So'ngra, (U) sizlardan (o'sha) musibatni daf etgach, sizlarning orangizdan bir to'da (chiqib)
Parvardigorlariga shirk keltirurlar.
55. Bu ularga berganlarimizga noshukrchiliklaridir. Bas, (ey, mushriklar,) "foydalanib" qolinglar.
Yaqinda, (qiyomat kunida haqiqatni) bilursizlar.
56. Ular Biz rizq qilib bergan narsalardan o'zlari bilmaydigan narsa (butlari) uchun nasiba ajraturlar.
(Ey, mushriklar), Allohga qasamki, albatta, sizlar o'zlaringiz to'qib olgan narsa (butlaringiz) to'g'risida,
albatta, so'ralursizlar.
57. Ular "Farishtalar Allohning qizlari" deyishib, da'vo qilishadi, U (bunday bo'htondan) pokdir.
O'zlariga esa ko'ngillari xushlaydigan narsani (ya'ni, o'g'illarni) nisbat berishadi.
Izoh: Ya'ni farishtalar Allohning qizlari deb, ikki jinsning a'losini o'zlariga, zaifini Allohga nisbat berishadi.
Vaholanki, o'zlariga qiz farzand bo'lishini xohlashmaydi. Bu ularning dunyoqarashlariga binoan mantiqiy
bahsdir. Aslida esa Allohning nazdida erkak bilan ayolning sharafi barobardir.
58. Qaysi birlariga qiz (ko'rgani haqida) xushxabar berilsa, g'azabi kelib, yuzlari qorayib ketar.
59. U (qiz)ni kamsitgan holda olib qolish yoki (tiriklay) tuproqqa qorish (to'g'risida o'y surib), o'ziga
xushxabar berilgan narsaning "yomon"ligidan (oriyat qilib,) odamlardan yashirinib olur. Ogoh
bo'lingizkim, ularning bu hukmlari yaroqsizdir.
60. Oxiratga imon keltirmaydiganlarda yomon masal bordir. Allohda esa eng oliy masal (sifat) bordir. U
qudrat va hikmat egasidir.
61. Agar Alloh odamlarni zulmlari sababli ushlaydigan (jazolaydigan) bo'lsa, unda (Yer yuzida) biror
jonivorni (tirik) qo'ymagan bo'lur edi. Lekin, ularni ma'lum muddatgacha qo'yib berur. O'sha
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
173
muddatlari yetib kelganida esa, uni biror soat ketga ham sura olmaydilar, oldinga ham.
62. Ular o'zlari yomon ko'radigan narsa (qiz bolalar)ni Allohga tirkab, yana tillari o'zlariga chiroyli
mukofot (jannat) bo'lishi haqida yolg'on so'zlaydi. Shubha yo'qki, ular do'zax ahllaridir va albatta, ular
(do'zaxga) birinchilar (qatorida tashlanuvchilar)dir.
63. (Ey, Muhammad), Alloh (nomim)ga qasamki, darhaqiqat, Biz Sizdan oldingi ummatlarga ham
payg'ambarlar yuborganimizda, shayton ularga o'zlarining (razil) ishlarini chiroyli qilib ko'rsatgan edi.
U bugun (bu dunyoda) ularning "do'sti"dir. (Oxiratda esa) ular uchun alamli azob bordir.
64. Biz Sizga imon keltiradigan qavm uchun hidoyat va rahmat bo'lmish Kitob (Qur'on)ni ularga o'zlari
ixtilof etayotgan narsalarini aniq qilib berishingiz uchungina nozil qildik.
65. Alloh osmondan suv (yomg'ir) yog'dirib, u sababli "o'lik" yerni "tiriltirdi". Albatta, bunda
(nasihatga) quloq tutadigan qavm uchun alomat bordir.
66. Darvoqe, sizlar uchun chorva hayvonlarida ham ibrat bordir; sizlarni ularning qorinlaridagi najosat
va qon oralaridan chiquvchi, (lekin) ichuvchilar uchun ishtahali toza sut bilan sug'orurmiz.
67. Xurmo va uzumlarning mevalaridan esa aroq va go'zal (halol) rizq olursizlar. Albatta, bunda ham
anglaydigan qavm uchun alomat bordir.
Izoh: Bu oyat nozil qilingan paytda hanuz aroq shar'an man etilmagan edi.
68. (Ey, Muhammad!) Rabbingiz asalarilarga vahiy (bo'yruq) qildi: "Tog'larga, daraxtlarga va
(odamlar) quradigan narsalarga in quringiz.
69. So'ngra turli mevalardan yeb, Parvardigoringiz (siz uchun) qulay qilib qo'ygan yo'llardan yuringiz!"
Ularning qorinlaridan odamlar uchun shifo bo'lgan turli rangdagi sharbat (asal) chiqur. Albatta, bunda
fikr yuritadigan qavm uchun alomat bordir.
70. Sizlarni Alloh yaratdi. So'ngra vafot etdiradi ham. Sizlarning orangizda eng tuban umr ko'rishga
(keksayib, zaif holatga) qaytarilib, ilgari bilgan narsalarining hech birini bilmay qoladigan kishilar ham
bordir. Albatta, Alloh bilimli va qudratlidir.
Izoh: Islomda oyat va hadis matnidan olingan "arzalul-umr" degan ibora bor. Ya'ni, eng tuban umr, qarib
qartaygan yosh. Shu necha yoshdan boshlanadi, degan masalada turli tafsirlar bor: birida 60 dan desa,
boshqasida 75 dan, yana bir rivoyatda 80 dan, boshqasida 90 dan keyin boshlanadi, deyiladi.
71. Alloh ba'zilaringizdan ba'zilaringizni rizqda yuqori qilib qo'ydi. Bas, bu (rizqda) yuqori qilinganlar
o'zlarining rizqlarini qo'l ostidagi (qul)lariga bermaydilarki, barchalari (rizqda) barobar bo'lib olsalar.
Bas, Allohning ne'matini inkor eturlarmi?!
72. Alloh sizlar uchun o'zlaringizdan juftlar yaratib, juftlaringizdan sizlar uchun o'g'illar va nabiralar
paydo qildi va sizlarni pok narsalardan rizqlantiradi. Bas, (ular) botil (butlar)ga imon keltirib, Allohning
ne'matini inkor eturlarmi?!
Izoh: O'zlaringizdan, ya'ni, inson jinsidan. Bu oyatda ishorat borki, juftlarimizning jinlardan yoki
farishtalardan bo'lmay, o'z jinsimiz - odamzotdan bo'lishi ham ulug' ne'mat ekan.
73. Allohni qo'yib, ular uchun osmonlar va yerdan biror narsani rizq qilib bermaydigan va bera
olmaydigan (but)larga sig'inadilarmi?!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
174
74. Bas, Allohga (zarbul) masal to'qimanglar! Albatta, Alloh bilur, sizlar bilmaysizlar.
75. Alloh shunday bir misol keltirur: hech narsaga kuchi yetmaydigan qaram qul bilan Biz o'z
tarafimizdan yaxshigina rizq berib, o'sha rizqdan yashirin va oshkora ehson qilayotgan (hur) kishi
barobar bo'ladimi? Hamd Allohga (xos)dir. Lekin ularning aksariyati (buni) bilmaydilar.
Izoh: Ya'ni harakatsiz, jonsiz but-sanamlar bilan butun koinot yaratuvchisi Alloh teng bo'lurmi?!
76. Alloh yana ikki kishi haqida misol keltirur: ulardan biri hech narsaga kuchi yetmaydigan soqovdir.
U egasiga (ortiqcha) yuk bo'lib (xojasi) uni qayerga yuborsa, biror yaxshilik (foyda) keltirmaydi. O'sha
kimsa bilan o'zi To'g'ri yo'lda bo'lgani holda, (o'zgalarni ham) adolatga buyuradigan kishi barobar
bo'lurmi?!
Izoh: Bu misolda ham but-sanamlar bilan Alloh taolo teng emasligi ta'kidlanmoqda.
77. Osmonlar va Yerning g'ayb (ilm)i Allohga xosdir. Qiyomat ishi (qoyim bo'lishi) ko'zni ochib-yumish
yoki undan ham yaqinroqdir. Darhaqiqat, Alloh hamma narsaga qodirdir.
78. Alloh sizlarni onalaringiz qorinlaridan biror narsani bilmaydigan holingizda chiqardi va shukr
qilishingiz uchun sizlarga quloq, ko'zlar va dillarni berdi.
79. Osmon fazosida (uchishga) bo'yin sundirilgan qushlarga boqmaydilarmi?! Ularni faqat Alloh tutib
turibdi-ku! Albatta, bunda imon keltiradigan qavm uchun alomatlar bordir.
80. Alloh sizlar uchun uylaringizni oromgoh qildi va sizlar uchun chorva hayvonlarining terilaridan
ko'chadigan kuningizda va qo'nadigan kuningizda yengil ko'tarib keta oladigan ovullar (bunyod) etdi
hamda (qo'ylarning) junlaridan, (tuyalarning) yunglaridan va (echkilarning) tivitlaridan ma'lum bir
vaqtga qadar foydalaniladigan jihoz va matohlar (yaratdi).
81. Alloh sizlar uchun o'zi yaratgan narsalardan soya joylar (bunyod) etdi va sizlar uchun tog'lardan
boshpanalar qildi hamda sizlar uchun issiq (va sovuq)dan asraydigan kiyimlar va sizlarni (turli) xavfdan
saqlaydigan sovutlar yaratdi. (Imon keltirib) musulmon bo'lursizlar, deb sizlarga o'z ne'matini U mana
shunday komil qilib berur.
82. (Ey, Muhammad,) agar ular (Sizdan) yuz o'girsalar, u holda Sizning zimmangizda faqat (haqiqatni)
ravshan qilib yetkazish bor, xolos.
83. (Ular) Allohning ne'matini taniydilar, keyin esa uni inkor etadilar. Ularning aksariyati kofirlardir.
84. Har bir ummatdan Biz bir guvohni (o'sha ummatning payg'ambarini) keltirib qo'yadigan kunni
eslang! So'ngra kofir bo'lganlarga (uzr aytish uchun) izn berilmas hamda ulardan (Allohni) rozi qilish
ham talab qilinmas.
85. Zulm qilganlar azobni ko'rganlarida (ya'ni, qiyomatda) ulardan (u azob) yengillatilmas va ularga
muhlat ham berilmas.
86. (O'sha kuni) mushrik bo'lgan kimsalar o'zlarining keltirgan shirklarini ko'rgan vaqtlarida: "Ey,
Rabbimiz! Anavilar Bizlar Seni qo'yib, sig'ingan ilohlarimiz", - deganlarida, (butlar bunga javoban):
"Sizlar, haqiqatan, yolg'onchidirsizlar", - deb gap qoturlar.
87. Ular u Kunda Allohga (o'zlarini) taslim qilurlar va o'zlari to'qib olgan ("iloh")lari esa ulardan g'oyib
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
175
bo'lur.
88. Kufrda bo'lgan va (odamlarni) Alloh yo'lidan to'sgan kimsalarga buzg'unchilik qilganlari sababli
azob ustiga azobni ziyoda qilurmiz.
89. Har bir ummat ichidan o'zlari uchun o'zlaridan bir guvohni (ya'ni, payg'ambarni) keltiradigan
kunimizni eslang! Sizni esa (Ey, Muhammad), ana ular (o'z ummatingiz)ga guvoh qilib keltirurmiz.
Sizga hamma narsani bayon qilib beruvchi, hidoyat, rahmat va musulmonlar uchun bashorat bo'lgan
Kitob (Qur'on)ni nozil qildik.
90. Albatta, Alloh adolatga, ezgu ishlarga va qarindoshga yaxshilik qilishga buyurar hamda buzuqchilik,
yovuz ishlar va zulmdan qaytarur. (U) eslatma olursizlar, deb sizlarga nasihat qilur.
91. Ahdlashganingizda, Allohga bergan ahdingizga vafo qilingiz! Allohni kafil qilib ichgan
qasamlaringizni (Alloh nomi bilan) mustahkam qilganingizdan keyin buzmangiz! Albatta, Alloh
qilayotgan ishlaringizni bilur.
92. Sizlar bir jamoa boshqa bir jamoadan (son yo boylik jihatidan) ortiqroq bo'lgani uchun
qasamlaringizni (buzib) uni aldov vositasi qilishingiz bilan xuddi o'zi to'qigan narsasini puxta
bo'lganidan so'ng parchalab buzib tashlagan ayolga o'xshab qolmangiz! Albatta, Alloh bu bilan sizlarni
sinab ko'rar va albatta, qiyomat kunida sizlarga ixtilof qilib yurgan narsalaringizni bayon (ajrim) qilib
berur.
93. Agar Alloh xohlaganida, albatta, sizlarni bir ummat qilgan bo'lur edi. Lekin, U, o'zi xohlagan
kimsalarni yo'ldan ozdirur va o'zi hohlagan kishilarni (To'g'ri yo'lga) hidoyat qilur. Albatta, qilib o'tgan
amallaringizdan so'ralursizlar.
94. Qasamlaringizni o'zaro aldov vositasi qilib olmangiz! Aks holda (Islom yo'lida) mahkam o'rnashgan
oyoq toyib ketur va Alloh yo'lidan to'sganingiz sababli yomonlik (balo va musibatlar)ni totib qolursizlar
hamda (oxiratda) sizlar uchun ulkan azob bordir.
95. Allohning ahdini ozgina qiymatga sotib yubormangiz! Agar bilsangizlar, albatta, Alloh dargohidagi
narsa (ajr-savob) sizlar uchun (dunyo matohlaridan) yaxshiroqdir.
96. Sizlarning huzurlaringizdagi narsa(lar) tugab ketur. Alloh dargohidagi narsa(lar) esa boqiydir. Biz,
albatta, sabr etganlarni o'zlari qilib o'tgan amallarining chiroylilari barobaridagi mukofot bilan
taqdirlaymiz.
97. Erkakmi yo ayolmi - kimda-kim mo'min bo'lgan holida biror ezgu ish qilsa, bas, Biz unga pok hayot
baxsh eturmiz va ularni o'zlari qilib o'tgan amallarining chiroyligi barobaridagi mukofot bilan
taqdirlaymiz.
98. Qachonki, Qur'on o'qisangiz, albatta, quvg'in etilgan shayton (vasvasasi)dan Alloh panoh berishini
so'rangiz!
99. Albatta, imon keltirgan va faqat Parvardigorlariga tavakkul qiladiganlar ustidan u (shayton) uchun
hech qanday saltanat (hukmronlik) yo'qdir.
100. Uning hukmronligi faqat uni do'st tutib, Unga shirk keltiruvchilar ustidandir.
101. Qachonki, (Biz) bir oyat o'rniga boshqa bir oyatni almashtirsak, - holbuki, Alloh o'zi nozil qiladigan
oyatlarni yaxshi biluvchidir - ular (payg'ambarga): "Haqiqatan, sen o'zing to'qib oluvchisan", -
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
176
deydilar! Yo'q! Ularning ko'plari (buning hikmatini) bilmaydilar!
102. (Ey, Muhammad! Ularga) uni (ya'ni, Qur'onni) Ruhul-Qudus (Jabroil) Rabbingiz (tarafi)dan imon
keltirganlarni (dinda) sobitqadam qilish uchun musulmonlarga hidoyat va bashorat bo'lgan holida
barhaq nozil qilganini ayting!.
103. Aniqki, (Biz) ularning: "Unga (Muhammadga Qur'onni) biror odam o'rgatmoqda", -
deyayotganlarini bilurmiz. (Lekin) ular ishora qilayotgan kimsaning tili ajamiy (arabiy emas), bu
(Qur'on) esa aniq arabiydir.
Izoh: Payg'ambarimiz (a. s.) bir ajam, ya'ni arab bo'lmagan kishiga uning tilida Islomdan ta'lim berayotganini
ko'rgan mushriklar "Muhammad Qur'onni balki shu odamdan o'rganib, bizga o'qib berayotgandir", - degan
tuhmatni qilishganda, Alloh taolo "Sizlar aytayotgan odam ajam bo'lsa, Qur'on tili xolis arabiy bo'lsa, qanday
qilib ajam Payg'ambarga bu kabi mo''jiza Qur'ondan ta'lim bera oladi?!" - deb raddiya bildirishmoqda.
104. Albatta, Allohning oyatlariga imon keltirmaydiganlarni Alloh hidoyat qilmas. Ular uchun alamli
azob bordir.
105. Yolg'on so'zlarni faqat Alloh oyatlariga imon keltirmaydiganlargina to'qurlar. Aynan o'shalarning
o'zlari yolg'onchilardir.
106. Kim Allohga imon keltirganidan keyin (yana qaytib) kofir bo'lsa (holiga voy!) Lekin kimning qalbi
imon bilan xotirjam holda (kufr kalimasini aytishga) majbur qilinsa, u mustasnodir. Ammo kimki
ko'ngilni kufrga ochsa, bas, u (kabi)larga Alloh (tomoni)dan g'azab va ulkan azob bordir!
Izoh: Bu oyatlar imon yo'lida zahmat chekkan Ammor ibn G'sir to'g'risida nozil qilingan. Uni Islom dinidan
qaytarish maqsadida qattiq qiynaganlar va Hubal ismli butga imon keltirsang qo'yib yuboramiz deganda,
jonini saqlab qolish uchun ularning talabini bajargan. So'ng Rasul (a. s.) huzurlariga yig'lab borib: "Endi
mening imonim nima bo'ldi?" - deb so'ganida, janob: "Agar dilingni imon bilan mustahkam qilib turib faqat
tiling bilangina aytgan bo'lsang zarari yo'q", - deb marhamat qilganlar.
107. Bu (azob-uqubatlar)ga sabab ularning dunyo hayotini oxiratdan afzal bilishlari va Allohning
kofirlar qavmini hidoyat qilmasligidir.
108. Ana o'shalar dillarini, quloqlarini va ko'zlarini Alloh muhrlab qo'ygan kishilardir va ana o'shalar
g'ofillardir.
109. Shak yo'qki, oxiratda ziyon ko'ruvchilar ham o'shalardir.
110. So'ngra, albatta, Rabbingiz, fitnalarga duchor bo'lganlaridan keyin (Makkadan Madinaga) hijrat
qilgan, so'ng (Alloh yo'lida) jihod qilib, (mashaqqatlarga) sabr qilgan zotlar uchun, albatta, Rabbingiz
shulardan keyin (ularni) mag'firat qiluvchi va rahm etuvchidir.
Izoh: Jihod so'zining izohi uchun Niso surasi, 95-oyat va tavba surasi, 88-oyat izohlariga qaralsin.
111. Har bir jon (egasi) faqat o'zi uchun tortishadigan va har bir jon (egasi) qilgan amalining
(mukofotini) zulm qilinmagan holda to'la oladigan Kunni (eslang).
112. Alloh bir shaharni (ya'ni, Makkani) misol keltirur: u tinch, sokin (shahar) edi, har tomondan rizqi
kengu mo'l kelib turar edi. Bas, u (aholisi) Allohning ne'matiga noshukrlik qilgach, Alloh unga
(aholisiga) bu "hunarlari" sababli ochlik va xavf libosi (balosi)ni totdirib qo'ydi.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
177
113. Darhaqiqat, ularga o'zlaridan (chiqqan) bir payg'ambar kelganida, uni yolg'onchiga chiqarishgach,
zolim bo'lgan hollarida ularni azob tutdi.
114. Bas, (ey, mo'minlar,) Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalarning poklarini yenglar hamda, agar
Allohga ibodat etuvchi bo'lsangizlar, Uning ne'matlariga shukr qilinglar!
115. U sizlarga o'limtikni, qonni, cho'chqa go'shtini va Allohdan o'zgaga atalib so'yilgan narsalarnigina
harom qildi. Bas, kimki zulm qilmagan va haddan oshmagan holda zaruratga uchrasa (mazkur
narsalardan o'lmagudek miqdorda yesa), bas, albatta, Alloh kechiruvchi va rahmlidir.
116. Alloh nomidan yolg'on to'qib, tillaringizga kelgan yolg'onni gapirib: "Bu halol, bu harom"
deyavermanglar! Chunki, Alloh sha'niga yolg'on to'qiydigan kimsalar sira najot topmaslar.
117. (Unday kimsalar uchun dunyoda) ozgina rohat (bo'lur). (Oxiratda esa) ular uchun alamli azob
bordir.
118. (Ey, Muhammad,) yahudiy bo'lgan kimsalarga ilgari (An'om surasida) Sizga Biz so'zlab bergan
narsalarni harom qildik. Biz ularga zulm qilmadik, balki ular o'zlariga (o'zlari) zulm qiluvchi bo'ldilar.
Izoh: Yana An'om surasi 119, 138, 146, 147, 148, 151-oyatlariga qaralsin.
119. So'ngra (bilingki), albatta, Rabbingiz, bilmagan holda gunoh qilib qo'yib, keyin tavba qilgan va
o'zlarini tuzatgan kishilar uchun, shubhasiz, o'sha (tavbalari)dan so'ng Rabbingiz kechirimli va
rahmlidir.
120. Albatta, Ibrohim Allohga itoat qiluvchi, haq yo'ldan chalg'imagan bir ummat (imom) edi.
Mushriklardan emas edi.
121. (Allohning) ne'matlariga shukr qiluvchi edi. (Alloh) uni (payg'ambarlikka) tanlab, To'g'ri yo'lga
hidoyat etdi.
122. Unga bu dunyoda ezgulik ato etdik. Albatta, u oxiratda ham solihlardandir.
123. So'ngra, (Ey, Muhammad,) Sizga haq yo'ldan chalg'imagan Ibrohimning diniga ergashing, u
mushriklardan emas edi, deb vahiy yubordik.
124. "Shanba" (u kunni ulug'lash) faqatgina u kun haqida ixtilof qilgan kimsalarning (Isroil avlodining)
zimmasiga (farz) qilingan edi. Albatta, Rabbingiz qiyomat kuni ularning o'rtasida o'zlari ixtilof qilib
o'tgan narsalar to'g'risida hukm qilur.
Izoh: Ya'ni ularning shanba bilan juma kuni to'g'risidagi nizolarni Alloh taolo qiyomat kuni hal etur.
125. (Ey, Muhammad,) Rabbingizning yo'li (dini)ga hikmat va chiroyli nasihat bilan da'vat qiling! Ular
bilan eng go'zal uslubda munozara qiling! Albatta, Parvardigoringizning o'zi Uning yo'lidan chalg'igan
kimsalarni yaxshi biluvchi va U hidoyat topganlarni ham biluvchiroqdir.
126. (Ey, imon keltirganlar,) agar intiqom olmoqchi bo'lsangizlar, u holda faqat sizlarga yetkazilgan
ziyon barobarida intiqom olingiz! Agar (intiqom olmay) sabr qilsangizlar, albatta, bu sabr qiluvchi
kishilar uchun yaxshiroqdir.
127. (Ey, Muhammad!) Sabr qiling. Sabr qilishingiz esa faqat Alloh (yordami) bilangina mumkindir.
Do'stlaringiz bilan baham: |