Tarjima haqida


(Maryamga) chin odam bo'lib ko'rindi



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/72
Sana16.01.2020
Hajmi1,61 Mb.
#34444
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


(Maryamga) chin odam bo'lib ko'rindi.  

 

18. (Maryam unga): "Men Rahmonga iltijo qilib, sendan panoh berishini so'rayman. Agar (Allohdan) 

qo'rquvchi bo'lsang (menga ziyon yetkazmagin)", - dedi.  

 

19. (Jabroil) aytdi: "(Qo'rqmagin), men faqat senga bir pokiza o'g'il hadya qilish uchun (kelgan) 

Parvordigoring elchisidirman, xolos".  

 

20. (Maryam) dedi: "Menga odamzot "tegmagan" bo'lsa, buzuq ayol ham bo'lmasam, menga qayoqdan 

farzand bo'lsin?!"  

 

21. (Jabroil) aytdi: "Shunday. Rabbing ayturki, bu (ish) Menga osondir. Biz u (bolani) odamlar uchun 

mo''jiza va O'z tomonimizdan bo'lgan rahmat (manbai) qilurmiz. Bu bitgan ishdir".  

 

22. Bas, (Maryam) unga homilador bo'lib, u bilan birga yiroq bir joyga ketdi.  

 

23. Bas, to'lg'oq dardi uni bir xurmo daraxti tubiga olib bordi va u dedi: "Qani edi, mana shu (kun)dan 

oldin o'lib, butunlay unutilib ketgan bo'lsam".  

 

24. Shunda (xurmo daraxtining) ostidan (Jabroil) nido qildi: "G'amgin bo'lma, Rabbing (oyoq) 

ostingdan bir ariq oqizib qo'ydi.  

 

25. (Mana shu qurib qolgan) xurmo shoxini silkitgin, u senga yangi xurmo mevalarini to'kar.  

 

26. Endi, yeb-ichgin va shod bo'lgin. Bas, agar odamzotdan birortasini ko'rib qolsang (va u savol so'rasa) 



u holda: "Men Rahmon (roziligi) uchun ro'za tutishni nazr (ahd) qilganman, bas, bugun biror insonga 

so'zlamayman", degin!  

 

27. So'ng (Maryam bolasini) ko'targan holda qavmiga kelganida ular: "Ey, Maryam! Sen qiziq ish 

qilibsan-ku!  

 

28. Ey, Horunning singlisi, sening otang yomon odam emas, onang ham fohisha emas ediku!" - dedilar.  

 

29. Shunda (Maryam o'zi gapirmay, bolasiga) ishora qildi. Ular aytdilar: "Beshikdagi go'dak bilan 

qanday so'zlashurmiz?!"  

 

30. (Shu payt chaqaloq tilga kirib) dedi: "Men Allohning bandasidirman. (U) menga Kitob (Injil) ato etdi 

va meni payg'ambar qildi.  

 

31. Yana meni qayerda bo'lsam barakotli qildi va modomiki, hayot ekanman, menga namozni va zakotni 

(ado etishni) buyurdi.  

 

32. Shuningdek, (meni) onamga mehribon (qildi) va meni takabburli, badbaxt qilmadi.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

198


33. Menga tug'ilgan kunimda ham, vafot etadigan kunimda ham, qayta tiriladigan kunimda ham salom 

(omonlik) bo'lur".  

 

34. Ular (ya'ni, yahudiy va nasroniylar) shubha qilayotgan Iso ibn Maryam - Haq so'z mana shudir! 

 

35. Allohga hech qanday farzand tutish mumkin emas - U (bunday) nuqsondan pokdir. U biror ishni 

qilishni istasa, faqat unga "Bo'l!" der. Bas, (o'sha ish) bo'lur.  

 

36. (Iso aytdi): "Albatta, Alloh Rabbim va Rabbingizdir. Bas, Unga ibodat qilingiz! Mana shu to'g'ri 

yo'ldir".  

 

37. So'ngra firqalar (Iso xususida) o'zaro ixtilof qildilar. Bas, ulug' Kun (Qiyomat) manzarasidan kofir 

bo'lganlar holiga voy!  

 

38. Ular Bizga keladigan kunda juda (aniq) ko'radigan va eshitadigan bo'lib qolurlar. Lekin (u) zolimlar 

bugun aniq zalolatdadirlar.  

 

39. (Ey, Muhammad,) ularni (Makka mushriklarini) barcha ish bitirilgan hasrat kuni - (Qiyomat)dan 



qo'rqiting! Ular (bugun) g'aflatdadirlar, (shu sababdan) ular imon keltirmaydilar.  

 

40. Albatta, Biz O'zimiz bu Yerni va undagi bor jonzotni meros qilib olurmiz va faqat Bizgagina 

qaytarilurlar.  

 

41. (Ey, Muhammad,) Kitobda Ibrohim (qissasini) yod eting! Darhaqiqat, u juda sadoqatli payg'ambar 

edi.  

 

42. Qaysiki, u otasiga: "Ey, ota! Nega sen eshitmaydigan, ko'rmaydigan va senga biror foyda yetkaza 

olmaydigan narsaga ibodat qilursan? 

 

43. Ey, ota! Darhaqiqat, senga kelmagan ilm menga keldi. Bas, menga ergashgin, seni to'g'ri yo'lga 

hidoyat qilurman.  

 

44. Ey, ota! Shaytonga ibodat qilmagin! Chunki shayton Rahmonga itoatsiz bo'lgan.  

 

45. Ey, ota! Haqiqatan, men senga Rahmon (tomoni)dan azob yetib, (do'zaxda) shaytonga yaqin bo'lib 

qolishingdan qo'rqaman", - dedi.  

 

46. (Otasi) aytdi: "Sen mening ilohlarimdan yuz o'giruvchimisan, ey, Ibrohim?! Qasamki, agar sen (bu 

ishingdan) qaytmasang, albatta, seni toshbo'ron qilurman va (yoki) meni bir zamon tark et!"  

 

47. (Ibrohim): "Omon bo'l! Endi Rabbimdan senga kechirim so'rayman. Zero, U menga mehribon 

zotdir.  

 

48. Men sizlardan ham, Allohni qo'yib iltijo qilayotgan (but)laringizdan ham chetlanurman va (yolg'iz) 

Rabbimga iltijo qilurman. Rabbimga iltijo qilish bilan baxtsiz bo'lib qolmasman, degan umiddaman".  

 

49. Bas, (Ibrohim) ulardan va Allohni qo'yib sig'inayotgan butlaridan chetlangach, (Biz) unga (farzand 

va nabira) Ishoq va Ya'qubni berdik va barchalarini payg'ambar qildik.  

 

50. Shuningdek, ularga O'z rahmatimizdan in'om etdik va ular uchun oliy rostgo'ylikni yaratdik.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

199


51. (Ey, Muhammad,) (ushbu) Kitobda Muso (qissasini) yod eting! Darhaqiqat, u tanlab olingan elchi - 

payg'ambar edi.  

 

52. Biz unga Tur (tog'i)ning o'ng tomonidan nido qildik va uni munojot qilgan holida (O'zimizga) yaqin 



etdik.  

 

53. Biz unga O'z fazlimiz bilan birodari - Horunni payg'ambar qilib berdik.  

 

54. (Ey, Muhammad,) Kitobda Ismoil (qissasini) yod eting! Darhaqiqat, u va'dasida sodiq turuvchi va 

elchi - payg'ambar edi.  

 

55. U o'z ahli (va ummati)ni namoz va ro'zaga buyurar edi. U Parvadigori nazdida rozi bo'lingan kishi 

edi.  

 

56. Yana (ushbu) Kitobda Idris (qissasini) yod eting! Darhaqiqat, u sadoqatli payg'ambar edi.  

 

57.Biz uni yuksak maqomga ko'tardik.  

 

Izoh: Idris (a. s)ning bu oyatda yuksak martabaga ko'tarilishlarini ba'zi olimlar "payg'ambarlik maqomi yoki 



to'rtinchi osmonga chiqib ketganliklari" desalar, boshqalari "jannatga ko'tarilib ketganlari" deydilar. Me'rojga 

taalluqli hadisda janob Rasululloh to'rtinchi osmonda Idris (a. s.)ni ko'rganliklari naql qilingan. Madorik 

tafsirida shunday deyiladi: Hasan Basriy ayturlarki, Idris (a. s.) ibodatga shunchalik berilib ketgan ekanlarki, 

barcha farishtalar uni yaxshi ko'rib qolgan ekanlar. O'lim farishtasi Allohdan izn so'rab uning ziyoratiga 

borgan ekan. Borib o'zini tanitgach, Idris (a. s.) unga: "Menga bir o'lim achchig'ini tottirgin" -debdilar. U rozi 

bo'libdi. Qayta tirilgach, endi bir do'zaxga ham solib-chiqar debdilar. Farishta bu iltimoslarini ham bajaribdi. 

"Endi, jannatga ham bir olib kir", - debdilar. Kirgach, qaytib chiqishdan bosh tortibdilar. Farishta qistab 

chiqarmoqchi bo'lganida, aytibdilar: "O'limni totdim, do'zaxga kirib chiqdim. Jannatga kirganlar esa qayta 

chiqarilmagaylar" - debdilar. Farishta Allohga arz qilgan ekan, U: "Bu ishlar hammasi Mening iznim bilan 

bo'ldi. Qo'y, qo'zg'ama uni, jannatda qolaversin", -degan ekan. Bu rivoyat qadimdan mashhur edi. Tafsirlarda 

ham bor.  

 

58. Aynan o'shalar Odam zurriyotidan (Idris kabi), Biz Nuh bilan birga (kemada) ko'tarib (to'fon 



balosidan najot bergan) kishilardan (ya'ni, ularning farzandlaridan), Ibrohim zurriyotidan (Ismoil, 

Ishoq, Ya'qub kabi), Isroil (Ya'qub zurriyotidan bo'lgan Muso, Horun, Zakariyo, Yahyo va Iso kabi) va 

Biz hidoyat qilgan va tanlab olgan kishilardan bo'lmish Alloh in'om etgan payg'ambarlardir. Ularga 

qachon Rahmon oyatlari tilovat qilinsa, sajda qilgan va yig'lagan hollarida yiqilurlar.  

 

(Sajda oyati.) 

 

59. So'ngra ularning ortidan namozni zoye qilgan va shahvatlarga ergashgan kimsalar o'rin oldilar. Endi 

ular, albatta, yomonlikka (yomon jazoga) yo'liqurlar.  

 

60. Illo, imon keltirib, ezgu ishlarni qilgan zotlargina (bundan mustasnodirlar). Bas, ular jannatga 

kirurlar va ularga biror narsada zulm qilinmas.  

 

61. Ular Rahmon g'oyibona O'z bandalariga va'da qilgan mangu (yashaladigan) jannatlarga (kirurlar). 

Albatta, Uning va'dasi (o'z vaqtida) keluvchidir.  

 

62. U joyda ular behuda so'z eshitmaslar, balki salom (eshiturlar, xolos). U joyda ular uchun ertayu kech 

rizqlari hozirdir.  

 

63. U - bandalarimizdan taqvodor bo'lgan kishilarga Biz meros qilib beradigan jannatdir.  


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

200


 

64. (Jabroil dedi): "Biz yolg'iz Rabbingiz amri bilangina nozil bo'lurmiz. Oldimizdagi (oxirat) ham, 

ortimizdagi (dunyo) ham, (ikkisi) o'rtasidagi barcha ishlar ham faqat Uning izmidadir. Parvardigoringiz 

unutuvchi emasdir".  

 

65. (U) osmonlar, Yer va ularning orasidagi bor narsalarning murabbiysidir. Bas, Unga ibodat qiling va 



ibodatida toqatli bo'ling! Unga teng biror (kuch)ni bilurmisiz?!  

 

66. (Kofir) inson: "O'lganimdan so'ng yana tirik holda (qabrimdan) chiqarilurmanmi?!" - der.  

 

67. Axir, o'sha inson Biz uni ilgari o'zi hech narsa bo'lmagan paytida yaratganimizni eslamaydimi?! 

 

68. Bas, (ey, Muhammad,) Rabbingizga qasamki, albatta, Biz ularni shaytonlari bilan birga to'plarmiz, 

so'ngra (barchalarini) jahannam atrofida tiz cho'kkan hollarida hozir qilurmiz.  

 

69. Keyin har bir guruhdan qaysinisi Rahmonga qattiqroq osiy bo'lsa, (o'shani) sug'urib olurmiz (va 

jahannamga oturmiz).  

 

70. So'ngra, Biz o'zimiz unda (jahannamda) toblanishga loyiqroq kimsalarni yaxshiroq biluvchidirmiz.  

 

71. Sizlardan har biringiz unga tushuvchidirsiz. (Bu) Rabbingiz (irodasiga binoan) vojib bo'lgan 

hukmdir.  

 

72. So'ngra taqvodor bo'lganlarni (undan) qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz cho'kkan hollarida 

(jahannamda) qoldirurmiz.  

 

73. Qachonki ularga (insonlarga) aniq oyatlarimiz tilovat qilinsa, kofir bo'lganlar imon keltirganlarga: 

"Qaysinisi yaxshiroq martaba va go'zalroq manzilda?" - deydilar.  

 

74. Holbuki, Biz ulardan oldin qancha anjom va ko'rinishlari chiroyli bo'lgan avlodlarni halok 

qilganmiz!  

 

75. (Ey, Muhammad,) ayting: "Kim zalolatda bo'lsa, bas, Rahmon uning muddatini uzaytirsin, toki 

o'zlariga va'da qilingan (dunyo) azobini yoki qiyomatni ko'rganlarida, albatta, kimning martabasi 

yomonroq va lashkari ojizroq ekanini bilurlar.  

 

76. Alloh haq yo'ldagi kishilarga yanada hidoyatni ziyoda qilur. Rabbingiz nazdida boqiy ezgu (ish)lar 

savob jihatidan ham, oqibat jihatidan ham ortiqroqdir".  

 

77. (Ey, Muhammad,) oyatlarimizga kofir bo'lgan va: "Qasamki, albatta, (oxiratda ham) menga mol-



mulk va farzand ato etilur", - degan kimsani ko'rdingizmi?  

 

78. U g'oyibdan xabardor bo'libdimi yoki Rahmon dargohidan ahd olibdimi?! 

 

79. Yo'q! Albatta, (Biz) uning aytayotgan so'zini yozib qo'yurmiz hamda unga azobni ziyoda qilurmiz.  

 

80. U aytayotgan (mol-mulk)ni (Biz) meros olurmiz va u huzurimizga yolg'iz holda kelur.  

 

81. Ular (Makka mushriklari) Allohni qo'yib, o'zlariga madad bo'lishi uchun "ilohlar" tutdilar.  

 

82.Yo'q! (Qiyomat kuni butlari) ular qilgan ibodatlarni inkor qilurlar va ularga zid bo'lurlar.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

201


83. (Ey, Muhammad,) Biz kofirlarga ularni (gunoh ishlariga) qo'zg'atadigan shaytonlarni 

yuborganimizni ko'rmadingizmi?!  

 

84. Bas, Siz ularga shoshqaloqlik qilmang! Albatta, Biz ularni (gunohlarini) aniq hisoblab tururmiz.  

 

85. Taqvodorlarni Biz suvora hollarida Rahmon dargohiga to'playdigan, Izoh: Taqvodorlar tilla 

tuyalarga mindirilib, Allohning huzuriga olib borilishi to'g'risidagi oyat.  

 

86. jinoyatchi-kofirlarni esa, Biz jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunni (eslang)!  

 

87. (U kunda) faqat Rahmon nazdida ahd (izn) olgan kishilargina shafoat qilishga ega bo'lurlar.  

 

88. (Mushriklar): "Rahmon farzand tutdi", - dedilar.  

 

89. (Ey, mushriklar,) sizlar shunday og'ir gap aytingizki,  

 

90. uning (og'irligidan) osmonlar yorilib, Yer bo'linib, tog'lar qulab parchalanib ketayozur.  

 

91. Sabab - Rahmonga farzand da'vo qilishlaridir.  

 

92. Rahmon uchun farzand tutish loyiq emasdir.  

 

93. Osmonlar va Yerdagi bor jonzot (qiyomat kunida) Rahmon (huzuriga) bo'yin sungan holda kelur.  

 

94. U ularni hisoblab, adadini sanab qo'ygandir.  

 

95. Ularning barchasi qiyomat kuni yolg'iz holda Uning huzuriga keluvchidir.  

 

96. Albatta, imon keltirib ezgu (ish)larni qilgan zotlar uchun Rahmon do'stlikni paydo qilur.  



 

97. (Ey, Muhammad,) albatta, Biz (Qur'on) bilan taqvo egalariga xushxabar berishingiz uchun va 

sarkash qavmni ogohlantirishingiz uchun uni Sizning tilingizga oson qilib qo'ydik.  

 

98. Biz ulardan (Makka mushriklaridan) oldin ham qanchalab (itoat etmagan) avlodlarni halok 

etgandirmiz. Siz ulardan birortasini sezyapsizmi yoki ovozlarini eshityapsizmi?! 

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

202


TOHA SURASI 

 

To, ho - suraning boshida kelgan bu ikki ramziy arab harflaridan murod nima ekani Allohgagina ma'lum. Lekin 



ba'zi mufassirlar u Muhammad (a. s.)ning nomlaridan biri deb ham yozganlar. Surada ilohiy ko'rsatmalar bilan 

bir qatorda Muso bilan birodari Horun, Fir'avn bilan vaziri Homon haqidagi qissa batafsil bayon qilinadi. Muso 

(a. s.)ning asolaridan sodir bo'lgan mo''jizalar ayni ibrat manbaidir.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. To, ho.  

 

2. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga bu Qur'onni qiynalib mashaqqat chekishingiz uchun emas, 

 

3. balki (Allohdan) qo'rqadigan kishilar uchun eslatma sifatida nozil qildik.  

 

4. (U) Yerni va yuksak osmonlarni yaratgan Zot (tomoni)dan nozil qilingandir.  

 

5. (U) Arsh uzra mustaviy bo'lmish Rahmondir.  

 

6. Osmonlardagi, Yerdagi va ularning orasidagi hamda zamin ostidagi bor narsa Unikidir.  

 

7. Agar (Siz) oshkora gapirsangiz ham (yoki xufyona gapirsangiz ham), albatta, U sirni ham, eng maxfiy 

narsalarni ham bilur.  

 

8. Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. Uning go'zal ismlari bordir.  

 

9. (Ey, Muhammad,) Sizga Muso haqidagi xabar keldimi? 

 

10. Eslang, u (uzoqdan) bir olovni ko'rib oilasiga: "(Shu yerda) turinglar, men bir olovni ko'rib qoldim, 

shoyadki sizlarga biror cho'g' olib kelarman yoki shu o't (atrofi)da biror yo'l (ko'rsatuvchi) toparman",- 

dedi.  

 

11. Bas, olov (yaqini)ga kelgach: "Ey, Muso!" - deb nido qilindi.  

 

12. "(Ey, Muso,) Men sening Rabbingdirman. Bas, oyoq kiyimingni yechgin. Chunki sen muqaddas Tuvo 

vodiysidadirsan.  

 

13. Men seni (payg'ambarlikka) tanladim. Bas, (O'zingga) yuboriladigan vahiyga quloq tut! 



 

14. Darhaqiqat, Men Allohdirman! Mendan o'zga iloh yo'q! Bas, Mengagina ibodat qil va Meni 

eslaganingda namozni ado qil! 

 

15. Qiyomat albatta keluvchidir. (Lekin) har bir jon qiladigan sa'y-harakati sababli jazolanishi uchun 

uni (qachon bo'lishini) yashirishni istayman.  

 

16. Bas, unga (qiyomatga) ishonmaydigan va havoyi nafsiga ergashgan kimsalar seni undan 

to'smasinlarki, u holda halok bo'lursan.  

 

17.Ana u - qo'lingdagi nimadir, ey, Muso?!" 

 

18. (Muso) dedi: "U asoyim, unga tayanurman va u bilan qo'ylarimga (barg) qoqib berurman. Yana 

unda boshqa hojatlarim ham bor".  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

203


 

19. (Alloh) aytdi: "Uni (yerga) tashlagin, ey, Muso!" 

 

20. Bas, (Muso) uni tashlagan edi, birdaniga u harakatlanuvchi jonli ilon bo'lib qoldi.  

 

21. (Alloh) dedi: "Uni ol! Qo'rqmagin, Biz uni avvalgi holiga qaytarurmiz.  

 

22. Qo'lingni qo'ltig'ingga tiqqin, u hech qanday yomonliksiz oppoq bo'lib chiqur. (Bu) yana bir boshqa 

mo''jizadir.  

 

Izoh: Hech qanday yomonliksiz, ya'ni, qo'lingni nurafshon oqligi uning pes kasaliga chalinganidan emas, balki 

u sog'lom holda Mening qudratim bilan yog'du sochur.  

 

23. Biz senga katta mo''jizalarimizni ko'rsatish uchun (shunday qildik).  

 

24. (Endi) Fir'avnning huzuriga bor! Haqiqatan, u haddan oshdi ("Xudoman" deb da'vo qildi)".  

 

25. (Muso) dedi: "Ey, Rabbim, bag'rimni keng qilgin, 

 

26. ishimni oson qilgin, 

 

27. tilimdan tugunni (duduqlikni) yechib yuborgin, 

 

28. (toki) ular (qavmim) gapimni anglasinlar.  

 

29. Menga o'z ahlimdan vazir qilgin.  

 

30. Ya'ni, birodarim Horunni.  

 

31. U bilan belimni baquvvat qilgin.  

 

32. Va uni ishimda (ya'ni, payg'ambarlik ishida) sherik qilgin.  

 

33. Toki, Biz Senga ko'proq tasbeh aytaylik 

 

34. va Seni ko'proq yod etaylik.  

 

35. Albatta, Sen bizni ko'ruvchi zotsan".  

 

36. (Alloh) aytdi: "So'ragan narsang senga ato etildi, ey, Muso! 

 

37. Biz senga (go'daklik chog'ingda ham) bir karra in'om etgan edik.  

 

38. O'shanda onangga (shunday) vahiy yuborgan edik: 



 

39. - "Uni (Musoni) sandiqqa solib, daryoga tashlagin. Bas, uni daryo (to'lqini) sohilga otsin. (Shunda) 

uni Mening ham, uning ham dushmani (Fir'avn) ushlab olur". (Ey, Muso, barchaga suyukli bo'lishing) 

va Mening ko'z o'ngimda (himoyamda) o'sishing uchun senga o'z tomonimdan muhabbat (joziba) 

tashladim.  

 

Izoh: Ya'ni seni shunday yoqimtoy qilib qo'ydimki, ko'rgan kishi shu mening o'g'lim bo'lib qolsa ekan, deb orzu 



qiladigan bo'ldi.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

204


 

40. O'shanda opang seni daryodan ushlab olgan kishilar ortidan yurib: "Sizlarni bu (bola)ga kafil 

(emizadigan ayol) oldiga boshlab boraymi", deganlarini (eslagin)! So'ng Biz seni ko'zlari quvonsin, 

g'amgin bo'lmasin, deb onangga qaytargan edik. (Yigitlik chog'ingda) bir jonni o'ldirib qo'yganingda, 

Biz seni bu g'amdan ham qutqargan edik. (Keyin) Biz seni ko'p sinovlar bilan sinab ko'rdik. Madyan 

ahli orasida ham (necha) yillar turding, so'ngra (payg'ambarlik uchun belgilab qo'yilgan) muddat 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish