Tarjima haqida



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/72
Sana16.01.2020
Hajmi1,61 Mb.
#34444
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


ham emas edilar.  

 

9. So'ngra (bergan) va'damizga vafo qilib, u (payg'ambar)larga o'zimiz xohlagan imonli kishilar bilan 

birga najot berganmiz va haddan oshuvchilarni esa halok qilganmiz.  

 

10. Darhaqiqat, sizlarga Kitob (Qur'on) nozil qildik. Unda sizlarning zikringiz bordir. (Buni) 

anglamaysizlarmi?! 

 

11. Qanchalab zolim qishloq (ahli)ni halok qildik va ularning ortidan boshqa qavmlarni paydo qildik.  



 

12. Bas, qachonki, ular azobimiz (kelishi)ni sezib qolishgach, birdaniga u joydan qochib qolurlar.  

 

13. (Shu payt farishtalar): "Qochmanglar, maishatga botgan joylaringizga, o'z maskanlaringizga 

qaytinglar, balkim so'roq qilinursizlar", (deganlarida): 

 

14. (Ular o'zaro): "Ey, holimizga voy! Darhaqiqat, bizlar zolim ekanmiz", - dedilar.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

211


 

15. Bas, to Biz ularni (giyoh kabi) o'rilgan, (olov kabi) o'chgan (o'lgan) holga keltirgunimizcha shu (hol) 

ularning da'vo (dod-voy)lari sifatida davom etdi.  

 

16. Biz osmon va Yerni hamda ularning orasidagi narsalarni o'ynab (behuda) yaratganimiz yo'q.  

 

17. Bordiyu, o'yin-kulgi qilishni (xotin va farzand orttirishni) istasak, agar (shunday) qiluvchi 

bo'lganimizda ham uni o'z huzurimizdan (ya'ni, farishtalardan yoki jannat hurlaridan) qilgan bo'lur 

edik.  

 

18. Yo'q, (Biz) Haq (Qur'on)ni botil (jaholat)ning ustiga tashlaymiz, bas, uni ezib yuborgach, bexos 

(botil) yo'q bo'lur. Sizlarga esa (ey, mushriklar, Allohning bunday) sifatlaganingiz sababli holingizga 

voy! 

 

19. Osmonlar va Yerdagi borliq Unikidir. Uning huzuridagi zotlar (farishtalar) Uning ibodatidan 

orlanmaydilar ham, charchamaydilar ham.  

 

20. Ular tunu kun sustkashlik qilmasdan (Allohga) tasbeh aytadilar.  

 

21. Yoki ular (mushriklar) yerdan (tosh, yog'ochlardan o'liklarni) tiriltira oladigan "ilohlarni" 

o'zlashtirdilarmi?! 

 

22. Agar ikkisi (Yer va osmon)da Allohdan o'zga ilohlar bo'lganida, har ikkisi buzilib ketgan bo'lur edi. 

Bas, Arsh egasi bo'lmish Alloh ular sifatlayotgan (sheriklardan) pokdir.  

 

23. U o'zi qiladigan biror narsa haqida javobgar emas, balki ular (bandalar) javobgardirlar.  

 

24. Yoki Uni qo'yib (boshqa) "iloh"larni o'zlashtirdilarmi?! (Ey, Muhammad,) ayting: "Hujjatingizni 

keltiringiz! Mana shu men bilan birga bo'lgan (mo'minlarning) eslatmasi (Qur'on) va mendan 

avvalgilarning eslatmalari (Tavrot, Injil). Yo'q, ularning aksariyati Haqiqatni bilmay turib, (Undan) yuz 

o'giruvchilardir".  

 

25. (Ey, Muhammad,) Sizdan ilgari Biz yuborgan har bir payg'ambarga ham: "Mendan o'zga iloh yo'q, 



bas, Menga ibodat qilinglar", - deb vahiy yuborgandirmiz.  

 

26. Ular (ya'ni mushriklar): "Rahmonning (farishtalardan) bolasi bor", - deydilar. U esa bundan 

mutlaqo pokdir! Yo'q, (farishtalar) azizu mukarram bandalardir.  

 

27. (Farishtalar) Undan ilgari biror so'z aytmaydilar. Ular (Allohning) amri bilangina ish qilurlar.  

 

28. (U) ularning oldilaridagi (qiladigan) va orqalaridagi (qilib o'tgan) ishlarini bilur. Ular faqat (Alloh) 

rozi bo'lgan kishilarnigina shafoat qilurlar. Ularning (o'zlari) Undan xavfsirab qo'rqib tururlar.  

 

29. Ulardan qaysi biri: "Men ham (Allohdan) o'zga bir ilohman", desa, bas, Biz o'shani jahannam bilan 

jazolaymiz. Barcha zolimlarni ana shunday jazolaymiz.  

 

30. Kofir bo'lganlar osmonlar ham, Yer ham (avvalda) yaxlit bo'lganini, bas, Biz ularni yorib 

yuborganimizni va barcha tirik mavjudotni suvdan (paydo) qilganimizni ko'rmadilarmi?! Endi ham 

imon keltirmaydilarmi?! 

 

31. Yer ularni (odamlarni) tebratmasin uchun unda tog'larni (paydo) qildik va yo'l topib yurishlari 

uchun unda keng dara va yo'llarni paydo qildik.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

212


 

32. Osmonni saqlanib turuvchi tom qilib qo'ydik. Ular (mushriklar) esa ularning alomatlaridan yuz 

o'giruvchidirlar.  

 

33. U kecha va kunduzni, quyosh va oyni yaratgan zotdir. (Bu ikkisining) har biri falakda suzib yurar.  

 

34. (Ey, Muhammad,) Biz sizdan avval biror odamzotga mangu hayot bergan emasmiz, Siz o'ladiganu, 

ular mangu qoluvchilarmi?!  

 

35. Har bir jon o'limni totuvchidir. Biz sizlarni yomonlik bilan ham, yaxshilik bilan ham sinab, imtihon 

qilurmiz. (Keyin) faqat bizgagina qaytarilursizlar.  

 

36. (Ey, Muhammad,) qachon kofir bo'lganlar Sizni ko'rsalar, faqat (bir-birlariga Sizni ko'rsatishib): 



"Ilohlaringizni ayblaydigan kimsa mana shumi?" - (deyishib) masxara qiladilar. Holbuki, ularning 

o'zlari Rahmonning zikri (Qur'on)ni inkor etuvchilardir.  

 

37. (Haqiqatan) inson shoshqaloq qilib yaratilgandir. Yaqinda Men sizlarga o'z alomatlarimni 

ko'rsaturman. Bas, Meni shoshiltirmangiz! 

 

38. Ular: "Agar rostgo'y bo'lsangiz (aytinglar-chi), mana shu va'da qachon bo'ladi?" - derlar.  

 

39. Agar kofir bo'lganlar na oldilaridan va na ortlaridan olovni to'sa olmay qolishadigan, ularga yordam 

berilmaydigan vaqtni (qiyomat kuni shiddatini) bilsalar edi, (bu so'zlarni aytmagan bo'lur edilar).  

 

40. Yo'q, (qiyomat) to'satdan kelib, ularni hayronu lol qilib qo'yar, bas, uni qaytarishga kuchlari yetmas, 

ularga (tavba uchun) muhlat ham berilmas.  

 

41. (Ey, Muhammad,) aniqki, Sizdan avvalgi payg'ambarlar ham masxara qilingan. Bas, ularning 

ustidan kulgan kimsalarni o'zlari masxara qilgan narsalari (Allohning azobi) qamrab olgandir.  

 

42. Ayting: "Kechasiyu kunduzi sizlarni Rahmon (azobi)dan kim saqlay olur?!" Yo'q, ular 

Parvardigorlari zikridan yuz o'giruvchilardir.  

 

43. Yoki ularda Bizdan o'zga himoya qiladigan "ilohlar" bormi?! Ular o'zlariga yordam qilishga ham 

qodir emaslar va ular Biz (tomon)dan ham himoya qilinmaslar.  

 

44. Yo'q, Biz ularni (kofirlarni) va ota-bobolarini (dunyo matolaridan shunday) foydalantirdikki, hatto 

ularga umr uzun ko'rindi. Axir, ular Biz yerni atrofidan kamaytirib kelayotganimizni (kufr dunyosi 

qisqarib borayotganini) ko'rmaydilarmi?! Bas, ular g'olibmilar?! 

 

45. Ayting: "Men sizlarni faqat vahiy bilan ogohlantirurman. (Lekin) "karlar" ogohlantirilayotgan 



vaqtlarida da'vatni eshitmaydilar".  

 

46. Qasamki, agar ularga Rabbingizning azobidan andak yetsa, albatta, ular: "Holimizga voy! 

Darhaqiqat, bizlar (o'zimizga) zolim ekanmiz", - deb qolurlar.  

 

47. Biz qiyomat kuni uchun adolatli tarozilar qo'yurmiz, bas, biror jonga zarracha zulm qilinmas. Agar 

xantal (o'simligi) urug'idek (yaxshi yoki yomon amali) bo'lsa ham, o'shani keltirurmiz! Biz o'zimiz 

yetarli hisob-kitob qiluvchidirmiz.  

 

48. Darhaqiqat, Biz Muso va Horunga Furqon (Tavrot), ziyo va taqvodor kishilar uchun eslatma ato 

etdik.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

213


 

49. Ular Parvardigorlaridan g'oyibona qo'rqurlar va qiyomatdan ham ular xavfda turuvchilardir.  

 

50. Bu (Qur'on) Biz nozil qilgan muborak eslatmadir. Hali sizlar uni inkor qiluvchimisizlar?! 

 

51. Darhaqiqat, Biz (Musodan) ilgari Ibrohimga to'g'ri yo'lni ato etdik. Biz uni biluvchimiz.  

 

52. O'shanda (Ibrohim) otasi va qavmiga: "Sizlar doimo sig'inadigan bu haykallar nimadir?!" - dedi.  

 

53. (Ular) aytdilar: "Bizlar ota-bobolarimizni ularga sig'ingan holda topganmiz".  

 

54. (U) dedi: "Darhaqiqat, sizlar ham, ota-bobolaringiz ham ochiq zalolatda ekansizlar".  

 

55. (Ular) aytdilar: "Bizga haq narsani keltirdingmi yoki sen o'yin qiluvchilardanmisan?" 

 

56. (U) dedi: "Yo'q! Sizlarning Rabbingiz (butlar emas, balki) osmonlar va Yerning Parvardigoriki, 

ularni o'zi yaratgandir. Men bunga guvohlik beruvchilardandirman.  

 

57. Alloh nomiga qasamki, sizlar o'girilib (bayramga) ketganlaringizdan keyin butlaringizga makr 

(hujum) qilurman".  

 

58. Bas, u (butlarni) parchalab tashladi. Faqat, "(mushriklar butlarning) kattasiga qaytsinlar" (deb) 



o'shanigina (qoldirdi).  

 

59. Ular (qaytib kelib): "Bizning ilohlarimizni kim bunday qildi? (Kim bo'lsa ham) u zolimlardan ekan", 

- dedilar.  

 

60. Ular (ayrimlari) aytishdi: "Ularni gapirib (ayblab) yuradigan Ibrohim degan bir yigitni 

eshitgandik".  

 

61. (Shunda ularning kattalari): "Uni odamlar oldiga keltiringiz, shoyad ular guvoh bo'lishsa", - 

deyishdi.  

 

62. (Uni keltirishgach): "Ilohlarimizni sen shunday qildingmi, ey, Ibrohim?" - deb (so'rashdi).  

 

63. (Ibrohim) aytdi: "Yo'q, bu ishni ularning kattasi - mana bu (haykal) qildi. Bas, ulardan so'ranglar, 

agar gapira olsalar".  

 

64. Bas, (mushriklar) o'zlariga (hushlariga) kelib (bir-birlariga): "Sizlar o'zingiz zolimlarsiz", - dedilar.  

 

65. So'ngra, yana boshlari aylanib: "Sen ularning gapirmasliklarini yaxshi bilardingku?!" - deyishdi.  

 

66. (Ibrohim) aytdi: "Axir, Allohni qo'yib, sizlarga biror foyda ham, ziyon ham yetkaza olmaydigan 

narsalarga sig'inasizlarmi?!  

 

67. Sizlarga ham, Allohni qo'yib sig'inayotgan butlaringizga ham tuf-ye! Axir, aql yurgizmaysizlarmi?!" 

 

68. (Namrud boshchiligidagi mushriklar) dedilar: "Uni yoqib yuboringlar! Agar qiluvchi bo'lsalaring 

(shu ish bilan) ilohlaringizga yordam qilinglar!"  

 

Izoh: Mushriklar katta olov yoqib, Ibrohim (a. s.)ning qo'l-oyoqlarini bog'lab, bir manjaniqqa (tosh otish 



quroli) solib olovga otdilar.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

214


 

69. Biz aytdik: "Ey, olov, Ibrohim uchun salqin va omonlik bo'l!" 

 

70. Ular (Ibrohimga) makr qilmoqchi bo'ldilar. Biz esa ularning o'zlarini ko'proq ziyon ko'ruvchi qilib 

qo'ydik.  

 

71. Unga hamda Lutga najot berib, (ularni) Biz barcha olamlar uchun muborak qilgan yer (Shom)ga 

(yubordik).  

 

72. Biz (Ibrohimga) Ishoqni hadya etdik va Ya'qubni ham (nabira qilib) qo'shib berdik hamda 

barchalarini solih kishilar qildik.  

 

73. Yana ularni Bizning amrimiz bilan (odamlarni) hidoyat etadigan peshvolar qildik va ularga yaxshi 



amallar qilishni, namozni to'la ado etishni va zakot berishni vahiy qildik. Ular Bizgagina ibodat qiluvchi 

bo'ldilar.  

 

74. Lutga esa hikmat va ilm ato etdik va uni iflos ishlar qiluvchi qishloq (ahli)dan qutqardik. 

Darhaqiqat, ular yomon, buzuq qavm edilar.  

 

75. Uni (Lutni) o'z rahmatimizga doxil qildik. Haqiqatan, u solihlardandir.  

 

76. Nuhni (eslang), u ilgari nido qilganida, Biz uni (nidosini) mustajob qilib, o'zini va ahlini buyuk 

g'amdan qutqardik.  

 

Izoh: Buyuk g'am - to'fon balosi.  

 

77. Unga oyatlarimizni yolg'onga chiqargan qavm ustidan g'alaba ato etdik. Darhaqiqat, ular yomon 

qavm edilar. Bas, ularni barchasini g'arq qilib yubordik.  

 

78. Dovud va Sulaymonning ekinzor xususida hukm qilgan kezlarini (eslang). O'shanda unga qavmining 

qo'ylari (tunda) kirgan (va uni payhon qilgan) edi. Biz ularning (chiqargan) hukmiga shohid edik.  

 

79. Bas, Biz uni Sulaymonga anglatdik. Biz har ikkisiga hikmat (payg'ambarlik) va ilm ato etdik. Tog'lar 

va qushlarni Dovud bilan birga tasbeh aytadigan qilib bo'yin sundirib qo'ydik. Biz shunday qila 

oluvchidirmiz.  

 

Izoh: Rivoyat. Dovud bilan Sulaymon (a. s.)lar huzuriga ikki da'vogar kelib, ulardan birining qo'ylari 



ikkinchisining ekinzoriga kirib, payhon qilib ketganini aytib, fatvo so'raydilar. Dovud (a. s.) qo'ylar ekinzor 

egasiga berib yuborilsin, deydilar. Shunda Sulaymon (a. s.) bu hukmga e'tiroz bildirib, qo'ylarni ekinzor 

egasiga, yerni esa qo'ylarning egasiga berib, ekinzorni avvalgi holiga keltirgandan keyin qo'ylarni qaytarib 

berishga, bu vaqtgacha tug'ilgan qo'zilar esa ekinzor egasida qoldirilishini taklif etadilar. Dovud (a. s.) bu 

hukmga rozi bo'ladilar.  

 

80. Unga (Dovudga) sizlarga ziyon yetishdan saqlaydigan sovut yasash san'atini ta'lim berdik. Bas, sizlar 



shukr qiluvchimisizlar?! 

 

81. Sulaymonga esa bo'ronli shamolni (bo'yin sundirib), uning amri bilan Biz muborak qilgan zamin 

(Shom) sari esadigan (qilib qo'ydik). Biz barcha narsani biluvchidirmiz.  

 

82. Yana shayton (jin)lardan u (Sulaymon) uchun g'avvoslik qiladigan va bundan boshqa ishlarni ham 



ado etadiganlarini (yaratdik). Yana Biz ularni qo'riqlab turuvchi bo'ldik.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

215


83. Ayyubning esa Parvardigoriga nido qilib: "(Parvardigorim,) menga musibat yetishdi. O'zing 

rahmlilarning rahmlirog'idirsan", - deb iltijo qilgan paytini (eslang).  

 

84. Bas, Biz uni (duosini) mustajob qilib, undagi zahmatni ketkazdik hamda o'z huzurimizdan 

mehribonlik ko'rsatib, barcha ibodat qiluvchilarga eslatma bo'lsin, deb (Ayyubga) oilasini va ular bilan 

qo'shib, yana ularning barobarida ahlu avlod ato etdik.  

 

Izoh: Ayyub payg'ambar qadimdan sabr-toqat bobida mashhuri jahon bo'lib, u zarbul-masalga aylanib ketgan. 



Zero, u shaytonning hasadiga javoban Allohning yuborgan barcha musibat va dardlariga sabr qilgan, shikoyat 

qilmagan. Bu ishlarning ajrini yorug' dunyoda qisman olishga muyassar bo'lganlar.  

 

85. Ismoil, Idris va Zul-kiflni (eslang). Barchalari sabr qiluvchilardandir.  



 

86. Biz ularni o'z rahmatimizga doxil qildik. Darhaqiqat, ular solih zotlardandir.  

 

87. Zunnun (Yunus)ning (o'z qavmidan) g'azablangan holda (qishlog'idan chiqib) ketib, Bizni unga 

qarshi chiqa olmaydi, deb o'ylagan paytini, so'ng (Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan keyin) 

qorong'u zulmatlar ichra: "Sendan o'zga iloh yo'qdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. 

Darhaqiqat, men (o'zimga) zulm qiluvchilardan bo'ldim", - deb nido qilgan (paytini eslang)! 

 

88. Bas, Biz uning (duosini) mustajob qildik va uni g'amdan qutqardik. Biz mo'minlarga mana shunday 

najot berurmiz.  

 

89. Zakariyoning: "Ey, Rabbim, meni yolg'iz tashlab qo'yma (merosxo'r farzand ato et), o'zing 

vorislarning yaxshirog'idirsan", - deb nido qilgan paytini (eslang).  

 

90. Bas, Biz uni (duosini) mustajob qildik va unga Yahyoni ato etdik hamda jufti (haloli)ni o'nglab 

(tug'adigan qilib) qo'ydik. Darhaqiqat, ular (mazkur payg'ambarlar) yaxshi ishlarni qilishga shoshar va 

Bizga rag'bat va qo'rquv bilan duo qilar edilar hamda Bizga itoat etuvchi edilar.  

 

91. Yana o'z nomusini saqlagan ayolni (Maryamni eslang). Bas, ruhimizdan unga pufladik (u Isoga 



homilador bo'ldi) va uni hamda o'g'lini olamlar uchun alomat qildik.  

 

92. (Ey, insonlar,) sizlarni ushbu diningiz (aslida) bir din (ya'ni, Islom)dir. Men esa (barchalaringizning) 

Rabbingizdirman. Bas, Menga ibodat qilingizlar! 

 

93. (Odamlar) esa ishlarini (dinlarini) o'zaro bo'lib oldilar. Barcha(lari) Biz sari qaytuvchidirlar.  

 

94. Bas, kim mo'minlik holida solih (amal)lardan qilsa, uning sa'y-harakati zoye ketmas. Biz, albatta, uni 

yozib qo'yuvchidirmiz.  

 

95. Biz halok qilgan qishloq (ahli) qayta (hayotga) kelmasligi mumkin emasdir.  

 

96. To Ya'juj va Ma'juj (to'g'oni) ochilib, ular har bir tepalikdan oqib keladigan, 

 

97. haqqoniy va'da (qiyomat) yaqin bo'ladigan vaqtda bexos kofir bo'lganlarning ko'zlari qotib: "Ey, 

holimizga voy, bizlar bundan g'aflatda ekanmiz. (Yo'q), balki bizlar zolim ekanmiz" (deydilar).  

 

98. (Ey, mushriklar,) sizlar va Allohni qo'yib sig'inayotgan (but)laringiz ham jahannam o'tinlaridir. 

Sizlar Unga tushuvchidirsizlar! 

 

99. Agar o'sha (ma'buda)lar (chindan ham) shohlar bo'lganida, (jahannamga) tushmagan bo'lur edilar. 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

216


Barchalari u yerda mangu qoluvchidirlar.  

 

100. Ular uchun u joyda (faqat) dod-faryod qilishgina bordir. Ular u yerda (hech narsani) eshitmaslar.  

 

101. Albatta, Biz (tomon)dan sobiqan go'zal (martaba) berilgan zotlar - aynan o'shalar (jahannamdan) 

uzoq qilinganlardir.  

 

102. Ular uning (olovning) sharpasini ham eshitmaslar. Ular o'zlari istagan ne'matlarda mangudirlar.  



 

103. Ularni Buyuk dahshat (qiyomat) g'amgin qilmas. Ularni farishtalar: "Mana shu sizlarga va'da 

qilingan kundir", - deb kutib olurlar.  

 

104. U kunda Biz osmonni xuddi maktub yozilgan sahifani o'ragan kabi o'rab, birinchi marta qanday 

yaratgan bo'lsak, (o'sha holga) qaytarurmiz. (Bu) Bizning zimmamizdagi va'dadir. Albatta, Biz 

(shunday) qiluvchidirmiz.  

 

105. Biz Zikrdan so'ng Zaburda: "Albatta, (jannatdek) yerga faqat Mening solih bandalarim voris 

bo'lurlar", - deb yozib qo'ygandirmiz.  

 

Izoh: Bu yerdagi "Zikr" so'zidan murod Tavrot kitobi yoki Lavhi mahfuzdir.  

 

106. Albatta, bunda ibodat qiluvchilar qavmi uchun yetarli narsa bordir.  

 

107. (Ey, Muhammad,) Biz Sizni (butun) olamlarga ayni rahmat qilib yuborganmiz.  

 

Izoh: Oyatdagi rahmat juda keng ma'noni anglatadi. Ularni bilish uchun Muhammad (a. s.)ning kelishlari, 



shariatlarining bag'rikengligi, hatto kufr va shirk ahliga ham zulmni ravo ko'rmasligi, mehr oqibat, ezgulik 

kabi fazilatlar manbai bo'lganliklarini keltirish mumkin.  

 

108. Ayting: "Menga ilohingiz yagona Iloh ekani vahiy qilinur. Bas, (endi) musulmonmisizlar?" 



 

109. Bas, agar yuz o'girsalar, ayting: "Men sizlarga (vahiyni) barobar eshittirdim. Sizlarga va'da 

qilingan (qiyomat azobi) yaqin yo yiroqligini esa bilmasman.  

 

110. Albatta, U so'zning oshkorasini ham bilur, sizlar yashiradigan (so'zlar)ni ham bilur.  

 

111. Bilmayman, ehtimol bu (jazoning kechiktirilishi) sizlar uchun bir sinov va bir oz vaqtgacha 

(o'lguningizgacha) foydalanishdir".  

 

112. (Muhammad) aytdi: "Ey, Rabbim! o'zing haqqoniy hukm qilgin! Rabbimiz mehribondir va 

sizlarning (noo'rin) sifatlashlaringizga qarshi Undan madad so'raluvchidir".  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

217


HAJ SURASI 

 

Surada Haj ibodati, Ka'ba tarixi haqida oyatlar borligi uchun unga haj surasi deb nom berilgan. Surada oxirat, 



qiyomat voqealari, mahshargohdagi holatlar, imon, e'tiqod, ilohiy o'gitlar keng yoritilgan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 


Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish