Тақризчи: Қ.ўқт Ш. Ш. Файзийев Mavzu: Davlatning ijtimoiy siyosatining moxiyati,maqsadi va vazifalari reja: kirish


Davlatning monopolistik siyosati to’g’risidagi nazarya va konsepsiyalari



Download 52,77 Kb.
bet6/7
Sana29.05.2022
Hajmi52,77 Kb.
#615200
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5393521223378410150

4.Davlatning monopolistik siyosati to’g’risidagi nazarya va konsepsiyalari.
Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish uning iqtisodiy strategiyasi va siyosati orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun ilmiy adabiѐtlarda davlatning iqtisodiy siѐsati boʼyicha turli nazariy kontseptsiya va qarashlar hamda nazariyalar mavjud.V.Oyken davlatning iqtisodiy siѐsatini asoslash uchun iqtisodiy tartiblar nazariyasini olgʼa suradi. Iqtisodiy tartib deganda bozor xoʼjaligining ramkaga ( qolipga) soluvchi sharoitlari, yaʼni xoʼjalik subʼektlari qarorlar qabul qilish va u ѐki bu hatti-harakatlarni amalga oshirish zarurligini belgilab beruvchi unsurlar tarkibini ifodalovchi institutsiyalar yigʼindisi tushuniladi. V.Oyken quyidagi 6ta turdagi unsurlar tarkibini asoslagan,insonlarning ehtiѐjlari,tabiiy sharoitlar,ishchi kuchining holati,tovar zahiralari,)texnologiya va texnik bilimlar darajasi,huquqiy va ijtimoiy tartiblar, yaʼni qonunlar, urf-odatlar, maʼnaviy qadriyatlar.
Mazkur unsurlar xoʼjalik subʼektlari faoliyatining maʼlum iqtisodiy tartibda amalga oshirilishini belgilab beruvchi unsurlar hisoblanadi. Iqtisodiy tartib davlatning iqtisodiy rivojlanishni qay daraja tartibga solishini, resurslarning cheklanganligi sharoitida davlat organlari qay darajada regulqtor vazifasini bajara olishini koʼrsatadi. Iqtisodiy tartiblar davlat iqtisodiy siѐsatining dastaklari boʼlib xizmat qiladi. Yan Tinbergenning kontseptsiyasi iqtisodiy siѐsatning bazaviy nazariyasi hisoblanadi.
J.Byukenenning fikricha iqtisodiy siѐsatning vazifasixhjalik subʼektlaridan olingan mandat, yaʼni hatti-harakatlar qoidalarini va faoliyatning ruxsat etilgan ramka ( miqѐs)ni aniqlashdan iboratdir. Siѐsat- bu davlat bilan subʼektlar oʼrtasidagi munosabatlar sohasidir. Ijtimoiy taraqqiѐtning boshlangʼich va pirovard boʼgʼini individium, yaʼni shaxs boʼlib, iqtisodiy odamni shaxsiy manfaat (egoizm) faoliyatga undaydi. Iqtisodiy individiumning harakatini chekli naflilikka intilish hissi boshqaradi.Bu maqsadga inson oʼz daromadi doirasidagina erishadi.Iqtisodiy inson barcha haѐtiy maqsadlariga erishishni koʼzlaganda ratsional harakat qiladi.Har bir shaxs siѐsiy tizimni oʼzining shaxsiy maqsadlarini, manfaatlarini jamoaviy himoya qilish deb qaraydi. Davlat siѐsatida jamoaviy hatti-harakatga xos boʼlgan majburlash, zoʼrlik, hukmronlik elementlari mavjud boʼladi. Shaxs mazkur majburlash va zoʼrlikka oʼzining shaxsiy maqsadlariga erishishga ѐrdam bergan taqdirdagina koʼnadi. Аmmo davlatni hamisha jamiyat manfaatlarini koʼzlab, bozor xoʼjaligining kamchiliklarini avtomatik tarzda tuzatadigan mexanizm deb ham qarash mumkin emas. Ushbulardan kelib chiqqan holda U.Nordxauzning Opportunistik ishbilarmonlik sikli‖ nazariyasiga koʼra hukumat qabul qilingan qarorlar bilan ularning oqibatlari oʼrtasidagi maʼlum vaqt oraligʼining mavjudligidan foydalanib, qisqa muddatli naf olish maqsadida uzoq muddatdan keyin maʼlum boʼladigan oqibatdan koʼz yumadi. U.Nordxauzning nazariyasi ishsizlik va inflyatsiya oʼrtasidagi oʼzaro bogʼliqlikni ifodalovchi Filips egri chizigʼini tahlil qilishga asoslanadi. Unga koʼra saylov oldidan siѐsatchi saylovchilarning koʼproq ovozini olish maqsadida ishsizlikni pasaytirishga intiladi. Natijada ishsizlik maʼlum darajada qisqaradi.Inflyatsiyaning oʼsishi ishsizlikning pasayishiga koʼra sekinroq yuz berishi tufayli saylov davrida ishsizlik va inflyatsiya darajalari birmuncha past boʼlib turadi.Bundan foydalangan siѐsatchi saylovda elektoratning koʼproq ovozini olishga erishib gʼolib boʼladi. Аmmo maʼlum vaqtdan soʼng ishsizlikning optimaldarajaga nisbatan qisqarib ketganligi oqibatida inflyatsiya darajasi oshib ketadi. Saylovdan keyin siѐsatchi ishsizlik darajasini oshirish evaziga inflyatsiya darajasini pasaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirishga kirishadi.
Duglas Gibbsning ―Partiyaviy ishbilarmonlik sikli‖ modeli hukmron partiyalarning saylovlar natijasida almashinib turishini tushuntiradi.Raqobatchi partiyalar turli maqsadlarga ega boʼlib. Turli iqtisodiy siѐsat chora-tadbirlarini qoʼllashadi, shu boisdan, bir-birini almashtirib, iqtisodiѐtdatsikllar oʼzgarishini vujudga keltiradilar.Uning fikricha, soʼl yoʼnalishdagi partiyalar yuqori darajadagi ish bilan bandlikka erishish maqsadini koʼzlaydilar, shu boisdan, soʼl partiyalar hukmron boʼlgan mamlakatlarda ishsizlik past, lekin inflyatsiya yuqori darajada boʼladi. Chunki ishchilar sinfi inflyatsiyaga qaraganda ishsizlikdan koʼproq aziyat chekadilar. Shuning uchun ishsizlikni qisqartirishga koʼproq ustuvorlik beriladi. Shu tariqa davlat qarzlari pulga boʼlgan talabni kengaytiradi, foiz stavkasini oshiradi va, demak, koʼp miqdordagi xususiy kapital mablagʼlarni siqib chiqaradi, aks holda ular foydali boʼlar edi. Demak, monetarchilar fikricha, byudjet kamomadining jami xarajatlarga boʼlgan taʼsiri pirovard natijasini oldindan aytib boʼlmaydi ѐki u sezilmaydi. Аgar kamomad yangi pullarni muomalaga chiqarish bilan qoplansa, siqib chiqarish effekti sodir boʼlmasligi mumkin va kamomaddan soʼng iqtisodiy faoliyatning kengayishi yuz berishi mumkin. Аmmo bunday kengayish faqat qoʼshimcha pullar yaratish tufayligina amalga oshadi.Monetarizm nazariyasiga muvofiq iqtisodiy beqarorlik aksariyat hollarda iqtisodiѐtning ichki oʼzgaruvchanligiga nisbatan notoʼgʼri pul-kredit boshqarilishi tufayli yuzaga keladi: birinchidan, oʼzgaruvchan vaqt laglari mavjudligi. U shuni bildiradiki, bunda pul-kredit taʼsiri bevosita berilsa-da, pul taklifidagi oʼzgarishlar nominal SMMga uzoq va nomaʼlum vaqt oraligʼidan soʼng taʼsir koʼrsatadi. Shuning uchun vaqt lagining nomaʼlum muddatida, monstarchilar fikricha, iqtisodiѐtni davriy (tsiklik) yuksalish va pasayishga moslashtirish uchun diskret pul-kredit siѐsatidan foydalanish aksincha samara berishi va davriy (tsiklik) tebranishlarni kuchaytirishi mumkin. Ikkinchidan, Federal zaxira tizimi foiz stavkasini barqarorlashtirishga urinib, iqtisodiѐtni beqarorlashtirish va inflyatsiya jaraѐnlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Monetar nazariya tahlil sohasi boʼlib, u iqtisodiy muvozanat va oʼsishning umumiy muammolari hamda pul va bank mexanizmi ishlashi maxsus masalalari qoʼshilgan joyda ѐtadi. Monetar soha pul agregati koʼrsatkichlari oʼrtasidagi sababiy va funktsional bogʼliqliklar, shuningdek, ularning xoʼjalik tizimi monetar elementlari bilan oʼzaro taʼsiri muammolari, uning asosiy yoʼnalishi boʼlib xizmat qiladi. ―Monetar siѐsat‖ tushunchasi deganda esa davlatning pul-kredit sohasida boshqaruvchilik tadbirlari majmui tushuniladi. Shuning uchun keynschilik va monetarizm bahsida asosiy eʼtibor pulning ahamiyatiga va pul-kredit sohasidagi siѐsatga qaratiladi. Masalan, keynscha ѐndashuv iqtisodiy konʼyunktura va xoʼjalik rivoji surʼatlari ragʼbatlantirilishini kundalik boshqarish vositasi sifatida puldan tezkor foydalanish gʼoyasini oʼzida aks ettiradi. Monetarizm pul sohasida bunday harakatlarni qoralaydi.Monetarizm tarafdorlarining fikriga koʼra, bunday siѐsat xoʼjalik ziddiyatlari va mutanosibliklari kuchayishiga hamda bozorning oʼz-oʼzidabarqarorlashtiruvchilar harakatining qiyinlashuviga olib keladi.Keyns davlat byudjeti orqali byudjet kamomadi paydo boʼlishidan hayiqmagan holda katta xarajatlar qilish taklifi bilan chiqdi. Bunda u byudjet kamomadi qogʼoz pullarni qoʼshimcha muomalaga chiqarish yoʼli bilan qoplanishini nazarda tutadi. Uning fikricha, davlat kapital mablagʼlari foiz meʼѐrini pasaytirib, yuksalish holatini uzaytiradi. Bularning barchasi inqirozning oldini olishga xizmat qiladi.
Zamonaviy keynschilar soliqlar, davlat xarajatlari, byudjet kamomadi, davlat qarzi davlat yoʼli bilan boshqarishning asosiy vositalari, deb hisoblaydilar. Ularning taʼkidlashicha, sanoat yuksalishi davrida daromadlar ortgan sari soliq tushumlari ham koʼpayib boradi. Bu esa ortiqcha talab va ortiqcha ishlab chiqarishning paydo boʼlishiga toʼsqinlik qiladi. Inqirozning boshlanishi ishsizlikning ortib borishi davlat byudjetidan ishsizlik boʼyicha nafaqa toʼlovlarining ortib borishiga olib keladi. Bu esa toʼlovga qobiliyatli talabning kamayishiga qarshilik qiladi. Inqirozlarni bartaraf etish uchun Keyns ―samarali talab‖ ni shakllantirish, yaʼni kapital mablagʼlarini va isteʼmolni eng koʼp darajada ragʼbatlantirish zarur ekanligini taklif qildi. Uning fikriga koʼra, sarmoyalar orttirish bandlikning oʼsishiga va daromadning ortishiga olib keladi. Daromad ortishi jamgʼarmalar shaklida emas, balki investitsiya sifatida sarflanishi uchun buyuk iqtisodchi olim qarz foizi meʼѐrini pasaytirishni taklif qildi. U davlat aralashuvini ―samarali talab‖ ga, va, demak, toʼla bandlikka erishish vositasi, deb bildi. ―Davlat, - deb ѐzgan edi J.Keyns, - isteʼmolga boʼlgan moyillikka nisbatan oʼzining rahbarlik taʼsirini qisman mos tizim yoʼli bilan, qisman foiz meʼѐrini belgilash bilan va qisman, ehtimol, yana boshqa usullar bilan roʼѐbga chiqarishi lozim boʼladi‖1.U past foiz meʼѐri orqali yuqori foyda olishni taʼminlaydi, tadbirkorlarda optimistik kayfiyatni kuchaytiradi, ularning sarmoya solishga boʼlgan moyilligini qoʼllab-quvvatlaydi va yuksalish holatini ushlab turadi, deb hisobladi.

XULOSA
Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish boʼyicha amalga oshirilayotgan bu choralar dunyoda iqtisodiyotning globallashuvi va yagona jahon iqtisodini yaratish jarayonlari kechayotganini hisobga olib amalga oshirilmoqda. Oʼzbekiston Umumjahon savdo tashkilotiga aʼzo boʼlishni istar ekan, oʼzining tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirishi va jahon iqtisodining tarkibiy qismiga aylanishi zarur.Koʼp mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishda kuchli protektsionizm va import oʼrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish bosqichidan oʼtadilar, keyin esa asta-sekin eksportga yoʼnalish tomonga siljiydilar. Import oʼrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish iqtisodiy mustaqillikka erishishning usuli boʼlib xizmat qiladi.Mamlakat iqtisodiy oʼsishning yuqori va barqaror surʼatlariga erishishni istar ekan, asta-sekin eksportga yoʼnaltirilgan iqtisodiy faoliyatga oʼtish muqarrardir. Bu borada Yaponiya va Osiyo-Tinch okean mintaqasining yangi sanoatlashgan mamlakatlari tajribasi alohida diqqatga sazovor.Eksport salohiyatini rivojlantirishga strategik yondashuvni amalga oshirishda bozor murvatlariga, ayniqsa, Umumjahon savdo tashkiloti yangi qoidalari munosabati bilan tashqi savdoga davlatning kuchli aralashuvi maqbul yoki maqbul emasligi toʼgʼrisidagi savol tabiiy ravishda koʼndalang boʼladi. Savdodagi sheriklarning davlat aralashuviga qarshi choralar, davlat boshqaruvida xatolarga yoʼl qoʼyilishi mumkinligi ham shunga ishora qiladi.Umumjahon savdo tashkiloti doirasida savdo qilishning yangi tartibi tashqi savdoni boshqarish boʼyicha baʼzi choralarni qoʼllash imkoniyatini cheklab qoʼydi. Shunga qaramasdan, agar turli “ruxsat berilgan” subsidiyalardan, “toʼlov balansi” haqidagi xalqaro savdo qonunlarining savdo bilan bevosita bogʼliq boʼlmagan bandlaridan oqilona foydalanilsa va xalqaro savdo qoidalari ijodiy talqin qilinsa, manevr qilish uchun sezilarli imkoniyatlar tugʼiladi.
- eksportni ragʼbatlantirish uchun, avvalo, barqaror makroiqtisodiy sharoit yaratish lozim. Bu inflyatsiyaning surʼatlari barqaror va prognoz qiladigan tarzda boʼlishi, valyuta almashtirish kursi bir xil boʼlishini anglatadi. Bunday sharoit eksportchilarga tashqi savdo shartnomlari tuzish, akkreditivlar ochish, valyutani erkin almashtirishga ishonch va oʼzlarining oladigan daromadlari haqida aniq tasavvurlarga ega boʼlish imkonini beradi;
- eksport salohiyatining rivojlanishiga mikroiqtisodiy omillar ham koʼmaklashishi lozim. Xoʼjalik yurituvchi barcha subʼektlarning mulk shaklidan qatʼiy nazar, import qilinayotgan ishlab chiqarish vositalarini olish uchun bir xil imkoniyatga ega boʼlishlarini taʼminlash bu omillar ichida eng muhim oʼrin tutadi;
- inson omilini rivojlantirish eksport salohiyatining rivojlantirishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning uchun ishchilarning bilimlari va kasb malakalarini takomillashtirish, ishchilarni tayyorlash zamonaviy texnika va texnologiyalarda amalga oshirilishi kerak;
- eksport salohiyatining ragʼbatlantirish maqsadida turli murvatlardan foydalanish zarur. Birinchi navbatda, uncha uzoq boʼlmagan muddatga eksport subsidiyalari kiritish lozim. Аmmo bunday subsidiyalar ularni amalga oshirish uchun qilinadigan byudjet xarajatlarini koʼpaytirmasligi kerak. Eksportni ragʼbatlantirishning eng qulay shakli erkin iqtisodiy zonalar hisoblanadi;
- qulay iqlim sharoitlari va aholining anʼanaviy, jumladan, meva-sabzavot yetishtirish boʼyicha malakalaridan mamlakat eksport salohiyatining rivojlantirishda keng foydalanish zarur. Iqtisodiy choralar, shu jumladan moliyaviy koʼmak, soliq imtiyozlari va boshqalar mamlakat eksport salohiyatini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Eksportni kreditlash, davlat kafolat majburiyatlarini taqdim etish, savdo va investitsiyalarni tijorat va siyosiy tavakkalchiliklardan sugʼurtalash mexanizmlarini tezkor ishlab chiqish va amalda foydalanish shubhasiz oʼzbek eksportchi korxonalarning manfaatlariga toʼliq mos keladi.Oʼzbekiston Respublikasining eksport salohiyatini oshirishni taʼminlash uchun tashqi savdo sohasini erkinlashtirishdan tashqari, bu faoliyatni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash uchun bir qator tadbirlar amalga oshirilshi kerak.


Download 52,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish