Тақризчи: Қ.ўқт Ш. Ш. Файзийев Mavzu: Davlatning ijtimoiy siyosatining moxiyati,maqsadi va vazifalari reja: kirish


O’zbekistonning iqtisodiyotda monopolistik faoliyatini tartibga solish maqsadlari va yo’nalishlari



Download 52,77 Kb.
bet4/7
Sana29.05.2022
Hajmi52,77 Kb.
#615200
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5393521223378410150

2.O’zbekistonning iqtisodiyotda monopolistik faoliyatini tartibga solish maqsadlari va yo’nalishlari.
O‘zbekiston Respublikasida ham iqtisodiѐtda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish maqsadida 1992 yilning avgust oyida ―Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida‖gi Qonun kuchga kiritildi. Mazkur Qonun asosida iqtisodiѐtda raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar ishlab chiqilib, amalga oshirila boshlandi.Ushbu qonun meʼѐr va talablarini amalga oshirish, monopoliyalarga qarshi kurashish va ularning faoliyati ustidan nazorat qilishga yo‘naltirilgan funksional idora sifatida 1992 yilda Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Bosh boshqarmasi tashkil etildi va u 1996 yil 15 mayda Moliya vizirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasiga aylantirildi. Iqtisodiѐtning xususiy sektorini jadal rivojlantirishni rag‘batlantirish, monopoliya kompaniyalari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish, bankrot va monipolist kompaniyalarni qayta tashkil etish, raqobat muhitini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 30 apreldagi 3602-sonli Farmoni va 2005 yil 2 maydagi 66-sonli Qaroriga muvofiq mazkur qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasiga aylantirildi.
O‘zbekiston Respublikasining ―Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida‖gi Qonuni qabul qilingan. Bu Qonunga binoan monopolistik faoliyatga xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning raqobatga yo‘l qo‘ymaslikka, uni cheklash ѐki bartaraf etishga qaratilgan harakatlari ѐki harakatsizligi deb taʼrif beriladi1.2012 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining ―Рақобат to‘g‘risida‖gi qonunda monopolistik faoliyat uchun asos bo‘ladigan ―Устун mavqe tovar ѐki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subʼektning ѐxud shaxslar guruhining raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi subʼektlarga bog‘liq bo‘lmagan holda unga o‘z faoliyatini amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi taʼsir ko‘rsatish, tegishli bozorga boshqa xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning kirishini qiyinlashtirish ѐxud ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holatidir.Tovar bozorida qaysi xo‘jalik yurituvchi subʼekt ѐki shaxslar guruhi tovarining ulushi:1) ellik va undan ortiq foizni tashkil etsa;2) o‘ttiz besh foizdan ellik foizgacha hajmda bo‘lib, bunda quyidagi shartlar:xo‘jalik yurituvchi subʼektning tovar bozoridagi ulushi kamida bir yil mobaynida barqaror bo‘lib turishi;tovar bozorida boshqa xo‘jalik yurituvchi subʼektlarga (raqobatchilarga) tegishli ulushlarning nisbiy miqdorda bo‘lib turishi;ushbu bozorga yangi xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning (raqobatchilarning) kirishiga imkoniyat bo‘lishi shartlari belgilangan bo‘lsa, shu xo‘jalik yurituvchi subʼektning ѐki shaxslar guruhining mavqei ustun mavqe deb eʼtirof etiladi.Moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subʼektning ѐki shaxslar guruhining ustun mavqeini eʼtirof etish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.Monopol arzon narx esa ushbu xo‘jalik subʼektining sotib olaѐtgan tovariga qo‘shimcha foyda olish ѐki qilingan asossiz xarajatlarni sotuvchi hisobiga qoplash maqsadida belgilaydigan narxidir. Shuningdek, raqobatchini bozordan siqib chiqarish uchun monopolistik mavqedagi xo‘jalik subʼekti belgilagan zarar ko‘radigan darajadagi narx hisoblanadi. Bunday narxlarning belgilanishi oqibatida raqobat cheklanadi. Insofsiz raqobat, yaʼni xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning tadbirkorlik faoliyatida ustunlikni qo‘lga kiritishga qaratilgan ular o‘rtasida musobaqalashuvni istisno etadigan, isteʼmolchilarni chalg‘itish usullari qo‘llanuvchi raqobatdir.
O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi davlat organi monopolistik faoliyat va insofsiz raqobatni cheklash hamda to‘xtatib qo‘yish sohasida davlat siѐsatini olib boradi.Monopoliyaga qarshi davlat organi xo‘jalik subʼektlarini tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Agar xo‘jalik subʼektlarining qo‘shilishi, birlashtirilishi, xolding kompaniyalariga aylantirilishi oqibatida monopoliya vujudga keladigan bo‘lsa, u holda ularning iltimosnomalari rad etiladi.Ushbu organ aksiyalar, ulushlar va boshqa mulkiy huquqlarni olish vaqtida monopoliyaga qarshi kurashga doir qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. Zaruriy va mumkin bo‘lgan hollarda monopolistik korxonalar majburiy tarzda bo‘lib ham yuboriladi. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilganda ushbu organ uni buzgan xo‘jalik subʼektlariga qonunda belgilangan jarimalarni soladi ѐki ularning ishini sudga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasida monopolistik faoliyatni cheklashga qaratilgan siѐsatning amalga oshirilishi natijasida bugun avval monopollashgan tekstil, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, farmatsevtika, mebel va oziq-ovqat sanoati kabi sohalarda sog‘lom raqobat muhiti shakllanib, yirik monopoliyalar tugatildi. Monopollashgan bozorni tahlil qilish tubdan qayta ko‘rib chiqildi, asosiy eʼtibor tarmoqni o‘rganishdan tovar bozorlardagi talab va taklifga, bozor muvozanatiga bevosita taʼsir ko‘rsatuvchi omillarga qaratilmoqda. Ushbu asosda Qo‘mita tomonidan xar yili 100 ga yaqin tovar va moliya bozorlari segmentlari o‘rganilmoqda.Xo‘jalik yurituvchi subʼektlarni tekshirish o‘rniga, ―картел‖ deb nomlanuvchi turli shakldagi, ayniqsa narx sohasidagi kelishuvlar va kelishib qilingan harakatlarni aniqlash bo‘yicha tahlillar amalga oshirilmoqda.
Monopolist-korxonalar davlat ryestriga kiritilgan korxonalar va tabiiy monopoliya subʼektlari davlat ryestriga kiritilgan korxonalar umumiy sonining faoliyat yuritaѐtgan xo‘jalik subʼektlar umumiy soniga (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) nisbati bilan hisoblanadi.Hozirgi kunda xaridlarning deyarli 98 foizi tabdirkorlik subʼektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.O‘zbekiston Respublikasining ―Табиий monopoliyalar to‘g‘risida‖gi Qonuniga (yangi tahriri) asosan tabiiy monopoliya subʼektlari bilan isteʼmolchi va davlat manfaatlarining mutanosibligi taʼminlanadi. Ushbu qonunga ko‘ra tabiiy monopoliya tovar bozorining texnologik xususiyatlari tufayli muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga bo‘lgan talabni qondirishning raqobatli sharoitlarini yaratish mumkin bo‘lmagan ѐki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan holati hisoblanadi.
O‘zbekistonda tabiiy monopoliya subʼektlarining faoliyati quyidagi sohalarda davlat tomonidan tartibga solinadi:
- neft, neft mahsulotlari va gazni quvur orqali transportirovka qilish;
- elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish hamda transportirovka qilish;
- temir yo‘llari infratuzilmasidan foydalanish;
- umumiy erkin foydalaniladigan pochta aloqasi xizmatlari;
- suv quvurlari va kanalizatsiya xizmatlari;
- aeronovigatsiyalar, portlar va aeroportlar xizmati;
- transport terminallari xizmatlari.
Qonunda tabiiy monopoliya subʼektlari faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u vakolat bergan organ, yaʼni O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi va uning joylardagi organlari tabiiy monopoliya subʼektlari faoliyatini tartibga soladi.Monopoliyaga qarshi organ qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan tabiiy monopoliya subʼektlariga jarima soladi ѐki qonun buzilishi holatlarini to‘xtatish va bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar yuboradi, shu bilan birga, sudga daʼvo arizasi bilan murojaat etadi.
Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan, ular tomonidan ushbu qonunga zid tarzda qabul qilingan hujjatlarni bekor qilish ѐki o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida ko‘rsatmalar yuboradi. Monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat muhitini yaratishdan ko‘zlangan maqsadlaridan biri isteʼmolchilarning tanlash erkinligini taʼminlash va huquqlarini himoya qilishdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasining ―Истеъмолчиларнинг huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida‖gi Qonunga muvofiq isteʼmolchi foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan hamda shaxsiy isteʼmol ѐki xususiy xo‘jalikda foydalanish maqsadida tovar sotib oluvchi ѐki ish, xizmatga buyurtma beruvchi ѐxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro (jismoniy shaxs) hisoblanadi.Davlat isteʼmolchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olish va undan foydalanish chog‘idagi huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarining himoya qilinishini kafolatlaydi.



Download 52,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish