1.Davlatning iqtisodiy monopolizmga qarshi siyosati choratadbirlari.
Davlat bozor iqtisodiѐtini rivojlantirishning asoslaridan biri bo‘lgan raqobat mexanizmining to‘liq ishlashi uchun hamda aholini maʼlum darajada ijtimoiy himoyalash maqsadida iqtisodiy monopolizmga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Maʼlumki, sobiq sotsialistik mamlakatlarda, shu jumladan, sobiq covet ittifoqida davlat mulkining yakkahokimligi, rejali xo‘jalik yuritish tizimining amal qilishi oqibatida iqtisodiy raqobat uchun sharoit bo‘lmadi. Tadbirkorlik va tanlash erkinligi ham mavjud emasdi. Shu boisdan O‘zbekistonda bozor iqtisodiѐtiga o‘tish uchun raqobatchilikni tiklash lozim bo‘ladi. Buning uchun davlat mulkini uning ixtiѐridan chiqarish va xususiylashtirishning o‘zi kifoya qilmaydi. Chunki yangidan tashkil topadigan aksionerlik jamiyatlari, konsern, uyushmalar, xususiy firmalar yana iqtisodiy yakkahokim bo‘lib qolishlari mumkin. Shu boisdan rivojlangan mamlakatlarda to‘plangan yakkahokimlikka qarshi kurash tajribalari asosida antimonopol siѐsatni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.Dastlabki monopolizmga qarshi qonun 1890 yilda (trestlarga qarshi Sherman qonuni) AQShda qabul qilingan. Hozirgi davrda ana shunga o‘xshash qonunlar deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan bo‘lib, mazkur qonunchilik asosan uch yo‘nalishga ega.Birinchidan, har qanday yirik firma, korporatsiya mahsulot ishlab chiqarishning 40-50 foizdan ortig‘ini o‘z qo‘lida to‘plamasligi zarur.Ikkinchidan, barcha yirik korxonalar jismoniy va yuridik shaxslar uchun o‘zining va boshqa hissadorlik jamiyatlari aksiyalarining to‘planadigan ulushlari miqdori cheklab qo‘yiladi.Uchinchidan, bozor baholarini talab va taklif nisbatini inobatga olmay, o‘zaro kelishib belgilash va ushlab turishga qaratilgan kelishuvlar, bozorlarni o‘zaro taqsimlab olishlar man qilinadi.
Monopoliyaga qarshi qonunchilikni tatbiq etish uchun maxsus maʼmuriy muassasalar, qo‘mitalar tuziladi. Ular korxonalarning tuzilishiga, qimmatbaho qog‘ozlarning taqsimlanishiga aralashadilar va barcha uchun majburiy qaror ishlab chiqaradi. Bunda Yaponiya tajribasi qo‘l kelishi mumkin. Yaponiyada Ikkinchi jahon urushidan keyin yakkahokim monopoliyalarni man qiluvchi qonunga amal qilishni nazorat qiluvchi odilona kelishuvlar yuzasidan tashkil topgan qo‘mita keng vakolatlarga ega bo‘lib, mazkur qo‘mita mustaqil ravishda ish yuritadi. Agar amaldagi qonunchilikning buzilishini qo‘mita aniqlasa va bu holat sud tomonidan tasdiqlansa, uni buzgan firmaga juda katta jarima solinadi. Qo‘mita o‘zaro raqobat qiluvchi korporatsiyalarning bir-birlari bilan kartel shartnomalari tuzishlarini man qiladi. Agarda ana shunday shartnomalar iqtisodiy zarurat sifatida tuzilsa, qisqa muddatli bo‘lishi nazorat qilinadi.Monopoliyaga qarshi davlat organlarining monopolistik faoliyatni cheklash va tartibga solishga qaratilgan faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- monopoliyadan chiqarish bo‘yicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni nazorat qilish;
- bozorda maʼlum tovar bo‘yicha 35% dan ortiq ulushga ega bo‘lgan va ryestrga kiritilgan xo‘jalik subʼektlarining bozordagi hatti-xarakatini nazorat qilish;
- tovar bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik subʼektlarining monopolistik faoliyatining oldini olish va unga barham berish;
- tovar bozorlariga kirish to‘siqlarini, shuningdek, xalqaro savdo va investitsiyalar uchun tarifli va tarifsiz to‘siqlarni kamaytirish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirish;
- xo‘jalik subektlarini bo‘lib yuborish, ѐki ushbu tovar bozoriga kirishni istagan yangi xo‘jalik subʼektlarini qo‘llash-quvvatlash yo‘li bilan monopolistik tovar bozorida xo‘jalik subʼektlari sonini ko‘paytirish;
- xo‘jalik subʼektlarining qo‘shilishiga va yuridik shaxslarning uyushmalar tashkil etishlarini man qilish;
- g‘irrom, nohalol raqobatning oldini olish;
- tovar bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik subʼektlarining bozor salohiyatini(potensialini) cheklash.
Buyuk Britaniya va Fransiyada korxonalarning qo‘shilishi natijasida tashkil topgan yangi korxonaning bozor ulushi 25%dan, aktivlar hajmi ham maʼlum miqdordan oshmasligi kerakligi belgilab qo‘yilgan.Germaniyada bundan tashqari yillik sotish hajmining quyi chegarasi ham belgilab qo‘yiladi AQSH, Yaponiya, Kanada, Avstraliyada qo‘shilish to‘g‘risidagi shartnomalar davlatning tegishli organlari ruxsatisiz tuzilgan taqdirda noqonuniy hisoblanadi. Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyada aktivlari qiymati va sotish hajmi bo‘yicha yirik firmalarning qo‘shilishigina nazorat qilinadi.
Kartellar AQSH, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Portugaliya, Avstraliya, Kanadada to‘liq man qilingan. Bu haqdagi keluv qonunni buzilishi holati deb hisoblanadi. Kelishuv to‘g‘risidagi maʼlumot tasdiqlansa, monopol foyda miqdoridan 3 barobar ko‘p miqdorda shtrafga tortiladi. AQShda yashirin kartelda ishtirok etish javobgarlikka tortiladigan jinoyat hisoblanadi. Taʼminot va sotish faoliyati bo‘yicha firmalarning birlashishi tannarxni pasaytirishga imkon bersa ham noqonuniy faoliyat deb baholanadi. Monopolistik raqobat o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‘nlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini tabaqalashtirish, yaʼni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo‘yicha farqlash orqali uning monopol ishlabchiqaruvchisiga aylanadi.Oligopoliya –tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning mavjud bo‘lishi va hukmronlik qilishidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Shuningdek, iqtisodiy adabiѐtlarda g‘irrom va halol raqobatlashuv usullari ham ajratib ko‘rsatiladi. Raqobatlashuvning noanʼanaviy, jamiyat tomonidan eʼtirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (yaʼni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‘siga putur yetkazish va h.k.) usullaridan foydalanish g‘irrom raqobat deb yuritiladi. Halol raqobat – raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan iqtisodiy usullarni qo‘llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo‘llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi.Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat. Narx vositasida raqobatlashuv kurashning asosiy usuli bo‘lib, ishlab chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. Narxsiz raqobatda kurashning asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-eʼtibori hisoblanadi. O‘zbekistonda bozor iqtisodiѐtiga o‘tish uchun raqobatchilikni tiklash lozim bo‘ladi. Buning uchun davlat mulkini uning ixtiѐridan chiqarish va xususiylashtirishning o‘zi kifoya qilmaydi. Chunki yangidan tashkil topadigan aksionerlik jamiyatlari, konsern, uyushmalar, xususiy firmalar yana iqtisodiy yakkahokim bo‘lib qolishlari mumkin. Shu boisdan rivojlangan mamlakatlarda to‘plangan yakkahokimlikka qarshi kurash tajribalari asosida antimonopol siѐsatni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bunda Yaponiya tajribasi qo‘l kelishi mumkin. Yaponiyada Ikkinchi jahon urushidan keyin yakkahokim monopoliyalarni man qiluvchi qonunga amal qilishni nazorat qiluvchi odilona kelishuvlar yuzasidan tashkil topgan qo‘mita keng vakolatlarga ega bo‘lib, mazkur qo‘mita mustaqil ravishda ish yuritadi. Agar amaldagi qonunchilikning buzilishini qo‘mita aniqlasa va bu holat sud tomonidan tasdiqlansa, uni buzgan firmaga juda katta jarima solinadi. Qo‘mita o‘zaro raqobat qiluvchi korporatsiyalarning bir-birlari bilan kartel shartnomalari tuzishlarini man qiladi. Agarda ana shunday shartnomalar iqtisodiy zarurat sifatida tuzilsa, qisqa muddatli bo‘lishi nazorat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |