2.1 Markaziy Osiyo etnografiyasi rus manbalarida.
O’zbek xalki etnografiyasiga oid ilmiy ahamiyatga ega materiallar to’plash davri keng ma’noda XIX asrdan boshlandi. Bu davrdagi ko’pgina ekspeditsiyalarning asosiy bazasi bo’lgan Orenburg shahri katta rol o’ynaydi. Orenburgning ilmiy markazga aylanishiga uning birinchi gubernatori geograf N. K. Kirilov sababchi bo’ldi.XIX asrning birinchi yarmida N. N. Muravyov, A. F. Negri, N. V. Xanikov, G. I. Danilevskiy va boshkalar o’tkazgan tadqiqotlar Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan, o’zbeklar etnografiyasini o’rganishdagi muhim ilmiy qadamlar edi. Ular ichida 1819—1870- yillarda Xiva xonligiga sayoxat qilgan N. N. Muravyov xaqida aytib o’tish lozim. U o’z taassurotlarini yozib, chop ettirgan. Bu asarning ba’zi boblarida o’zbeklarning tabiati,diniy e’tiqodlari, urf-odatlari, ma’rifati, kiyim-kechagi. Uy ro’zgorlari, urug’-aymogiga oid sof etnografik ma’lumotlar keltirilgan1. Rossiya bilan Markaziy Osiyo ) o’rtasidagi ko’p asrlik savdova diplomatik munosabatlar, Sibir liniyasi va Orenburg guberniyasining tashkil topishi, bu ikki ulkani iqtisodiy jihatdan bir-biriga yaqinlashtirib, bosqinchilik siyosatiga o’tgan podsho xukumatining talonchilik niyatlarini amalga oshirishga shart-sharoit yaratgan edi. Natijada XX asrning 60-80- yillarida Rossiya podsholigi Buxoro va Xiva xonliklarining ancha qismini, Qo’qon xonligini to’liq bosib olib, Rossiya imperiyasiga qo’shib oladi. O’zbeklarni ilmiy-etnografik jihatdan o’rganish xam aslida mana shu davrdan boshlangan. O’sha paytgacha jahon fani o’zbeklarni faqat sayyoh va elchilarning (ayrim tasodifan kelib-ketgan ilmiy shaxslarni e’tiborga olmaganda) bergan ma’lumotlari orqaligina bilar edi. Ayrim sayohatchilarning to’plagan etnografik ma’lumotlari esa noaniq bo’lib, ko’pgina faktlar bo’zib ko’rsatilgan. Rossiya podsholigi va unga xizmat qilayotgan fani o’lkani to’la bo’ysundirish niyatida Markaziy Osiyo xududida xartomonlama tadqiqot ishlarni o’tkazishga yo’l ochib berdi. Markaziy Osiyodagi xalqlar tarixi va etnografiyasini o’rganishda ikki oqim mavjud edi. Ulardan biri ulug’ davlatchilik intilishlariga asoslangan burjua-dvoryan madaniyati manfaatlariga, ikkinchisi esa demokratik madaniyat manfaatlariga xizmat qilar edi. Birinchi oqimga katta amaldorlar. generallar, yukori martabali shahslar va Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosatini ifoda etuvchi boshqa kishilar, ikkinchi oqimga esa ilg’or tafakkurga ega bo’lgan o’qituvchilar, doktorlar, muhandislar, oddiy amaldor va xizmatchilar kirar edi2.Markaziy Osiyo xalqlarini etnografik jihatdan o’rganishda 1872 yilda Moskvada ochilgan politexnika ko’rgazmasiga qo’yilgan Markaziy Osiyo xalqlarining kiyim-kechaklari, xunarmandchilik mahsulotlari va asboblari zo’r qiziqish tug’dirdi.
O’sha ko’rgazmada ko’rsatilgan kolleksiyalarning ta’rifi keyinchalik nashr qilingan mahsus katalogda berilgan. Ko’rgazma munosabati bilan tayyorlangan Turkiston fotoalbomi ayniqsa katta ahamiyatga egadir. 1700 dan ortik rasmni o’z ichiga olgan bu albom fan jamoatchiligi tomonidan yuksak baholandi. Albomning asosiy g’oyasi san’ati jihatidan tasvirlab berishdan iborat edi. Albom feket bir necha nushadagina tuzilgan bo’lib uning nusxasi xozir Alisher Navoiy nomidagi O’zbekistan Milliy kutubxonasida saqlanmoqda va XIX asrdagi Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi va etnografiyasini o’rganishda noyob manba bo’lib xizmat qilmoqda. Tadqiqotchi V. P. Nalivkin mahalliy aholining etnografiyasini o’rganishda ko’zga yaqqol tashlanadigan ishlarni amalga oshirgan. V. V. Bartoldning ta’rificha,V. P. Nalivkin "Ruslar orasida o’zbeklarning tili, turmushini eng yaxshi bilgan olimdir".U rafiqasi bilan birgalikda 1886 yili Qozon shahrida "Fargonadagi o’troq mahalliy aholi xotin-qizlarining turmushi haqida ocherk" nomli etnografik asar nashr etgan. Etnografik materiallarni keng ommaga yetkazish va ularni saqlab qolishda ilmiy jurnallar statistik komitetlar-ning to’plamlari xamda ‘'Turkestanskie vedomosti” gazetasining xizmatlarini alohida qayd qilib o’tish lozim. Mazkur davriy nashrlarda A. A. Kun, A. A. Divaev, A. P. Ostroumov,N. S. Likoshin, N. Gabbin, A. N. Kushakevich, V. K.Razvadovskiy, A. A. Semyonov, N. A. Kirpichnikov, A. D. Kallyakov, F. Pospelov va boshkalarning asarlari tez-tez bosilib turgan1. Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan, o’zbeklarning tarixi va etnografiyasini o’rganishda XIX asrda rus olimlarining tashabbusi bilan tashkil topgan ilmiy jamiyatlarning roli nihoyatda kattadir. Rus geografiya jamiyatining Turkiston bo’limi, tibbiyot, antropologiya va etnografiya havaskorlari jamiyatining Turkiston bo’limi, Turkiston arxeologiya havaskorlari to’garagi, Turkiston qishloq xo’jalik jamiyati, Xomitov to’garagi, O’rta Osiyo olimlar jamiyati. Rus texnika jamiyatining Turkiston bo’limi, sharqshunoslik jamiyatining Toshkent bo’limi, Turkiston tabiatshunoslari va vrachlari jamiyati, Turkiston tibbiyot jamiyati xamda Farg’ona va Samarqand vrachlari jamiyatlari - bu muassasalar ko’lamining naqadar keng ekanligini ko’rsatib turibdi. Shunday qilib, XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asrning boshlarida o’zbeklarni va Markaziy Osiyo mintaqasi boshqa xalqlarini etnografik jihatdan o’rganishda fanga ancha hissa qo’shilgan edi. Mustamlakachilik siyosatiga amal qilib kelgan fanning tor doiradagi ta’limoti va cheklangan imkoniyatlariga qaramay, o’sha davrdayoq Turkiston o’lkasidagi elatlarning tarixi va etnografiyasiga oid boy ma’lumotlar va materiallar keyingi tadqiqotlar uchun muhim bir asos bo’lgan edi. 1917 yildan so’ng tadqiqotchilar, shu jumladan. etnograflar orasida tabaqalanish boshlandi. Ya’ni ayrimlari yangi tuzum tarafdori bo’lsa, boshqalari sovetlarga qarshi tomonga o’tib ketdilar. Ammo rus olimlari an’analarini davom ettirib, yosh etnograflarni yetishtirishda o’z xissalarini qo’shdilar. Masalan etnograf va sharqshunoslardan N.G. Malliskiy. M. S. Andreev. A. A. Semyonov. A. A. Divaev kabilar O’rta Osiyo Davlat universitetida qolib o’z ilmiy ishlarini davom ettirdilar. Turkiston universitetida o’zbeklar etnografiyasi bo’yicha mahsus kurs kiritilgan va etnografiya fanining tashviqotchisi N. S. Likoshinning bu boradagi ishlari diqqatga sazovordir. Keyinchalik O’rta Osiyo Davlat universitetining mahsus fakultetiga aylangan Sharq instituta o’quv rejasida etnografiya faniga alohida e’tibor berilganligi tufayli sobiq talabalari ichidan yirik etnograf olimlar yetishib chiqdi. XX asrning 20-yillarida o’zbeklar etnogenezi va urug’ qabilaviy tuzilishi, ijtimoiy va oilaviy turmushi, xo’jaligi va boshqa masalalarga oid bir necha etnografik asarlar paydo bo’ldi. Ilk nashrlardan professor Ye. D. Polivanov va etnograf L. P. Potapovlarning ishlari diqqatga sazovordir. G. Golser dehqonchilik xo’jaligi to’g’risida kitob nashr qildirdi. Xunarmandchilikka bag’ishlangan asarlarni F. Gavrilov, M. S. Andreev, A. N. Samoylovichlar yaratdilar. Shunday bo’lsada, bugungi kunda Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasiga oid qator masalalar atroflicha yoritilmagan, ayniqsa, o’zbek xalqi etnogenezi, moddiy va ma’naviy madaniyati bo’yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar yetarlicha ma’lumotlar bermaydi.Ushbu masalani mamlakatimiz va jahon etnografiya fanining qo’lga kiritgan so’nggi yutuqlariga asoslangan xolda xal etishimiz mumkin1. Hozirgi kunda fanda sart atamasi masalasida asosan ikki xil qarash shakllangan. Birinchisi — sart bu etnos, forsiyzabon tojikdir, degan qarashdir. Dastlab G.Vamberi, V.Raddov, N. Ostroumovlar shunday fikr bilan chiqqan edilar. Bunday qarashga akademik V.V.Bartold qo’shilib, uni ilmiy asoslab, "sart" alohida xalq, etnik birlik, ammo zamon o’tishi bilan uning mazmun va mohiyati o’zgarib borgan, uni na o’zbeklar, na tojiklar bilan aralashtirib bo’lmaydi, deydi. Bu bilan u, dastlab sartlar til jihatidan eroniy bo’lib, keyinchalik turkiylashib ketganligini ta’kidlaydi2. Ammo hozirgi kunda V.V.Bartold izdoshlari Indiana universitetining professori Yu.Bregel, Tojikiston FA sining akademiklari N.Ne’matov, Yu.Yakubov, R.Masov va boshqalar V.V.Bartoldning "sartlar turkiylashgan so’g’diylar edi", degan royasiga mahkam yopishib olganlar. Ayniqsa, Yu.Bregel Abulg’ozi Bahodirxonning "Shajarai turk» asarida XVII asr oxirlarida Xorazm sartlarini alohida etnik guruh sifatida o’zbek va turkmanlar qatorida eslab o’tishini ta’kidlaydi. Chunki Yu.Bregel va uning izdoshlari o’zbek haqida gap ketganda, faqat XVI asr boshlarida Shayboniyxon bilan birga O’rta Osiyoga kirib kelgan Dashtiqipchoq ko’chmanchi o’zbeklarini tushunadi. "Sart" masalasidagi ikkinchi qarash asosan jadidlarga tegishli bo’lib, ularning faollari Sherali Lapin, Mahmudxo’ja Behbudiylar bo’lgan. Bu qarashga I.Magidovich kabi rus sharqshunoslari ham hayrihoh edi. Bu tarafdorlari tomonidan “sart"ning alohida etnik birlik, etnos ekanligi inkor etiladi. Sherali Lapin “sart"ning kelib chiqishi masalasida V.V. Bartold bilan 1894 yilda matbuotda qattiq baxslashadi va o’z pozitsiyasini aniq ifodalaydi. Uningcha, «sart» etnik kelib chiqishidan qat’i nazar, O’rta Osiyoning tub joy aholisi; alohida "sart" tili bo’lmaganidek, "sart" degan alohida etnos, mahsus xalq ham yuz; sartlar mahalliy forsiyzabon va turkiygo’y o’troq aholining aralashuvidan tarixan tarkib topgan turkiy tilli turkistonliklardir; ularning tili turkiy tilning zamonaviy bir ko’rinishi bo’lib, u arabiy-forsiy tillardan so’zlar hisobiga boyigan yangi o’zbek tilidir. Demak, sart aniq bir etnos, xalq bo’lmay, Turkistonning mahalliy turkiy va eroniy etnik qatlamlari qorishuvidan tarixan tarkib topgan turkiy tilli yirik ijtimoiy toifa. Mazkur tahliliy fikr-mulohazalardan kelib chiqib hulosa qilish mumkinki, "sart" va "taziq" atamalari sinonim so’zlar bo’lib, har ikkalasi ham dastlab savdogar ma’nosini anglatgan. VIII-IX asrlarda savdogarni so’g’ddar "taziq" desa, savdoda ustasi qarang so’g’dlarning o’zini ham tevarak-atrof aholi “taziq"deb atay boshlaydilar. Tarix taqazosiga ko’ra, so’g’diylar o’zlarini ham o’zga etnoslar tomonidan asta-sekin "taziq" deb atalishiga ko’nikib, hukmron til muhiti ta’sirida IX-X asrlardan boshlab so’g’dcha "taziq" forscha "tojik"ka aylandi, "sart" atamasi esa "taziq"ning sinonymi sifatida til jiatidan turkiylashgan so’g’diylar bo’lib, dastlab har ikki tilning (so’g’diy-tojik va turkiy-o’zbek) sohiblari bo’lsa, keyinchalik (XVII asr oxirlaridan) faqat eski o’zbek tilida so’zlashuvchi o’troq aholining etnik qatlami bo’lib qoldi. O’zbekiston SSRni tashkil etilishi arafasidagi ikkinchi yirik turkiy tilli toifa — turklar bo’lib, ular Movarounnahr va Xorazm hududlarida qadimdan, sartlar bilan aralashib, shaharlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq, qishlorqlarda xo’jaligi, bog’dorchilik va poliz ekinlari bilan shug’ullanib kelayotgan Turkistonning o’troq aholisi edi. Bular turkiy tilli uchinchi toifa — ko’chmanchi shayboniy o’zbeklaridan (turkiy til lag’jasi, turmush tarzi va xo’jalik yuritishi bilan) farq qilib, ular allaqachonlar urug’-aymoq- chilik udumlarini, qabilaviy nomlarini unutib yuborgan edilar O’zbek xonliklari hamda Chor Rossiyasi davrida yaratilgan tarixiy va etnografiyaga doyr yozma manbalarda, xorijiy olimlar asarlarida ular turkistonliklar, Turkistonning tagli-tugli aholisi sifatida tilga olinadi. Ularni o’zbeklar deb atamaydilar. Chunki sobiq sovet davri va hozirgi kundagi o’zbek xalqi haqidagi tasavvurdan farqli o’laroq, u kezlarda o’zbek nomi ostida XVI asr boshlarida Turkistonga kirib kelgan Dashtiqipchoqning ko’chmanchi o’zbeklari tushunilgan. Aynan ana shular O’zbekiston SSRning tashkil topishi arafasidagi turkigo’y aholining uchinchi toifasi edi. XX asr boshlariga kelganda "o’zbek" nomi ostida nafaqat shayboniy o’zbeklari, balki mintaqasining o’troq aholisi ham o’zlarini Turkiston turklari deb atash bilan birga, Turkiston o’zbeklari degan tushunchaga ko’nikib qolgan edilar. Xullas, O’zbekiston SSRni tashkil etilishi arafasida ularni birlashtiruvchi yagona etnonim bo’lmagani kabi, ularning bo’lajak milliy davlati “O’zbekiston" deb atalishiga ham qattiq e’tiroz yuk, edi. Chunki Turkiston hududlarida yashovchi forsiyzabon tojiklar mintaqa aholisining behudan birini ham tashkil etmas edi. Boz ustiga, Turkiston aholisining aksariyat ko’pchiligi turkiyda, ya’ni eski o’zbek tilida so’zlashar edilar. Bu etnolingvistik vaziyat Turkistonda turkiy tilli yagona respublika tuzishni, uning nomini esa Turkiston deb atalishni taqazo etardi, yoki bo’lmasa, Turkiston turkiy milliy davlat tuzilmalarini parchalab yuborib, Movarounnazf va Xorazm hududlarida qarluq-chigal turkiy til laqchalari asosida tuzilgan O’zbekiston milliy respublikasini tashkil etishni taqozo etardi. 1917 yil oktabr oyidagi bolsheviklarning davlat to’ntarishidan keyin, V.I.Leninning o’lka ma’lum xalqlariga qarata yuborgan murojaatida, endilikda bir xalq, "o’z tavdirini o’zlari belgilashi" kerak, "qiymatni qo’lga olinglar", Turkiston xalqlari o’zlarining yagona Umumturkiston davlatini tuzishga kirishadilar. Sovetlar 1918 yilda RSFSR tarkibidagi sovetlar "andozasi" asosida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etdi. Bu bilan amalda "yagona va bo’linmas Rossiya" uchun kurash olib borib, chorizmning mustamlakachilik siyosatini ochiqdan-ochiq davom ettirdilar. Mahalliy kadrlar tashabbusi bilan tashkil etilgan Turkiston muxtoriyatini esa bolsheviklar qonga botirib, oqibatda, sovetlarga qarshi qurolli qo’zg’olonlari ("bosmachilik" harakati)ning kelib chiqishiga olib kelgan. Zero Turkiston jadidlarining istiqlolchilik harakati bolsheviklarni cho’chitib qo’ygan edi. Chunki bu istilolchilik harakatining zaminida O’rta Osiyo turkiy tilli elatlarining birlashtruvchi yagona Turkiston davlatini tuzish tarafdorlari ko’p edi. Ammo bolsheviklar bunga qat’iy qarshi chiqadilar. Chunki ularning asl maqsadi turkiy xalqlarni parchalab tashlash edi1. Shundan so’ng jadidlar bolsheviklarning "millatlar o’z tahdidini o’zlari belgilashlari kerak" degan shiorlariga asoslangan turkizm g’oyasini ko’tarib chiqadilar. Markaz bunga rozilik bildiradi, ammo faqat "yagona va bo’linmas SSSR tarkibida" ayrim avtonom, milliy davlat tuzilmalarini tashkil etishni qatiy bayon qiladilar. "Chunki "Turkiston" unda yashovchi barcha ongida ularning tarixiy vantani ramzi sifatida tushunilardi, uning mustaqilligi va ozodligi uchun kurashda doimo birlashtiruvchi ta’sirchan omil bo’lib kelgan edi". O’rta Osiyoda milliy davlat tuzilmalarini tashkil etish g’oyasi bolsheviklar orasida XX asrning 20 yillari boshlaridayoq tug’ilgan edi. 1920 yil 20 iyunda RKP (b) M1 Siyosiy byurosida Turkistonga "Turkistonning ma’muriy okruglarini uning milliy tarkibiga muvofiq qayta taqsimlashga kirishish" topshirilgan. Shu yo’nalishdagi ishlarni olib borishda, birinchi navbatda O’rta Osiyodagi xalqlarni milliy guruhlarga ajratish uchun ularning etnik jizhatdan o’xshashlarini birlashtirishni lozim ko’rildi va shu maqsadda til vositasidan foydalanildi. “Yagona turkiy til bo’lmaganidek, yagona turkiy madaniyat ham bo’lmaydi" degan shior ostida turkiy tilning ayrim laqchalarini isloh qilish va ular negizida har bir milliy tuzilma (o’zbek, turkman, qirg’iz) tanlangan laqcha asosida o’z milliy tillarini yaratish kerak edi. Darhaqiqat, Markazda bo’lajak respublikalar va ularning milliy nomlari ham oldindan belgilab qo’yilgan edi. Masalan, sharqshunos olim I.Magidovich o’z tadqiqotlarida O’rta Osiyoda "XX asr boshlariga kelganda til, etnomadaniy va o’zlikni anglash jarayoni shunday kechdiki, o’zbeklar bilan sartlar o’rtasidagi farq qolmadi" deydi. Bu fikr 1924 yilda bo’ladigan milliy hududiy chegaralash oldidan O’zbekiston SSRning tashkil etilishi haqdagi "karomat" edi. 1920 yilga kelib Farg’ona vodiysida istitut olchildi harakatining qurolli qarshiliklari shunday kuchaydiki, uning ta’sirida Samarkand, Buxoro va Xorazmda ham uning uchqunlari alanga olib ketdi. Bu ham O’zbekiston SSRni tashkil etishni tezlashtirdi. Istiqlolchilik harakati yillarida Turkiston jadidlari rahnamoligida "Turkiston —turkistonlik xalqlar Vatani. Vatan chegaralaridan dushmanni quvib chiqaramiz!" degan shiorlar bilan olib borilgan umumxalq kurashi Markazni vahimaga solib qo’ygan edi. Chunki O’rta Osiyoda yangi ijtimoiy-siyosiy tuzum sharoitida mintaqa xalqlari ongida o’zlikni, ma’naviyatni himoya qilish bilan qadimiy milliy davlatchilikni saqlab qolish va uni mustahkamlash harakati uzviy bog’lanib ketgan edi. Shu tariqa, 20 yillarning o’rtalariga kelib, nafaqat RSFSR tarkibiga kirgan Turkiston avtonom respublikasini yangitdan chegaralash, balki bu tadbir Buxoro va Xorazm xalq respublikalarining ham kelajak taqdirini belgilash masalasiga aylanib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |