Tarixshunoslik



Download 61,21 Kb.
bet1/6
Sana20.06.2022
Hajmi61,21 Kb.
#678705
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
dilyor


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
ARXIVSHUNOSLIK YO‘NALISHI 3-BOSQICH TALABASI
XOLBOYEV DILYORNING
TARIXSHUNOSLIK” FANIDAN

SOVETLAR DAVRIDA O‘ZBEKISTONDA ETNOGRAFIYAGA OID TADQIQOTLAR” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN




KURS ISHI

ANDIJON – 2022

REJA:
Kirish..............................................................................................3-4-bet
I – bob. O‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixining o’rganilishi.
1.1 O’zbek xalqining shakillanishi tarixi.................................................5-9-bet
1.2 O’zbek xalqining an’anaviy xo’jaligi ............................................10-14-bet
II – bob. Markaziy Osiyo etnografiyasi tadqiqotlarda.
2.1 Markaziy Osiyo etnografiyasi rus manbalarida...........................15-20-bet
2.2 Rus etnologiya maktabining shakilanishi va O’rta Osiyo etnologiyasini o’rganilishi.......................................................................................21-24-bet
Xulosa.........................................................................................25-26 -bet
Foydalanilgan adabiyotlar.............................................................27-bet

Kirish.
Hozirgi kunga kelib, Respublikamizda milliy-ma’naviy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, milliy mafkura g‘oyalarini fuqorolarimiz ongiga yanada chuqurroq singdirish va yanada teran anglatish kuchayib, O‘zbekiston xalqlarining o‘z o‘tmish va kelib chiqishiga qiziqishi ortib bormoqda. Xususan, o‘zbek xalqining etnik tarixi, uning xalq sifatida shakillanishi masalalari dolzarb ekanligi yurtboshimiz I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q“ asarida (1998) har tomonlama asoslab berildi. Bu yo‘nalishda tarixchilarimiz oldiga yechimi hayotiy zarur bo‘lgan vazifalar qo‘yildi. Jumladan, yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Movaraunnahr sarhadlariga o’zoq tariximiz davomida ne-ne bosqinchilar kirib kelmagan, ko‘p yillar, balki, asrlar davomida yutrimizda ne-ne o‘zga sulolalar hukmronlik qilmagan deysiz. Erondan Ahmoniylar, Yunonistondan Aleksandr keldi, Arabistondan Qutayba, Mug‘ulistondan Chingizxon keldi, rus istilochilari keldi. Lekin xalq qoldiku?..., ana shunday har tomonlama mudhish, chetdan qaraganda xalqimiz, uning madaniyati, milliy tafakkuri, urf-odatlari, turmush tarzi, hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, nasl-nasabi yo‘q bo‘lib ketishi kerak bo‘lgan sharoitda baribir, qator yo‘qotishlar bilan bo‘lsa ham, millatimiz o‘zligini saqlab qololdimi, yo yo‘qmi? Olimlarimiz ana shu savolga javob bersinlar”. Etnogenez yoki birorta xalqning kelib chiqish tarixi masalalari tarix fanining yutuqlari bilan chambarchas bog‘liqligi ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilgani ma’lum. Ammo, tarix fanining boshqa yo‘nalishlariga (arxeologiya, etnografiya, antropoliya va bosh.) nisbatan o‘zbek xalqi etnogenezi hamon jiddiy tadqiqotlar talab etadi. Etnogenez va etnik tarix masalalari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu yo‘nalishdagi ayrim ko’zatishlarni yunon, xitoy, rim, arab, eroniy va turkiy tillarda yozilgan qadimgi hamda o‘rta asr mualliflari va sayyohlari asarlarida uchratish mumkin. Ular o‘z asarlarida xalqlarning tashqi qiyofasidagi umumiylik, ba’zi urf-odatlarning yaqinligi va tillarning o‘xshashligini ta’kidlaganlar. Ammo ular bu jarayonlarning asl sabablarini ochib bera olmaganlar. XIX-XX asr boshlarida olib borilgan tadqiqotlar nisbatan samarali bo‘lishiga qaramay, bu tadqiqotlar ham xalqlarning etnik kelib chiqishi, madaniyati va tillaridagi o‘xshashlik sabablari va mohiyatini to‘la ochib bera olmadi. So‘nggi 20-25 yil ichida Respublikamiz hududlarida olib borilgan arxeologik, antropologik va etnografik tadqiqotlar natijalarini umumlashtirgan antropolog olim T.Q. Xo‘jayov har bir xalqning etnogenezini o‘rganishda quyidagi tamoyillarga asosiy e’tibor berishni taklif etadi:
1) biror xalqning kelib chiqishi tarixi ko‘p qirralik jarayon bo‘lib, u o‘z ichiga shu xalqning madaniyati va ijtimoiy to’zilmasi, uning biologik xususiyatlari, o‘zining jamiyatda tutgan o‘rnini tushunish, tili va o‘zligini tanishni qamrab oladi;
2) etnogenez masalasiga bir tomonlama qarab, uni soddalashtirish bilan chegaralanib qolmasdan, shu xalqning kelib chiqish tarixida ma’lum ahamiyat kasb etgan barcha tarkibiy qismlar ham e’tiborga olinishi shart;
3) etnogenez murakkab va o’zoq davom etgan jarayon. Binobarin, bu jarayonni bosqichma-bosqich tiklash maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, A.A. Asqarov o‘zbek xalqi etnogeneziga bag‘ishlangan so‘nggi yillardagi (2002) ishlaridan birida har bir xalq etnogenezi va etnik tarixini o‘rganishda quyidagi nazariy va ilmiy metodologik tamoyillarga amal qilish talab etilishini ta’kidlaydi: birinchidan, etnogenez va etnik tarixni o‘rganishda tadqiqotchi birinchi navbatda o‘rgananyotgan xalq etnogenezisi qachondan boshlanganligini aniqlab olmog‘i kerak. Chunki etnos faqat kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo‘ladi. Etnogenezning boshlang‘ich nuqtasi esa etnosning qadim zamonlarda yashagan «ajdodlariga» borib taqaladi. Bu jarayon mil.avv. II ming yillik oxirlarida yo’z berdi. Ikkinchidan, etnos bu biologik hosila emas, balki ijtimoiy hodisadir. U kishilik taraqqiyoti ma’lum bir bosqichining hosilasidir. Etnos o‘zining shakllanish jarayonida bir xil sabablarga ko‘ra uning tarkibiga yangidan-yangi etnik qatlamlar qo‘shilib boradi. Yer yo’zining barcha xalqlari kelib chiqishi jihatidan ko‘p etnik qatlamlidir. Darhaqiqat, o‘zbek xalqi etnogenezining ilk bosqichlaridan, to xalq sifatida shakllanib bo‘lguniga qadar uning asosiy tarkibini tashkil etgan mahalliy (avtoxton) so‘g‘du-xorazmiy va qadimgi turkiyzabon qatlamlardan tashqari o‘ziga turli davrda har xil miqdorda mahalliy va tevarak atroflardan kelib qo‘shilgan etnik guruhlarni singdirib yubordi. Uchinchidan, har bir xalqning etnik tarixini o‘rganish, etnik birlikning shakllanish jarayonini ilk bosqichidan boshlashni taqozo etadi. Chunki etnik birlikning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va uning etnosga aylanishi juda qadim-qadimgi zamonlardan boshlanib hozirgi kungacha davom etayotgan butun bir tarixiy jarayondir. To‘rtinchidan, har bir xalqning etnik tarixi bilan shug‘ullanganda nafaqat etnik birlikning boshlang‘ich jarayonini, balki uning keyingi davrlarini, unga xos muhim etnik belgi va alomatlarni aniqlab, o‘rganib borish talab etiladi. Beshinchidan, etnogenetik jarayonni o‘rganishda masalaga har tomonlama yondoshish, ya’ni etnogenezga aloqador fan yutuqlaridan foydalanish muammo yechimiga obyektiv ilmiylik bag‘ishlaydi. Etnogenez muammolarini hal etishda foydalanilayotgan birlamchi manbalarning nisbati va xususiyatini bilish muhimdir. Bu manbalar antropologiya, arxeologiya, etnografiya, yozma yodgorliklar, tilshunoslik, epigrafika va boshqalardir.



Download 61,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish