Tarixshunoslik


O’zbek xalqining an’anaviy xo’jaligi



Download 61,21 Kb.
bet3/6
Sana20.06.2022
Hajmi61,21 Kb.
#678705
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
dilyor

O’zbek xalqining an’anaviy xo’jaligi.

Tarix fanidagi mavjud ilmiy ishlanmaga ko‘ra, har bir xalqning kelib chiqish tarixi ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqich - etnogenez, ikkinchi bosqich - etnik tarixdan iborat. Xalq tarixining etnogenez qismi uning elat, xalq bo‘lib shakllanguniga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Xalq etnogenezi juda o’zoq davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon. Uning ibtidosi qabila va qabila ittifoqidan boshlanadi. Qachonkim, aynan o‘rganilayotgan xalqning etnogenezi yakunlangach, uning etnik tarixi boshlanadi. Etnik tarix ham juda o’zoq davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon bo‘lib, etnik tarix o‘z rivojining ma’lum nuqtasiga yetgach, uning millat bo‘lib shakllanish jarayoni boshlanadi. Mana shu ilmiy - metodologik asosdan kelib chiqqan holda xalqlarning etnogenezi va etnik tarixi o‘rganiladi. Xalqlarning kelib chiqishi masalasida, ya’ni etnogenez va etnik tarixni o‘rganishda maxsus nazariy va ilmiy metodologik ishlanmalar borki, ularga asoslanmay turib, biror xalqning kelib chiqishi haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish qiyin. Birinchidan, har bir xalq hozirda yashab turgan hududlari bilan azaldan bog‘likdir. Dunyoda biror xalq yo‘qki, o‘zining etnogenez bosqichida mintaqadagi boshqa etnik birliklar bilan aralashmagan bo‘lsa. Bu haqda O‘rta Osiyo xalqlari tarixining bilimdoni prof. S.P.Toltov shunday degan edi: «Hozirgi zamon O‘rta Osiyo xalqlarining birontasi ham qadimgi etnik guruhlarga bevosita borib taqalmaydi. Aksincha, ularning shakllanishida, yerli xalqlar va tevarak-atrofdan ko‘chib kelgan xalqlar har xil nisbatda o‘z aksini topgan»1. Bundan o‘zbek xalqi ham mustasno emas. Shunday ekan, Movaraunnahr va qadimgi Xorazm hududlari azaliy vatani bo‘lgan o‘zbek xalqining ilk ajdodlari ikki til - turkiy va eroniy tillar turkumidagi qabila va elatlar bo‘lib, ularning o’zoq yillar davomida aralashuvi, qorishuvi jarayonida o‘zbek elati xalq bo‘lib shakllandi. Demak, o‘zbek xalqi ikki xil tillarda so‘zlashuvchi ajdodlardan, ya’ni etnik birliklardan tarkib topgan. Ikkinchidan, etnogenez va etnik tarixni o‘rganishda tadqiqotchi birinchi navbatda o‘rganayotgan xalq etnogenezining qachondan boshlanganligini aniqlab olmog‘i kerak bo‘ladi. Chunki, etnos faqat kishilik taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo‘ladi. Etnogenezning boshlangich nuqtasi esa etnosning qadim zamonlarda yashagan «ajdodlari»ga borib taqaladi. O‘zbek xalqining qadimgi ajdodlari kimlar edi? Ular Movaraunnahr va qadimgi Xorazmning turkiy va eroniy til lahjalarida so‘zlovchi tub joyli o‘troq va chorvador aholisidir. Bu ikki xil tilda so‘zlashuvchi qabila va elatlarning birinchi bor bir-birlari bilan aralashish jarayoni o‘zbek etnogenezining boshlanishi, dastlabki nuqtasi hisoblanadi. Taniqli sharqshunos olim, prof. A.Yu. Yakubovskiy 1941 yilda Toshkentda chop etgan «O‘zbek xalqining yo’zaga kelishi masalasi haqida» nomli risolasida ana shu ilmiy prinsipdan kelib chiqib, o‘zbek etnogenezi Turk xoqonligidan boshlanadi, - degan edi. Mana shu xulosa asosida O‘zbekiston tarixining dastlabki nashrlari chop etildi. Fanda bu fikr o‘z o‘rnini topdi. Lekin, qadimgi Xorazmda keng ko‘lamgi arxeologik va etnografik tadqiqotlar olib borgan va O‘zbekiston tarixini yaratishda beqiyos ilmiy izlanishlar o‘tkazgan zabardast olim S.P.Tolstov o‘zbek xalqi etnogenezining boshlanishi Qang‘ davlati doirasida sodir bo‘ldi, «Qang‘ davlatining tarkibida va u egallab turgan mintaqalarda o‘zbek xalqining ilk ajdodlari yashagan, bularning etnik tarkibi va tili bir xilda bo‘lmagan» degan g‘oyani ko‘tarib chiqdi. S.P. Tolstov o‘rtaga tashlagan bu g‘oya O‘zbekiston hududlarida olib borilgan keng ko‘lamli arxeologik va antropologik materiallarda o‘z isbotini to‘lik topgan. S.P.Tolstov g‘oyasining keng ko‘lamli ilmiy isboti akademik K.Shoniyozov asarlarida keltirilgan. Shuningdek, K. Shoniyozov S.P.Tolstov fikr-mulohazalariga ba’zi bir aniqliklar kiritib, «Qang‘ davlati o‘ramida murakkab etnik jarayon yo’z bergan. Ammo bu jarayon o‘zbek ajdodlariga xos etnogenetik jarayon edi. Shu jarayon tufayli Qang‘ davlati ichida miloddan oldingi II - milodiy I asrlar davomida mutlaqo yangi, turkiy tilli xalq - qang‘ar elati vujudga keladi. Bu elat eron tilli xalqlar bilan turkiy tilli qabilalarning aralashib, qorishib borishi natijasida tashkil topdi», - degan xulosaga keladi. Ta’kidlash joizki, XX asrning 70-80 yillarida O‘rta Osiyo respublikalari hududlarida, Qozog‘iston dashtlari, Tog‘li Oltoy va Janubiy Sibirda katta masshtabda arxeologik va antropologik tadqiqotlar olib borildi. Mutaxasis olimlar qo‘lida boy faktik materiallar to‘plandi. Biroq, bu hududlarning qadimda yashagan aholisining tili masalasida chiqarilgan xulosalar ob’ektivlik, tarixiylik va xolislik tamoyillaridan ancha o’zoq edi. Chunki, Sovet tarixshunosligi eronparast lingivistlar ta’sirida (ular Sovet davri tarixi va tilshunosligida nufo’zli mavkega ega edilar) Qora dengizning sharqiy sohillaridan to Boykalgacha cho‘zilgan cho‘llarda qadimda eron zabon aholi yashagan, bu geografik kenglikning faqat Tog‘li Oltoy qismidagina turkiylar yashardi, degan noto‘g‘ri tasavvur fanda o‘rnashib qolgan edi. Bunday tasavvur hozir ham nafaqat Rossiya olimlari, balki O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekistonlik arxeolog va tarixchilar orasida ham xukmronlik qiladi. Sovet davrida to‘plangan arxeologik va antropologik materiallarni qayta ko‘rib chiqish, ular tahliliga xolislik asosida yangicha yondashish, mustaqillik bergan g‘oyaviy erkinlikdan foydalangan holda o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab, o‘zbek xalqi etnogenezining boshlang‘ich nuqtasi rosa ming yilga qadimiylashtirildi. O‘zbek xalqi tarixi 3 ming yildan kam emas deyildi. O‘zbeklarning ikki xil tilda so‘zlashuvchi ilk ajdodlarining nafaqat iqtisodiy va madaniy, balki etnik jihatdan ham bir-birlariga yaqinlashish, aralashish, qorishish jarayoni so‘nggi bronza davridan boshlandi, - degan xulosaga kelindi. Bunday o‘ta mas’uliyatli xulosaga kelishimizda Xitoy yozma manbalari katta rol o‘ynadi. Ma’lumki, Sovet davri qadimshunosligida xunlarni turkiy zabon qabilalar ekanligi tan olingan. Xunlarning ilk ajdodlari butun Sibir bo‘ylab keng tarqalishiga qaramay, Xitoy yozma manba’larining N.Ya. Bichurin chala tarjimalariga asoslanib, turkiy lqlarning vatani faqat Tog‘li Oltoy deb kelindi. Biroq, Qozog‘iston dashtlari, janubiy va janubiy-sharqiy O‘rol orti rayonlar, Janubiy Sibir va Tog‘li Oltoydan topilgan bronza davriga oid arxeologik va antropologik materiallar aynan bir-birlariga o‘xshash, yaqin, bir xil moddiy madaniyat va bir xil antropologik tipdagi qabilalar ekanligi Sovet davri ilmiy adabiyotlarida qayd etilsada (gap andronova madaniyati qabilalari haqida ketayapdi), andronova madaniyatining Tog‘li Oltoyda yashagan jamoalari turkiy tilli edi, qolgan mintaqalarda yashagan qabiladoshlari esa eron zabon bo‘lgan, - degan g‘ayri ilmiy fikr xukmron edi. B.V.Andrianovning Qadimgi Xorazmning sug‘orish tarixini o‘rganish borasida o‘tkazgan tadqiqotlari o‘zbeklarning so‘nggi bronza davrida yashagan turkiygo‘y ajdodlari ham o‘troqlasha boshlaganligidan guvohlik berardi1. Xalqlarni kelib chiqishi masalasidagi talablardan uchinchisi - hech qachon etnos ajdodlarining antropologik tipi va tili etnos tili va tipi bilan bir vaqtda yo’z bermasligini unutmaslikdir. Chunki, etnogenez tarixining ilk bosqichlarida etnik birliklar, ayniqsa ularning tili va tipi hali shakllanmagan. Til, tip va etnik birlik tushunchalari har xil davr voqiyligi bo‘lib, ularning shakllanish jarayoni bir davrda yo’z bermaydi. Ma’lumki, o‘tgan asrning o‘rtalarida O‘rta Osiyo aholisi bronza davrida dravid tilli bo‘lgan degan g‘oya tarqalgan edi. Bu g‘oyani o‘z vaqtida O‘rta Osiyo tarixi bilan shug‘ullanuvchi zabardast olimlar ham qo‘llab quvvatlagan. B.A.Litvinskiy bu fikrni Amudaryoning chap tomonida joylashgan Xarappa madaniyatiga oid Sho‘rto‘g‘ay yodgorligi misolida isbotlashga xarakat qiladi. Afsuski, Xarappa madaniyatiga oid boshqa yodgorlik O‘rta Osiyo hududida topilgani yo‘q. Dravid tillilik g‘oyasi tarafdorlari O‘rta Osiyoning antropologik manbalarini nihoyatda yaxshi bilishsada, o‘z asarlarida undan foydalanishmaydilar. To‘g‘rirog‘i, eslab o‘tishni istamaydilar. Ma’lumki, Dravidoidlar ekvator atrofida tarqalgan irq bo‘lib, qoratanli kishilar hisoblanadi. Ta’kidlab o‘tganimizdek, Sopolli madaniyati va umuman bronza davri O‘rta Osiyo antropologiyasi juda yaxshi o‘rganilgan, lekin antropologik jihatdan ekvator irqiga oid manbalar deyarli uchramaydi. Shu faktning o‘zi ham O‘rta Osiyo aholisining bronza davrida dravid irqiga oid emasligini yoki dravid tilli bo‘lmaganligini tasdiqlaydi2. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, antropologlar Kaspiydan Pomirgacha bo‘lgan hududda Sharqiy O‘rta Yer dengizi irqiga oid aholi yashaganligini qayta-qayta ta’kidlashgan. Akademik E.V.Rtveladze O‘rta Osiyo bronza davri aholisining tilini ham shu yerdan qidirish kerak, - deydi va O‘rta Osiyo aholisi bronza davrida xurrit tilli bo‘lgan deb S.P. Tolstov g‘oyasini «qaytadan uyg‘otdi». E.V. Rtveladze shu maqolasida Qadimgi Sharq halqlariga xos bo‘lgan yozuvlarning tarqalish geografiyasini to’zib chiqqan. Uning yozishicha, xurrit yozuvi Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlari - Fors ko‘rfazining shimoli-sharqiy qirg‘oqlari - Markaziy Eron yo‘nalishida tarqalgan. Haqiqatdan ham shunday, Kaspiy va Urmiya ko‘li atroflarida xurrit yozuvi tarqalgan. Bu Janubiy Turkmanistondan bir necha yo’z kilometr, xolos. Shu geografik tarqalishni asos qilib E.V. Rtveladze O‘rta Osiyo aholisi bronza davrida xurrit tilli bo‘lgan deb hisoblaydi. E.V.Rtveladze o‘z g‘oyasini yana bir ma’lumot bilan quvvatlashga xarakat qilgan. Uning fikricha o‘zbek urug‘laridan bo‘lgan «mitan» urug‘i bilan xurrit davlatidagi «mitani» nomlarining o‘xshashligi misol qilib olingan. O‘zbek toponimlaridan «urmitan», «xurmitan» (Buxora), «xuarazm» (Xorazm - xurritlar yeri ma’nosida) kabi etnotoponimlarni ham xurritlar nomi bilan bog‘laydi. O‘rta Osiyoning bronza davri yodgorliklaridan bironta xurrit tili yozuvining topilmaganligi va umuman E.V. Rtveladzening xurrittillilik g‘oyasi haqiqatdan juda yiroq va bironta faktik manbaga tayanmagan. O‘rta Osiyoning bronza davri aholisi to‘g‘risida A.A.Asqarovning umumiy fikri shunday: «...qadimgi dehqonchilik madaniyati sohiblari, O‘rta Osiyoning shimolidagi chorvador qabilalar, mumkinki Janubiy Rus cho‘l zonalari halqlari bir tilda - Eron tilli va shu til lahjalarida gapirishgan. Mening fikrimcha sopolli va kuchuktepa madaniyati xalqlari til jihatidan bir-birini tushunishgan, shu til asosida Qadimgi Baqtriya tili vujudga kelgan, yani Eron tili lahjalaridan biri». So‘nggi yillarda A.A. Asqarov «andronova madaniyatining bir qism aholisi turktilli bo‘lganligi» xususidagi g‘oya bilan chiqdi. Hozircha ushbu g‘oyaning tarafdorlari kamchillikni tashkil etsa-da, Qozog‘istonlik arxeolog K.M. Baypakov andronova madaniyati aholisining bir qismi turk tilli bo‘lgan, - degan fikrni olg‘a surmoqda. Bu g‘oyalarning asosi Qadimgi Xitoy yilnomalarida keltirilgan yozma manbalar hisoblanadi. Ma’lumki, ushbu yilnomalarda Xitoyning shimolida miloddan avvalgi III-I ming yilliklarda «di» - «tiek» -«tieuk» - «turk» xalqlari yashaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy qismi hisoblanadi. O’rta Osiyoda miloddan avvalgi 1 mingyillikda dastlab oromiy yozuvlari, so’ngra asoslangan so’g’d, xorazm va baqtriya yozuvlari tarq’aldi. Keyinchalik bu mintaqada yunon, kushon, turk va arab yozuvlari yoyildi. Qadimgi Fors, So’g’d, Xorazm, Qadimgi turk, fors-tojik, eski o’zbek, rus va boshqa tillarda bitilgan yozma manbalar ko’p asrlik tariximizni o’rganishda ulkan rol’ o’ynaydi. Yozma manbalar q’oyalarga, taxta va matolarga, pergament qog’ozlarga yozilgan bitiklardan iborat. Yozma manbalar davrlar bo’yicha nixoyatda notekis bo’lingandir. Eng qadimgi davrlar bo’yicha yozma manbalar nixoyatda oz bo’lib, keyingi asrlarga oid manbalar esa tobora ko’payib boradi. Yozma manbalarning katta qismi son-sanoq’siz jangu jadallar va tabiiy ofatlar natijasida nobud bo’ldi.Bizgacha etib kelgan tarixiy manbalarning asosiy qismi milodiy X-XX asrlarga mansubdir. XIX asrning oxiri - XX asrning boshlaridan yozma manbalarning miqdori keskin oshib bordi. Xozirgi kunga kelib yozma xujjatlar shu darajada ko’payib ketdiki, ularni unifikatsiya qilish, axborotni kodlashtirish, xujjatlarni saralash va saqlash yo’llarini takomillashtirish extiyoji tug’ildi.Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, Markaziy Osiyo kishilik jamiyatining eng qadimiy markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bunday baxolanish mezoni, albatta tarixiy arxeologik, poleontologik xamda antropologik tekshiruvlar natijalariga tayanadi. Ko’plab qazilma hamda tekshiruvlar Markaziy Osiyo zaminining barcha hududlarida olib borilganligini bilamiz. Eramizdan million yillar burun bu zaminda kishilar yashab kelganligi ham isbotlangan. Tarixchi, madaniyatshunos olimlarning fikrlariga asoslanib o’tmishdagi ajdodlarimiz madaniyati ma’lum darajada rivojlanib o’tgaligini asos deb kabul kiladigan bo’lsak, bu madaniyat rivojlanish kurtaklarini eng qadimiy poleolit davridan, ya’ni O’rta Osiyoda odam zoti paydo bo’la boshlagan - 500 ming yil avvalgi davrlarga borib yetadi. Shu bilan bir qatorda bu yarim million yil doirasidagi inson hayoti, madaniyati, rasm-rusm hamda odatlarini urganish uchun xozirgi kunimizda yetarlicha sharoitlarga egamiz. Miloddan ilgarigi I-ming yilliklar boshlarida, ya’ni bundan 30-26 asrlar muqaddam Markaziy Osiyoda o’troq dehqonchilik rivoj topishi, ibtidoiy jamiyat yemirila borib quldorlik to’zumining vujudga kelishi, Sug’d, Xorazm, Baqtriya kabi davlatlarning paydo bo’la boshlashi, yangi diniy karashlarning shakllanishi natijasida o’sha davrga xos bo’lgan turmush tarzini ifodalovchi an’ana, rasm-rusumlar, marosim va bayramona qadriyatlar yo’zaga kelgan. Fargona vodiysining So’x tumanida topilgan Sulungur g’oridagi ashyoi - atiqalar, Anov va Namozgoh, Sopollitepa qazilmalarining namunalari ajdodlarimizning qadimgi makonlari qanday bo’lganligi, hayot va turmush tarzi, ma’naviy-madaniy xususiyatlari to’grisida ma’lum tasavvurlar hosil kilishga imkon beradi.Agarda biz tarix zarvaraklarini ochishga e’tiborimizni beradigan bo’lsak, Markaziy Osiyoda istiqomad qilgan ajdodlarimiz - saklar, massagetlar, baqtriylar, sug’diylar, xorazimiylar o’zlari yashayotgan qadimgi viloyatlar, tumanlarni doimo asrashga, bir-birlariga yaqin bo’lishga intilishgan1. Dehqonchilik vohalarini o’rab olgan dashtu-adirlarda yashovchi chorvador xalqlar saklar nomi bilan mashhur bo’lib, ularning voha xalqlari tili, dini, kelib chiqish ildizlari, urf-odatlari bir-biriga yaqin, ular tashki dushmanga birgalashib kurashgan. Qavm-qarindosh, quda-anda bo’lib yashashgan, bir daryodan suv ichishgan, birgalashib O’rta Osiyoning qadimgi madaniyatini yaratganlar" degan ma’lumotga egamiz.



Download 61,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish