U fanda Ongin bitiktoshi deb atala boshladi. Keyinchalik Yettisuvdan bitiktoshlar topildi. Ular shakl jihatidan Orxun yozuvlaridan bir oz farq qilgan. Yozuvlarni o‘qish daniyalik olim V.Tomson va rossiyalik olim V. Radlovlar zimmasiga tushdi. 1893 yil bahorida Tomson Orxun daryosi bo‘yidan topilgan yozuvlarni o‘qiganligi haqida Daniya qirolligi Fanlar akademiyasi yig’ilishida axborot beradi. Uning boshqa xalqlar yozuvini deshifrovka qilib o‘qishda qo‘llagan tajribasi Orxun yozuvlarining kalitini ochishda ham qo‘l keladi. U yozuvlardan turli belgilarning qanday tovush ifodalashini bilib olgach, unga tayangan holda, Orxun yozuvlaridagi butun alifboni aniqlaydi va birinchi marta «tangri», «turk» so‘zlarini o‘qiydi. Bu bitiktoshlarning turkiy xalqlarga mansubligi aniq isbotlab beradi. Tomsondan keyin V. Radlov ham 1894 yil 19 yanvar kuni Rossiya Fanlar akademiyasi yig’ilishida Kultegin bitikini o‘qiganligi haqida ma’lumot beradi. V.Radlov bu bitiktoshlardagi turkiy yozuvlar alifbosining 15 harfni 1893 yil kuzida, ya’ni, Tomson o‘qishiga qadar aniqlab bo‘lgan edi. Shunday qilib, ikki olimning sa’yi-haraktlari bilan bu yozuvlar – run, ya’ni sir emasligi isbotlandi. Bu bitiktoshlar turkiy yozuvda bitilganligi isbotlangandan so‘ng, yana bir muammo paydo bo‘ldi. Orxun-Yenisey yozuvlari qaysi yozuv asosida kelib chiqqan: Lekin, olimlar haligacha bu xususda bir to‘xtamga kela olganlari yo‘q. - U fanda Ongin bitiktoshi deb atala boshladi. Keyinchalik Yettisuvdan bitiktoshlar topildi. Ular shakl jihatidan Orxun yozuvlaridan bir oz farq qilgan. Yozuvlarni o‘qish daniyalik olim V.Tomson va rossiyalik olim V. Radlovlar zimmasiga tushdi. 1893 yil bahorida Tomson Orxun daryosi bo‘yidan topilgan yozuvlarni o‘qiganligi haqida Daniya qirolligi Fanlar akademiyasi yig’ilishida axborot beradi. Uning boshqa xalqlar yozuvini deshifrovka qilib o‘qishda qo‘llagan tajribasi Orxun yozuvlarining kalitini ochishda ham qo‘l keladi. U yozuvlardan turli belgilarning qanday tovush ifodalashini bilib olgach, unga tayangan holda, Orxun yozuvlaridagi butun alifboni aniqlaydi va birinchi marta «tangri», «turk» so‘zlarini o‘qiydi. Bu bitiktoshlarning turkiy xalqlarga mansubligi aniq isbotlab beradi. Tomsondan keyin V. Radlov ham 1894 yil 19 yanvar kuni Rossiya Fanlar akademiyasi yig’ilishida Kultegin bitikini o‘qiganligi haqida ma’lumot beradi. V.Radlov bu bitiktoshlardagi turkiy yozuvlar alifbosining 15 harfni 1893 yil kuzida, ya’ni, Tomson o‘qishiga qadar aniqlab bo‘lgan edi. Shunday qilib, ikki olimning sa’yi-haraktlari bilan bu yozuvlar – run, ya’ni sir emasligi isbotlandi. Bu bitiktoshlar turkiy yozuvda bitilganligi isbotlangandan so‘ng, yana bir muammo paydo bo‘ldi. Orxun-Yenisey yozuvlari qaysi yozuv asosida kelib chiqqan: Lekin, olimlar haligacha bu xususda bir to‘xtamga kela olganlari yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |