Markaziy Osiyo hududlarida yuqorida ko‘rsatilgan yozuvlar bilan bir qatorda kushanlar davrida Hindistonda yuzaga kelgan kxaroshtxi, braxmi kabi yozuvlar ham tarqalgan. Bu yozuvlar bilan bitilgan matnlardan parchalar janubiy O‘zbekiston yodgorliklaridan topilgan. Bulardan tashqari milodiy III –V asrlar orasida Markaziy Osiyo o‘lkalari bo‘ylab kompakt diniy jamoalar sifatida tarqalgan moniychilik, xristianlikning nestorchilik oqimi vakillari orasida moniychilik va xristianchilik diniy targ‘iboti ishlarni amalga oshirishda suryoniy va moniy yozuvlari keng amal qilgan. Moniy dinning moniycha injil, Moniy maktublari, Kefalaya, Arjang va boshqa muqaddas kitoblari moniy yozuvi bilan sug‘d tilida, uyg‘ur turkiy tilida ko‘plab ko‘chirilgan. Demak, moniy yozuvi haqida gap ketganda oramiycha moniy, sug‘dcha moniy, turkiy moniy va boshqa alifbe turlari bo‘lganini ko‘zda tutmoq lozim. Suryoniy yozuvidan ham xuddi shu kabi bevosita suryoniy tili, o‘rta forsiy, sug‘diy, turkiy tili matnlari ko‘chirishda foydalanilgan. Demak, moniy va suryoniy yozuvlari shomiy tilli, eroniy zabon, turkiy tilli xalqlar uchun barobar xizmat qilgan va har bir xalq alifbo belgilarining funksional fonetik mazmunini o‘zi uchun qulay shakllarga keltirib yangi-yangi alifbo tizimlari yaratishga muvaffaq bo‘lganlar. - Markaziy Osiyo hududlarida yuqorida ko‘rsatilgan yozuvlar bilan bir qatorda kushanlar davrida Hindistonda yuzaga kelgan kxaroshtxi, braxmi kabi yozuvlar ham tarqalgan. Bu yozuvlar bilan bitilgan matnlardan parchalar janubiy O‘zbekiston yodgorliklaridan topilgan. Bulardan tashqari milodiy III –V asrlar orasida Markaziy Osiyo o‘lkalari bo‘ylab kompakt diniy jamoalar sifatida tarqalgan moniychilik, xristianlikning nestorchilik oqimi vakillari orasida moniychilik va xristianchilik diniy targ‘iboti ishlarni amalga oshirishda suryoniy va moniy yozuvlari keng amal qilgan. Moniy dinning moniycha injil, Moniy maktublari, Kefalaya, Arjang va boshqa muqaddas kitoblari moniy yozuvi bilan sug‘d tilida, uyg‘ur turkiy tilida ko‘plab ko‘chirilgan. Demak, moniy yozuvi haqida gap ketganda oramiycha moniy, sug‘dcha moniy, turkiy moniy va boshqa alifbe turlari bo‘lganini ko‘zda tutmoq lozim. Suryoniy yozuvidan ham xuddi shu kabi bevosita suryoniy tili, o‘rta forsiy, sug‘diy, turkiy tili matnlari ko‘chirishda foydalanilgan. Demak, moniy va suryoniy yozuvlari shomiy tilli, eroniy zabon, turkiy tilli xalqlar uchun barobar xizmat qilgan va har bir xalq alifbo belgilarining funksional fonetik mazmunini o‘zi uchun qulay shakllarga keltirib yangi-yangi alifbo tizimlari yaratishga muvaffaq bo‘lganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |