Bu davrlarda qadimshunoslar Enasoy, Abakan daryosi qirg’oqlaridan, Oltinko‘l yaqinidan, Buluk daryosi bo‘ylaridan ko‘plab toshga yozilgan yozuvlarni topdilar. Lekin, bu yozuvlarning taqdiri ham avvalgi yozuvlarning taqdiriga o‘xshab noma’lumligicha qolaverdi. Yozuvlarning turkiy xalqlarga tegishli ekanligini birinchi bo‘lib N.Yadrintsyev isbotlab berdi. U topilgan yozuvlarning taxminan 2000 yillar ilgari yaratilganini, turkiy xalqlarning skif va gotlarga qo‘shni bo‘lganligini, bu yozuvlar turkiy xalqlarga taaluqli ekanligini aniqladi. Lekin, bu bitiktoshlarda nimalar ifodalanganligi noma’lumligicha qolaverdi. N.M.Yadrintsyev boshliq ekspeditsiyaning Orxun va Tula daryolariga qilgan safarlari run bitiklarini butun dunyoga mashhur qildi. U topgan «tangacha»li bitiktoshlar ko‘pchilik tarixchilarning diqqatini o‘ziga jalb qildi. Bu matnlardan ma’lum bo‘lishicha, bitiktoshlarning biri Bilga hoqon va ikkinchisi ukasi, lashkarboshi Kultegin sharafiga bitilgan ekan. Kultegin bitikida xitoycha yozuv matnlari ham bor edi. N.Yadrintsyev topilmasidan so‘ng bu yozuvlar Orxun- Yenisey yozuvlari deb nomlandi. Ba’zi olimlar bu yozuvlarni run yozuvlariga o‘xshashligini nazarda tutib, turkiy-run yozuvlari deb atayverdilar. 1891 yili N.Yadrintsyev Ongin daryosi bo‘yidan yana bir bitiktosh topadi - Bu davrlarda qadimshunoslar Enasoy, Abakan daryosi qirg’oqlaridan, Oltinko‘l yaqinidan, Buluk daryosi bo‘ylaridan ko‘plab toshga yozilgan yozuvlarni topdilar. Lekin, bu yozuvlarning taqdiri ham avvalgi yozuvlarning taqdiriga o‘xshab noma’lumligicha qolaverdi. Yozuvlarning turkiy xalqlarga tegishli ekanligini birinchi bo‘lib N.Yadrintsyev isbotlab berdi. U topilgan yozuvlarning taxminan 2000 yillar ilgari yaratilganini, turkiy xalqlarning skif va gotlarga qo‘shni bo‘lganligini, bu yozuvlar turkiy xalqlarga taaluqli ekanligini aniqladi. Lekin, bu bitiktoshlarda nimalar ifodalanganligi noma’lumligicha qolaverdi. N.M.Yadrintsyev boshliq ekspeditsiyaning Orxun va Tula daryolariga qilgan safarlari run bitiklarini butun dunyoga mashhur qildi. U topgan «tangacha»li bitiktoshlar ko‘pchilik tarixchilarning diqqatini o‘ziga jalb qildi. Bu matnlardan ma’lum bo‘lishicha, bitiktoshlarning biri Bilga hoqon va ikkinchisi ukasi, lashkarboshi Kultegin sharafiga bitilgan ekan. Kultegin bitikida xitoycha yozuv matnlari ham bor edi. N.Yadrintsyev topilmasidan so‘ng bu yozuvlar Orxun- Yenisey yozuvlari deb nomlandi. Ba’zi olimlar bu yozuvlarni run yozuvlariga o‘xshashligini nazarda tutib, turkiy-run yozuvlari deb atayverdilar. 1891 yili N.Yadrintsyev Ongin daryosi bo‘yidan yana bir bitiktosh topadi
Do'stlaringiz bilan baham: |