V. Tomson bu yozuvdagi ayrim harflarning seliy-pahlaviy yozuvidagi harflarga o‘xshashligini topdi. Keyinroq turkiy alifbodagi 23 harfning oramiy alifbosiga o‘xshashligi aniqlandi. U turkiy tilning tovush qurilishiga mos holda qayta ishlangan va oramiy alifbosidagi bir necha belgilar bilan to‘ldirilgan degan xulosaga keldi. Oramiy yozuvi mil. avv. I ming yillik boshlarida vujudga kelgan. Bu yozuv dastlab Suriya va Mesopotamiyada paydo bo‘lgan. Dastlabki oramiy yozuvi finikiya yozuvidan deyarli farq qilmagan. Keyinchalik mil. avv. I ming yillik o‘rtalarida oramiylar finikiya yozuviga ayrim o‘zgartirishlar kiritganlar. Harflar soni qisqartirilib, shaklini ham soddalashtirganlar. Miloddan avvalgi VIII asrdan boshlab ko‘pgina xalqlar: yahudiylar, bobilliklar, ossuriyaliklar, forslar va arablar oramiy yozuvini o‘z tillariga moslashtirganlar. Qozog’istonlik olim A.S. Omonjulovning fikricha, turkiy alifbo mil. avv. I ming yillikda shakllanib bo‘lgan edi. Bu fikrda jon bor. 1970 yil Olma otadan topilgan (Issiqdan) ashyoviy dalillar buni isbotladi. Bu erdan topilgan chetlariga turkiy-runiy yozuvlariga o‘xshash belgilar bitilgan kumush kosacha hammaning diqqatini tortadi. Qazilma rahbari ashyoviy dalillar joylashgan qabr mil. avv. V–IV asrlarga tegishli ekanini aytdi.