Tarixiy voqeligimiz ma’naviy meros, milliy an’analarimiz, bularning barchasi, o’quvchi va talaba yoshlarni Tarbiyalash-da muhim qadriyatlarimizga qaytishdek ma’naviy zaruriyatga aylanib bormoqda



Download 2,41 Mb.
bet1/8
Sana30.05.2022
Hajmi2,41 Mb.
#619738
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Strabonning Geografiya asaridagi tarixiy geografik ma\'lumotlarning ahamiyati


MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………..3
I BOB. O’RTA OSIYO XALQLARINING QADIMGI DAVR TARIXI TARIXSHUNOSLIGI 
1.1.O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi tarixshunosligi  ………………………………………………………………..……6
1.2. O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti ...10
II BOB. O’RTA OSIYO XALQLARI ANTIK DAVR GEOGRAFIK TARIXINI
O’RGANISHDA YUNON TARIXCHISI STRABON ASARLARINING O’RNI 
2.1.Strabon asarlarida O’rta Osiyo xalqlarining tarixi haqidagi ma’lumotlar   ……………………….……………………………………………..15
2.2. O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi madaniyati tarixi haqida manbalarni
o’quvchilar ongiga yetkazishning interfaol o’qitish usullari ………………….….22
XULOSA………………………………………………………………………….31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………….33
ILOVALAR……………………………………………………………………….35

Mavzu: Strabonning "Geografiya" asaridagi tarixiy geografik ma'lumotlarning ahamiyati
Reja:
Kirish
I bob. O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davr tarixi tarixshunosligi 
1.1.O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi tarixshunosligi .
1.2. O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti .
II bob. O’rta Osiyo xalqlari antik davr geografik tarixini  o’rganishda yunon tarixchisi Strabon asarlarining o’rni 
2.1. Strabon asarlarida O’rta Osiyo xalqlarining tarixi haqidagi ma’lumotlar  
2.2. O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi madaniyati tarixi haqida manbalarni
o’quvchilar ongiga yetkazishning interfaol o’qitish usullari 
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovalar

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Tarixiy voqeligimiz – ma’naviy meros, milliy an’analarimiz, bularning barchasi, o’quvchi va talaba yoshlarni Tarbiyalash-da muhim qadriyatlarimizga qaytishdek ma’naviy zaruriyatga aylanib bormoqda. O’rta Osiyo qadimdan o’zining milliy ma’naviy merosi bilan butun dunyo xalqlarini o’ziga rom etib, kelgan markazlardan biri bo’lgan. O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston hududi insoniyat paydo bo’lgan ilk markazlardan biri hisoblanadi. O’zbek xalqi o’z tarixi bilan istagancha faxrlansa arziydi. Mustaqillik o’zbek xalqiga o’zining xaqiqiy tarixidan voqif bo’lish, dunyoda hyech bir xalqdan kam emasligini anglash imkonini berdi. Insoniyat o’zining ilk go’daklik davriga hamma vaqt g’ayrat bilan qarab kelgan. Bu davrni biz antik dunyo deb ataymiz. Antik dunyoda yashagan bobokalonlarimiz hayotiga har birimiz qiziqish bilan qaraymiz. Tabiiyki, ular o’z tili, adabiyoti, san’ati va madaniyatiga ega bo’lgan. Madaniyatning asl beshigi sharq mamlakatlarn bo’lgan, dastlabki adabiy yodgorliklar avvalo Misr, Eron, Xitoy, Hindiston, Bobil (Vaviloniya) kabi mamlakatlarda yaratilgan. Afsuski, bebaho antik yodgorliklar O’rta Osiyo adabiyotida saqlanib qolinmagan. So’g’diyonaning antik davrlarida yashagan bobokalonlarimiz hayoti bilan arxeologik qazilmalar orqali tanishamiz, holos. Bu noyob topilmalar uzoq tarixning zalvorli hodisalaridan darak beradi. Biz ularning shakli, go’zalligi va hokazo jihatlari-ga qarab xulosalar chiqaramiz. Antik davrlarda bizda muhtasham shaharlar bo’lganligi, madaniyat va san’at gullab-yashna-ganligini faraz qilamiz. Bu qadimiy yodgorliklar biz uchun bebaho boylikdir. O’rta Osiyoning antik davrlariga oid adabiyot yodgorliklaridan atigi bir-ikki nusxa saqlanib qolganda edi, bugungi avlodlarimiz qalbi quvonch va faxr-iftixor hissi bilan to’lib-toshgan bo’lardi. Bu boylikning qiymati pul yoki oltin bilan o’lchanmaydi, ular qadimiy bo’lganligi uchun ham bebaho-dir. Axir, bu yodgorliklar antik ajdodlarimiz bilan tengdosh, ularning qo’li tekkan. Ularda bobokalonlarimizning ulugvor nigohini kuzatamiz. 
Hurmatli birinchi yurtboshimiz I.A.Karimov, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash, ularda milliy g’urur va fahr tuyg’ularini shakllantirishda tarixning tutgan o’rniga baho berib shunday degan edi: « Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini
mustahkamlaydi». Gresiya bilan O’rta Osiyo o’rtasida siyosiy - madaniy aloqalar mavjud bo’lgan. Qadimdan jahon kezishni eng yaxshi odat deb bilgan grek sayyohlarni O’rta Osiyoga bir necha marotaba tashrif buyurishgan. Gresiya, O’rta Osiyo, Xitoy, Hindiston mamlakatlari orasida karvon tinimsiz qatnab turgan. Eramizdan ancha ilgariyoq O’rta Osiyoliklarga Filotun — Aflotun (Platon), Suqrot (Sokrat), Arastu (Aristotel), Buqrot (Gippokrat), Faysoguras (Pifagor) nomlari yaqindan tanish edi. Uzoq yunon o’lkasi bilan O’rta Osiyo xalqlari o’rtasida qadim-qadim zamonlardayoq madaniy aloqa bo’lganligini aniq misollar orqali ham isbot etish mumkin. Jumladan, fessaliyaliklarning qadimiy yodnomasn bulgan «Ellada qahramonlari» asarida Amozonkalar haqida hikoya qilinadi. Muarrih adib Yustinning fikricha, Amozonkalar skif avlodlaridan bulgan ekan. Ulug’ yunon fojeanavisi Esxilning (eramizdan ilgarigi VI asrda yashab o’tgan) fikricha, inson zotiga olov hadya etmoqchi bo’lgan Prometey hukmdor Zevsning qahriga uchrab, skiflar o’lkasidagi qoyaga zanjirband qilinadi. Biroq, antik davrlarni o’rganishimizda yolg’iz bu arxeologik qazilmalar kifoya qilmaydi, faqat ularning o’zi bilangina qanoatlanmaymiz. Bu qadim topilmalar g’oyat go’zal va qanchalik noyob bo’lmasin, biz ularning faqat tashqi shakliga qarab fikrlaymiz, taxmin yuritamiz.
To’g’ri, antik davrdan bizga yozma «guvoh» yetib kelmagan. Qadim 
ajdodlarimiz haqida «So’zlovchi» shaharlarning qoldiqlari, go’zal san’at obidalari,
bebaho arxeologik topilmalar qolgan, holos. Biz avlodlar qalbini bir bebaho boylik 
o’ziga asir etadi. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish