Tarixiy voqeligimiz ma’naviy meros, milliy an’analarimiz, bularning barchasi, o’quvchi va talaba yoshlarni Tarbiyalash-da muhim qadriyatlarimizga qaytishdek ma’naviy zaruriyatga aylanib bormoqda



Download 2,41 Mb.
bet4/8
Sana30.05.2022
Hajmi2,41 Mb.
#619738
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Strabonning Geografiya asaridagi tarixiy geografik ma\'lumotlarning ahamiyati

Madaniy hayoti. Maqsadli tarzda olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida, O’rta Osiyo xalqlarining hayot tarzi, ularning urf odatlariga oid ko’plab moddiy va madaniy ashyolar qo’lga kiritildi. Yodgorliklardan topilgan uy ro’zg’or, qurol yarog’ va zeb-ziynat buyumlari, shuningdek, ular qadimiyatiga oid yozma manbalar ma’lumotlari O’rta Osiyo xalqlarining o’z xo’jaligi hayot tarziga xos madaniyat sohiblari bo’lganligidan shohidlik beradi. Yunon manbalarida O’rta Osiyo ko’chmanchi chorvador xalqlarining xo’jalik hayoti, turmush tarzi va urf udumlari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan.5 O’rta Osiyo xalqlarida do’stlik, vafo va sadoqat juda qadrlangan. Bolalar hali go’dakligidayoq do’st tutintirilgan. O’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy hayoti, dini ularning tasavvurlarida ham aks etgan. Ularning dinini ibtidoiy deb bo’lmaydi. Qang’uylar, jumladan, O’rta Sirdaryo bo’yi xalqlari zoroastrizm dinidagi xudolardan bo’lgan Farn ilohiga sig’inishgan.
II BOB. O’RTA OSIYO XALQLARI ANTIK DAVR GEOGRAFIK TARIXINI O’RGANISHDA YUNON TARIXCHISI STRABON ASARLARINING O’RNI
2.1. Strabon asarlarida O’rta Osiyo xalqlarining tarixi haqidagi ma’lumotlar
Strabonning o’n yettn kitobdan iborat «Geografiya» asari jahon adabiyotida o’zining munosib o’rniga ega. Asarda antik davrlarga oid juda boy materiallar bor. Bu materiallar ayniqsa tarixiy jihatdan qimmatlidir. «Geografiya» asari uz davri uchungina emas, bugungi kunda bizning zamondoshlarimiz uchun ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Shu tufayli bu asarda Urta Osiyoning antik davrlari tasviri va Strabonning hayot yo’li haqida qisqacha to’xtalib o’tishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Strabon eramizdan ilgarigi 64—63 yillarda Amasiya viloyatida tug’iladi.Yozuvchi Qora dengizdan yuz kilometr janubda, O’rta Yer dengiziga tomon cho’zilgan o’lkada tug’iladi.Amasiya jug’rofiy sharoiti qulay bulgan viloyatdir. Bir tomondan Qora dengiz, ikkinchi tomondan Urta Yer dengizi bilan tutashgan, tabiati go’zal bo’lgan o’lkalardan biri edi. 
Shoh Mitridat II (eramizdan avvalgi 302—266 yillar) davrida Amasiya Pantiy viloyatinnig markazi edi. Shoh Fornak I (eramizgacha bo’lgan 184—157 yillar) davrida viloyat markazi Sinon shahriga ko’chiriladi. Amasiya avvalgidek muhtasham va qadimiyligini saqlab qoladiyu, birok bu shaharga endi avvalgidan kam e’tibor berila boshlaydi. Albatta, bunday o’zaro toj-taxt urushlari Strabon yashagan davrgacha bo’lib o’tsada, Strabon bu tarixiy voqyealarning qanday kechganlignni to’liq o’rgangan edi. Bundan tashqari, shoh Nikomeda III (eramizdan avvalgi 74 yil), Mitridat IV (eramizdan ilgarigi 120—63 yillar), Lukull (eramizgacha 70 yil), Pompey (eramizdan oldingi 66 yil) davrlarida ham ko’plab qirg’in janglar bo’lib o’tadi. Bu jangu jadallar bevosita Amasiya shahri bilan bog’liq holda ro’y beradi. Bunday tarixiy voqyealarga boy shaharda Strabonning dunyoga kelishi favqulodda moziyning zulmat bulutlarp bilan qoplangan osmonida yulduz chaqnagandek bo’ldi.
Strabonning yoshligi ajoyib va g’aroyib voqyealarga boy, adoqsiz tarixiy hodisalar bo’ronida o’tadi. Strabon, Gerodotning memuar asarlarigina emas, shaxsi hayotlari, fidoiyliklari, pokizaliklari xam biz uchun ibrat-lidir. Sayohatlar ijod manbaidir. Sayohat tufayli tafakkur to’lqinlari mavj uradi.6 Yangi fikrlar, yangi so’z bunyodga keladi. Bunday tafakkur xukmi, ijod hoknmligi alohida xalqlar uchungina emas, jahondagi ko’pgina xalqlar uchun birdek naf berishi mumkin. Strabon, Gerodot, Plutarx, Diodor mana shunday ilm nurini jahon aro taratgan adiblardir.
Bu adib o’z ijodlari bilan jahonni zabt etganlar. Shamshir ko’tarib emas, qo’llarida kalam tutib jahongirlik qilganlar. Qalam kuchi har qanday shamshir tig’idan ham o’tkir ekanligini antik davrlardayoq isbot etganlar. Shunday qilib ular o’zlari uchun mangu barhayot haykal yasaganlar.
JUG’ROFIYA 
Strabonning o’n yetti kitobdan iborat yirik asari juda ko’plab mamlakatlar va xalqlar tarixiga bag’ishlangandir. Strabonning o’zi yer yuzining yuzlab o’lkalarida, minglab katta-katta shaharlarda bo’ladi. Uzi bo’lgan elatlarning tarixini ko’rgan va bilgan voqyealari asosida yoritsa, uzoq yurtlarga oid faktlarni aniq manbalar, tarixiy kitoblardan qidiradi. 
Nomlanishi «Geografiya» deb atalsa ham, asar boshdan oxirigacha dunyo xalqlari, elatlarining faqat joylanish chizgilaridan iboratdir, deb tushunmaslik kerak. Asarni o’qir ekanmiz, ilmiy va badiiy qimmatta ega bo’lgan yorqin ifoda va ma’lumotlarga duch kelamiz. Bu asar jo’g’rofnya fanining rivojida katta rol o’ynaydi. Shuningdek, u antik adabiyot tarixini yorituvchi ilmiy tadqiqot hamdir.
Chunki, adib antik dunyoda ijod qilgan shoirlar, fojianavislar ijodiga to’xtalar ekan, o’z asaridan ko’pgina sahifalarni adabiyot mavzuiga bag’ishlagan va adabiyotning o’ziga xos xususiyati haqida qim-matln fikrlarni bayon qila olgan. 
Muhim tomoni shundaki, Strabon o’tmishdoshlari bo’lgan shoirlar shunchaki tilga olib o’tmasdan, ularning ijodiga keng to’xtaladi, asarlaridan katta-katta parchalar keltirib, ularga o’z munosabatini bildiradi. Alohida adiblar ijodigagina emas, adabiyotning umumiy yo’nalishlariga, rivojlanish yo’llariga ham keng to’xtaladi. Shoirlar ijodini baholashda Strabon o’zining kuchli ilmiy fikrlariga tayanadi. Ayniqsa, Homer, Sofokl, Yevripid, Kallimax ijodi yuzasidan bildirgan xulosalari ko’p jihatdan qimmatlidir. Shu tufayli «Geografiya» asarini faqat jo’g’rofiya tarixi uchungina ahamiyatli, deb qarash biryoqlamalikdir.7 
Strabon ensiklopedist olim sifatida tarix, adabiyot jo’g’rofiya, etnografiya fanlarining uzviy bog’liqligi nuqtai nazaridan masalaga keng va mufassal to’xtaladi. «Geografiya» hajm jihatdan yirik asar bo’lib qolmasdan, mazmunan ham juda boydir. Bu asar Strabon nomini jahonga tanitdi. Asarning yana muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda estetik zavq bag’ishlovchi lavhalar juda ko’p.
Strabon o’z asarida go’zal badiiy ifodalarga juda keng o’rin beradi.Mamlakatlar, o’lkalar tabiati go’zal badiiy bo’yoqlar bilan sug’oriladi. Kitobda O’rta Osiyoda yashovchi sak, so’g’d, skif, massaget qabilalari o’tmishn alohida qayd qilib o’tiladi. XII—XIII— XIV kitoblarda Kichik Osiyo tarixi yoritiladi. XV kitobdan ham Eron va Hindiston davlatlari haqida qimmatli ma’lumotlar olamiz. XVI kitob Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Assiriya, Vaviloniya, Messopotamiya, Suriya, Finikiya, Arab mamla-katlaridan hikoya kiladi. XVII kitob esa Misr, Efiopiya, Liviya o’lkalariga bagishlangan.
Strabon Kaspiy dengizining sharq qismida yashovchi massagetlar hayotiga to’xtalar ekan, bu qabilalar haqida ilgari o’tgan muarrixlar qariyb hyech narsa yozmaganliginp ta’kidlaydi. Yezilganlari ham juda oz yoki yetarlicha aniq ma’lumotlar bermaydi, deydi.
Muallif Qora dengiznnng shimoliy qismida yashovchi skif, sarmat qabilalari haqida to’xtalar ekan, bu joylar «varvarlarning yerlari» deydi.8 Albatta, Qora dengiznnng shimol qismida yashovchi skiflar, Kaspiy dengizining sharqiy kismida joylashgan massagetlar haqida grek va Rim adiblari ilgari ham yozishgan. Bu haqda Gerodotning ijodidan ancha kengroq ma’lumotlar olamiz. Rimliklar Vengriya, Ruminiya yerlarini bosib olib, to Dunay daryosi bo’ylarigacha kelgan edi. Birok ular Urta Osiyoga yurpsh qilishni nazarda tutmagan edilar. Rimliklarning bos-tirib kelayotganini eshitgan Kaspiy dengizining shimolidagi va Dunay daryosi bo’ylaridagi skiflar sharqqa tomon ko’chib o’tadilar. Birok ular Gongadan Afg’oniston yerlarigacha, Xi-toydan Osiyogacha cho’zilgan o’lkalarni yaxshi bilishardi.
Kaspiy dengizining sharqiy qismida joylashgan keng tekisliklar Girkoniya viloyati bo’lib, bir tomoni Mediya va Arman toglari bilan o’ralgan. Bu tog’larning yon bag’irlarida albanlar bilan armanlar yashaydi. Katta qismida gellar, quddusliklar, amardlar, vitiya va anariaklar yashashadi. Anariak-lar yashaydigan joylar Parrasiv o’lkasining bir qismi bo’lib, ularni hozirgilar forslar deb ataydilar. Eppion tog’lari bilan o’ralgan Vitiya viloyati Epionda joylashgan. Bu yerlarda ellian qurollarini, misdan yasalgan buyumlarni uchragish mumkin. Bu yerda Apariak degan shahar bop. Aytishlaricha, unda go’yo xudoning irodasini biladigan, har qanday savollarga tangrn nomidan javob beradigai ibodatxona qohinlari, orakullari kayfu safo surib yashasharmish. Yana boshka elatlar esa qaroqchilpk va jangu jadallar bilan mashg’ul bo’larmish. Dengiznnng tog’lik qirg’oqlarini quddusliklar egallashgan bo’lib, ularning yeri 5000 stadiyni tashkil etardi, deydi.
Strabondan ilgari bu yerlarga Patrokl degan kishi ham uzoq Rim o’lkalaridan kelgan. Anik ma’lumotlar berishiga ko’ra, u Kaspiy dengizining Sharqny qirg’oqlarini kezgan. Hozirgi Turkmaniston kenglik-larpda xam bo’lgan, bu yerdagi qabilalar bilan uchrashgan. Chunki «Bu yerdagi qabilalar kashshoq yashardi», deydi muallif. Shu fikrning o’ziyoq bu yerdagi elatlarning hayoti bilan u yaxshi tampsh bo’lganligidan dalolat beradi.9 Strabonning bu o’lkalarga kelganligi noma’lum, ammo uning Qora dengiz bo’ylariga kelganligini, Kavkaz o’lkasida bo’lganligini tarixiy ma’lumotlar tasdiqlaydi. 
Girkoniya unumdor, serhosil yerlar bo’lib, juda keng o’lka edi. Bu joylarda Talabroka, Samariana, Karta kabi bir |Qancha "mashhur shaharlar bor. Bu o’lkaning bir cheti dengizga •borib to’xtaladi. Bu dengiz Kaspiydan 1400 stadiy balandlikka joylashgan edi. 
Bizningcha, bu Orol dengizidir. Mana shu lavhalardan xam ko’rinib turibdiki, Strabon Girkoniya o’lkasining joylashishinigina emas, bu vodiydagi shaharlar, serxosil, unumdor yerlar, qabilalarining iqtisodiy ahvoli haqida ham ma’lumot bermoqda. 
Girkoniya ba’zi bir davrlarda Marg’iyona, hatto So’g’diyona davlatlari bilan ham qo’shilib ketgan. Mahalliy xalqning boyligi asosan quyidagilardan iborat edi: uzumchilik, vinochilik, bog’dorchilik, boshoqli o’simliklardan non olishadi, o’rmonlarida asalarilar bilan shugulla-.nishadi. Dengiz, orollarida yashash juda qulay. Aytishlaricha, bu yerlardagi odamlar oltin ham saqlarmish. Girkoniyaning hukmdorlari dastlab o’zga yurtlardan bo’lgan varvarlar — medeyanlar, forslar, keyinchalik parfiyanlar bo’-lib, ular o’zga yurtlardan kelgan qo’pol va johil varvarlar edi. Qo’shni o’lkalarda qaroqchilik, ko’chmanchilik hukm surib, keng cho’llar yastanib yotadi.
Girkoniya o’lkasnning antik davrlari haqida berilgan ushbu ma’lumotlar, faqatgina ma’lumotlar tizimidan iborat bo’-lib k.olmasdan, shu davrga oid ayrim muhim masalalarni yechishga ko’maklashadi. Aristobulning so’zlariga ko’ra, Girkoniyada boy o’rmonlar bo’lib, unda zman daraxtlari bor edi. Oqqarag’ay, qoraqarag’ay va umuman qarag’aylar bu yerda o’smasdi. Bu epizodda Girkoniya o’rmonlariga ta’rif berilmoqda. Biroq bu ta’rif Strabon yashagan zamonaga dahldor bo’lmasdan, eramizdan ilgarigi 330 yillarga taalluqlidir. Chunki, Aristobul Aleksandr Makedonskiyning ishonchli kishisi va «bilimdon hukmdor bo’lib, eramizdan oldingi 330—327 yilla-rida Girkoniya viloyatiga kelgan va bu yerlardan olgan taassurotlarini o’z kundaliklarida qayd qilgan edi. Aristobul Girkoniya viloyatidan Oks daryosiga kelib, bu daryoga ko’prik quradi. Chunki hunarmandlik kasbini puxta egallagan Aristobul hozirgi til bilan aytganda injener edi. U Aleksandrning tosh otadigan mashinalarini sozlar, ko’priklar qurardi.
Strabon Aleksandriya shahrida uzoq muddat istiqomat qilib, tahsil olib yurgan kezlarida Aleksandriyaning olamga mashhur kutubxonasidan Aristobul va Ptolomey kundaliklarini topib o’qiydi. Girkoniyadan dengiz tomon Ox va Oks daryolari oqib o’tadi. Ox daryosi Nesay orqali o’tadi. Ko’plar aytadiki, go’yo Ox daryosi Oks tomon oqarmish. Aristobulning aytishicha, Oks Hind daryosini xisobga olmaganda, Osiyoda eng yirik daryodir. 
Mana shu faktdan ham ko’rinib turibdiki, qadimgi davrlarda Aristobul, Ptolomey, Kallisfan, Evman, Diodordan tash-kari xam Appolodor degan yozuvchi O’rta Osiyo haqida asar yozgan. Appolodor o’z asarini «Parfem tarixi» deb atagan. 
Strabon bu tarixchining asarini o’qigan. Chunki, Strabonning hayot yo’lini ta’riflaganda ta’kidlab o’tgan edikki, u Urta Osiyoga oid faktlarni sinchkovlik bilan o’rgangan. Hatto ayrim mubo-lagali yoki ishonchsiz manbalarga ham tayangan. Lekin o’z asa-riga ozgina shubha tugdirgan faktlarni slib knrmagan. Bu jihatdan u Urta Osiyoga kelib ketgan Aristobul ijodiga katta ishonch va hurmat bilan qaraydi. Hatto O’rta Osiyoda bulgan Ptolomey «Kundalik» lariga ham bir oz shubha bilan munosabatda bo’ladi. Chunki, Ptolomey Aleksandrning eng yaqin kishisi va ishongan sarkardasi edi. U o’z kundaligida Aleksandr-Makedonskiyga ortiqcha baxo berib yuborgandi. Shuning uchun ham o’z kundaliklarida tasvirlangan ayrim voqealarning bayoniga u Aleksandr Makedonskiyning ishonchini qozonish uchun mubolaga jumlalarni ko’shib bayon etardi. Tanais daryosi Osiyoni Yevropadan ajratib turadi.10 Osiyo— ning katta qismi Tanais daryosi bilan Girkoniya dengizi o’rtasida joylashgan bo’lib, bu joylar makedoniyaliklar tomonidan bosib olinmagan edi. Osiyoning bu bo’lagini Aleksandr bosib olgan deb, yozuvchilar o’zlarini ko’rsatish uchun ustakorlik bilan noto’g’ri fikr yuritganlar. 
Strabonning yuqoridagi fikrlarida qayd etilishicha, makedoniyaliklar Tanais daryosi bo’ylariga bormaganligi ma’lum bo’ladi. Atoqli olim Bobojon Gofurov esa makedoniyalik shoh Aleksandrning Tanais daryosi bo’ylariga bormaganligi haqidagi faktlarni tasdiqlaydi. Hind togidan Ox, Oks kabi ko’ilab daryolar oqib keladi. 
Bu daryolar ichida eng shimoliy qismda joylashgan Yaksart bo’lib, u xam Kaspiy dengiziga quyiladi. Haqiqatan ham, ko’pgina tarixiy kitoblarda Yaksart daryosi Tanaid daryosi bilan chalkashtiriladi. Holbuki, Sir bilan Donni bir-biridan ancha uzoq masofa ajratib turadi. Strabon ta’kidlaganidek, Tanaid daryosi Yevropa yerlaridan oqsa, Yaksart Osiyoni kesib o’tadi. Biroq, Strabon Yaksartni Kaspiy dengiziga quyiladi, deydi.11 Balki o’sha davrlarda Orol dengizi Kaspiy bilan tutashgan bo’lishi ham mumkin. Biz uchun Strabonning xizmati shu bilan xarakterlanadiki, ko’pgina mavhum faktlarga u aniqlik kiritgan.

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish